Mehnat jamoalari – inson umrining asosiy qismi o‘tadigan, uning tafakkuri, hayotga munosabati shakllanadigan ijtimoiy-ma’naviy muhitdir. Ular kishida jamoa ruhi, mehnatsevarlik, omilkorlik, adolat tushunchasi, mehr-oqibat tuyg‘ularini tarbiyalaydigan o‘ziga xos maskan.
Menejment – (fransuzcha “menagment” – xo‘jalik ishlari bilan shug‘ullanish) – samarali ishlab chiqarish faoliyatini ta’min etish, manaviy hamda moddiy zahiralardan foydalanish shakllari, usullari va vositalarining jami. Bozor munosabatlari rivojlangan mamlakatlarda menejment ko‘p tarmoqli bo‘lib, unga o‘rganish, o‘qish va bilish, menejment soxasidagi ishlarnitakomillashtirish juda keng taraqqiy etgan o‘quv-o‘rganuv yo‘naligidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |