Demokratik parlamentarizm – parlamentning faoliyatini demokratik tamoyillar asosida tashkil etish tushuniladi. Buning uchun parlament keng demokratik saylovlar asosida tashkil etilishi kerak.
Demokratik jamiyatga o‘tish – mavjud tizim – chegara (o‘tish shartlari) – maqsadli tizim.
Davlat hokimiyati – Halq xokimiyatining maxsus qurilmasi – davlat orqali amalga oshiriladi. Davlat o‘zining organlari orqali siyosiyo hokimiyatni amalga oshiradi. Hokimiyat davlat qo‘lida to‘planganidagina bir yerda mujassamlashishi va samarali amalga oshirilishi mumkin. Davlat o‘ziga tegishli hokimiyat vositasida majburlov va ta’sir choralarini qo‘llaydi. Davlat hokimiyati qonunidir, ya’ni davlatning, davlat organlarining vakolatlari qonun bilan belgilab qo‘yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |