Parlament fraksiyasi – parlament uchun saylovlarda har bir partiya o‘z a’zolaridan deputatlikka nomzodini qo‘yib, ko‘proq ovoz to‘plash maqsadida kurashadilar. Siyosiy partiya a’zolaridan parlamentga deputat etib saylanganlari o‘z partiyasi siyosiy yo‘lini o‘tkazish uchun bir guruhga birlashadi. Bu guruh partiya fraksiyasi deyiladi va parlament tomonidan fraksiya sifatida ro‘yxatga olinadi.
Prokuratura – (lotincha “procurate” – g‘amxo‘rlik qilish ) davlat tizimidagi mavjud jinoyat ishini qo‘zg‘atuvchi, ayblovchi va sud jarayonida davlat nomidan ayblov olib borish vakolatiga ega bo‘lgan organ.
Do'stlaringiz bilan baham: |