Nodavlat va jamoat tashkilotlari – davlatga qarashli bo‘lmagan, ammo ma’lum qonunlar yoki me’yoriy hujjatlarga bo‘ysungan holda faoliyat ko‘rsatadigan tuzilmalar nodavlat va jamoat tashkilotlari hisoblanadi.
Ozodlik g‘oyasi – mazlumlarni o‘z erki uchun chorlaydigan. Qullik va qaramlikning har qanday ko‘rinishlarini inkor etadigan umuminsoniy g‘oya.
Ochiq bozor – mamlakatga tovar hamda xizmatlarning boshqa mamlakatlardan erkin keltirilib va chegaralanmagan holda oldi-sotdi qilinishi.
Ombudsman – inson huquqlarini himoya qiladigan maxsus tashkilot. U inson huquqlarini turli ma’muriy organlardan himoya qilishni maqsad qilib qo‘yadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |