Vijdon erkinligi – bu fuqarolarning har qanday e’tiqod qilishi yoki hech qanday dinga e’tiqod qilmaslik huquqidir.
Valyuta auksioni – chet el valyutasining milliy valyutaga kimoshdi savdosi orqali kelishilgan baholarda sotilishi.
Valyuta kursi – mamlakat pul birligining boshqa bir mamlakat pul birligida ifodalangan bahosi.
Valyuta rezervlari – Markaziy Bank va moliya organi ixtiyoridagi xalqaro hisob-kitob va to‘lovlar uchun foydalaniladigan chet el valyutasi va oltin jamg‘armalari.
Geosiyosat – (yunoncha “geo” – yer va “politike” – davlatni boshqarish san’ati.) – davlatlar tashqi siyosatini amalga oshirishga geografik omillar (davlat egallab turgan hududning qulayligi yoki noqulayligi, katta yoki kichik ekanligi, tuprog‘ining serhosilligi, tog‘ va dashtu-cho‘llarning ko‘p-kamligi va h.k.)ga alohida urg‘u berish geopolitika nazariyasiga binoan millatlarning va davlatning tabiati, geografik joylashganligiga bog‘liq.
Geosiyosat globallashuvidan foydalanib XVII-XIX asrlarda mustamlakachi davlatlar o‘z bosqinchilik siyosatini amalga oshirdilar. XV asrda fashistlar germaniyasi, Yaponiya va sho‘ro istebdod davlati geosiyosiy siyosatni amalga oshirdi. Hozirgi zamon geosiyosati jaxon va har bir davlat siyosatda yetakchi o‘rinlardan birini egallaydi. Lekin hozirgi zamon siyosati tinchlik, xamkorlik, yaratuvchanlik siyosatini amalga oshirishga qaratilgan, umujaxon demokratiyasi, xalqlar tengligi jamoatchilariga suyanadi.
Globallashuv – lotincha “glob” so‘zidan olingan bo‘lib, ayni uni “Dumaliklashuv” deb tarjima qilish mumkin. Yer sharining, yer kurrasining fan texnika yutuqlari tufayli insoniyat ixtiyoridagi xuddi bir butun sharga, kurraga aylanishini tushuntirish uchun ishlatiladi. Globallashuvning ijobiy tomoni shunlan iboratki, u xalqlarning, davlatlarning, milliy madaniya va iqtisodiyotining yaqinlanishini tuzlashtiradi, ularniing rivojlanigi uchun yangi imkoniyatlar ochadi. Uning salbiy tomoni shundan iboratki mayda, qoloq, etik guruhlar va mamlakatlarning madaniyati, tili urf-odati kuyaayib borayotgan globallashuv jarayonlaridaqayta millatlar, yirik minglab madaniyatlar, boy tillar bilan raqobatlana olmay o‘z-o‘zidani ijtimoiy-iqtisodiy, insoniy-zaboniy hayotdan chetga chiqib keladi. Bunday sharoitda har bir ongli fuqaroning vazifasi – o‘z millatining raqobatbardoshligini ko‘rsatish, buning uchun uning faol siyosati, tadbirkorlik iqtisodiyoti, madaniyatida salmoqli salmoqli yutuqlari uchun kurashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |