Ijtimoiy adolat – tamoyili jamiyat barqaror va to‘laqonli rivojlanishi uchun o‘ta zarur omildir. U birinchidan, shaxs, jamiyat, davlat aloqadorligida tenglik va o‘zaro hamkorlikni taqozo etadi. Ikkinchidan, mazkur tamoyil shaxsning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va huquqiy ne’matlardan bahramand bo‘lishda teng huquqli bo‘lishini ta’minlashga qaratilgan mezonlar va kafolatlarning mavjudligini bildirada. Ijtimoiy adolatni ta’minlash har bir huquqiy davlatning asosiy vazifalaridan biridir.
Ijtimoiy hamkorlik – xilma-xil fikr va qarashlarga ega bo‘lgan, turli millat, irq va dinga mansub shaxs va guruhlarning umumiy maqsad yo‘lidagi hamjihatligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |