Konstitutsion hukumat – demokratik hukumat qonunga va ayniqsa yozma hujjat – konstitutsiyasiga asoslanadi. Konstitutsiyalar hukumatning vakolati va majburiyatlari ta’minlaydi. Shuningdek, ular qonunlar qanday tayyorlanishi va hayotga tadbiq etilishini ham o‘zida aks ettiradi. Aksariyat konstitutsiyalar hukumatning vakolati va majburiyatlarini ta’minlaydi.
Konstitutsion burch – O‘zbekiston fuqarolari Konstitutsiyada belgilab qo‘yilgan, fuqarolar bajarishlari shart bo‘lgan majburiyatlardir.
Kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari – mustahkam iqtisodiy asosga ega bo‘lgan, demokratik qadriyatlar qaror topgan, ma’naviy-ma’rifiy yuksaklikka erishgan va boshqaruvning demokratik uslublari shakllangan davlatdan jamoat va nodavlat tashkilotlari hal qiluvchi o‘rin tutadigan jamoatchilik fikri, tashabbusi va davlat idoralari ustidan nazorati ustivor ahamiyat kasb etadigan, fuqarolar o‘zini-o‘zi boshqarish idoralirining roli muttasil ortib boradigan jamiyatga o‘tish konsepsiyasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |