О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti


O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV



Download 53,96 Kb.
bet5/7
Sana01.02.2022
Hajmi53,96 Kb.
#420971
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
DINARA NMM

O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh., 2018-yil 27-noyabr, 960-son

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING
QARORI
HUNARMANDCHILIKNI YANADA RIVOJLANTIRISH VA HUNARMANDLARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH BO‘YICHA QO‘SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
Mamlakatimizda milliy hunarmandchilik, xalq badiiy va amaliy san’atini rivojlantirish, bu orqali xalqimizning boy madaniy merosi va tarixiy an’analarini to‘liq saqlab qolish, band bo‘lmagan aholini, ayniqsa yoshlar, ayollar va kam ta’minlangan oilalarni hunarmandchilikka keng jalb etish orqali ularning ish bilan bandligini ta’minlash maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi, “Hunarmand” uyushmasi, Madaniyat vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining respublika hududlarini hunarmandchilik faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha ixtisoslashtirish va ularga hunarmandchilik mahsulotlarini chet el bozorlarida namoyish etish va sotish uchun ko‘maklashish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalarini biriktirish to‘g‘risidagi takliflari 1-ilovaga muvofiq ma’qullansin.
Belgilab qo‘yilsinki, O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari “Hunarmand” uyushmasi, Savdo-sanoat palatasi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari murojaatiga asosan o‘ziga biriktirilgan hududlardan boshqa hududlarda faoliyat yurituvchi hunarmandlar mahsulotlarini chet elda namoyish etish va sotishda ham har tomonlama amaliy yordam ko‘rsatadi.
2. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi (Ne’matov) Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Qudratov), Savdo-sanoat palatasi (Ikramov), “Hunarmand” uyushmasi (Abdullayev) bilan birgalikda respublikaning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari orqali mazkur vakolatxonalar joylashgan va boshqa yirik shaharlarda hunarmandlarga o‘z mahsulotlarini namoyish etish va sotish uchun milliy hunarmandchilik va xalq amaliy san’ati mahsulotlarini keng targ‘ib qilish, yangi bozorlarni o‘zlashtirishga ko‘maklashuvchi “savdo uylari” va milliy hunarmandchilik mahsulotlari do‘konlarini tashkil etish choralarini ko‘rsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Badiiy akademiyasi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Savdo-sanoat palatasi va “Hunarmand” uyushmasining:
“Xalq amaliy san’ati ustalarining milliy katalogi”ni (keyingi o‘rinlarda — Milliy katalog) joriy etish;
“Turizm sohasida faoliyat yuritayotgan hunarmandlar reyestri”ni (keyingi o‘rinlarda — Reyestr) yuritish;
Xalq amaliy san’ati ustalarining milliy katalogiga kiritiladigan nomzodlarni tanlash bo‘yicha kengashni (keyingi o‘rinlarda — Kengash) tuzish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin.
4. Belgilansinki:
a) Milliy katalogga quyidagi hunarmandlar Kengash qarori asosida kiritiladi:
nufuzli xalqaro ko‘rgazma, ko‘rik-tanlov kabi tadbirlarda g‘olib yoki laureat sifatida e’tirof etilganlar;
tegishli sohada san’at va fan arbobi hamda akademiklarning tavsiyasiga egalar;
“O‘zbekiston Respublikasi xalq ustasi” faxriy unvoniga egalar;
b) Reyestrga Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan “Hunarmand” uyushmasining quyidagi a’zolari kiritiladi:
turistik marshrutdagi manzil bo‘yicha o‘z ustaxonasida yoki ijara asosida faoliyat yurituvchilar;
o‘zi ishlab chiqargan mahsulotlarni galereyalar, hunarmandchilik mahsulotlari do‘konlari, mahalliy va xorijiy savdo uylariga shartnoma asosida namoyish va sotish uchun qo‘yayotganlar;
Milliy katalogga kiritilganlar;
“Hunarmand” uyushmasining Badiiy kengashi tomonidan tavsiya etilganlar.
5. O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi, Madaniyat vazirligi, Badiiy akademiyasi va “Hunarmand” uyushmasi:
ikki hafta muddatda “Hunarmand” uyushmasi raisi rahbarligida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Badiiy akademiyasi rahbarlari va mas’ul xodimlaridan iborat bo‘lgan Kengash tarkibini tasdiqlasin;
bir oy muddatda hunarmandlarni Xalq amaliy san’ati ustalarining milliy katalogiga kiritish tartibi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqib, tasdiqlasin.
“Hunarmand” uyushmasi 2020-yil 1-yanvardan boshlab Milliy katalogni ochiq va umum foydalaniladigan veb-sayt ko‘rinishida ishga tushirish choralarini ko‘rsin va doimiy ravishda yangilab borsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi “Hunarmand” uyushmasi bilan birgalikda:
bir oy muddatda turizm sohasida faoliyat yuritayotgan hunarmandlar reyestrini tuzish va yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqib, tasdiqlasin;
2020-yil 1-yanvarga qadar Reyestrning shakllantirilishini ta’minlasin;
2020-yil 1-martdan boshlab Reyestrni onlayn tarzda real vaqt rejimida yangilanuvchi ochiq va umum foydalaniladigan veb-sayt ko‘rinishida ishga tushirish choralarini ko‘rsin va doimiy ravishda yangilab borsin.
7. 2020-yil 1-yanvardan boshlab:
2023-yil 1-yanvarga qadar Milliy katalog va Reyestrga kiritilgan hunarmandlar uchun kalendar yili davomida hunarmandchilik mahsulotlarini (ishlar, xizmatlar) sotishdan tushgan tushumi 100 mln so‘mdan oshgan, biroq 1 mlrd so‘mdan ko‘p bo‘lmagan miqdori uchun yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan yagona soliq to‘lov stavkasi 2 foiz miqdorida to‘lanadi;
hunarmandchilik faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha yangidan davlat ro‘yxatidan o‘tishda to‘lanadigan davlat boji yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun amalda belgilangan davlat boji miqdorining 50 foizi miqdorida o‘rnatilsin;
Milliy katalogga kiritilgan hunarmandlarga shogirdlar soni bo‘yicha cheklovlar bekor qilinsin;
ko‘rgazma zallari, galereyalar, pavilonlar, bozor va yarmarka rastalarida namoyish qilish va sotish uchun joylar, faoliyatini kengaytirish uchun ixtisoslashtirilgan hunarmandchilik majmualarida yer uchastkalari ajratilishida Milliy katalogga kiritilgan hunarmandlar uchun ustuvorlik qo‘llanilsin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-noyabrdagi “Hunarmandchilikni yanada rivojlantirish va hunarmandlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5242-son Farmoni bilan qishloq joylarda ro‘yxatdan o‘tgan va faoliyatini amalga oshirayotgan hunarmandlar o‘z faoliyatining dastlabki ikki yili mobaynida Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga belgilangan yagona ijtimoiy to‘lovning 50 foizini to‘lash tartibi o‘rnatilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Mazkur tartib 2020-yil 1-yanvardan boshlab shaharlarda ro‘yxatdan o‘tgan va aynan xalq amaliy san’ati mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi “Hunarmand” uyushmasi a’zolariga tatbiq etilsin.
Bunda, xalq badiiy hunarmandchiligi va amaliy san’ati bilan bog‘liq bilimlar va ko‘nikmalar, an’anaviy asbob-anjomlardan foydalangan holda, asosan qo‘l mehnati usulida yaratilgan va qoida tariqasida milliy naqshlar bilan bezatilgan buyum va asarlar xalq amaliy san’ati mahsulotlari hisoblanishi belgilab qo‘yilsin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 24-oktabrdagi “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish davlat dasturlari doirasida amalga oshirilayotgan loyihalarni kreditlash tartibini takomillashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4498-son qaroriga muvofiq 2020-yil davomida hunarmandchilikni rivojlantirish dasturi uchun 589,3 mlrd so‘m miqdorida (shundan, 470 mlrd so‘m (50 mln AQSh dollari) O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi hisobidan) kreditlar ajratilishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘larni yuqoridagi qarorning 2-bandi to‘rtinchi xatboshisida belgilangan shartlarda ajratsin.

Download 53,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish