KASHTACHILIK MAKTABLARI
Kashta choklari, kashta tikish va uslublarining turli-tumanligi o‘zbek kashtado‘zlarining katta san’atidan dalolat beradi. Masalan, Nurota, Buxoro, Samarqand kashtado‘zlik mahsulotlari ko‘proq yo‘rma chok bilan, Shahrisabzda yo‘rma, kandaxayol, iroqi, Toshkentda esa ko‘proq bosma chok bilan tikilgan.3
Ijtimoiy hayotda ro‘y bergan o‘zgarishlar kashtado‘zlik an’analariga, mahsulotning turlariga ta ’sir ko‘rsatgan. Masalan, hozir bo‘g‘joma, dorpech,
oynaxalta kabi ashyolar o‘z ahamiyatini yo‘qotdi. Paranji, kaltacha kabi kiyimlarni faqat muzeylardagina uchratish mumkin. Do‘ppi, sumka, nimcha, kavush, kirpech, so‘zana kabi badiiy buyum va ashyolar zamonaviy did bilan bezatilmoqda, shakl va badiiy bezaklarida katta o ‘zgarishlar ro‘y berdi. 0‘zbek kashtado‘zlari buyum bezaklarida amaliy bezak san’atining boshqa turlaridagi naqshlardan andoza olganlar, kashtalarda o ‘simliksimon tasvirlar, shox, gulband, guldastalar ko‘p uchraydi. Naqsh mujassamotida asosiy bezak matoning o ‘rtasida bo’lib, hoshiyalar q o‘shimcha bezak hisoblanadi. Lekin hoshiya bezagi mahorat bilan ishlangan kashtalar ham ko‘p. Masalan, kashtachilikda qadimiy naqqoshlik san’ati yodgorliklar naqshlari bilan umumiylik, o ‘xshashlik xususiyatlariga ega bo’lgan motivlar bilan birga doira gil — oy (oy va quyosh tasviri), qush va qo‘chqorshoxi kabi simvolik m a’noli arxaik motivlar ham uchraydi. Qo‘chqorshoxi yoki qo‘chqorak turkiy xalqlar omament san’atiga doir naqsh bo’lib, kashta turlarida
(do‘ppi, jiyak, qiyiqcha, so‘zana va boshqalardir), gilamchilik ornametikabida, kulolchilikda, o ‘ymakorlikda va tasviriy san’atning boshqa k o ‘p sohalarida uchraydi. Ganchkorlik , yog‘och o‘ymakorligi, kandakorlik, naqqoshlikda uchraydigan islomiy gullar kashtado‘zlikda ham ko‘p uchrashi chizmakashlar amaliy bezak san’atining turli sohalariga chizmalar tayyorlaganini ko‘rsatadi. Kashtado‘zlikda chizmakashlar yaratgan naqshlar asosida kashtado‘zlar badiiy buyum yaratadilar. Kashtado‘zlikda ishlatiladigan asosiy ish qurollari: igna, ilmoqli igna, ilmoqli bigiz, angishvona, chambarak; keng tarqalgan chok turlari:
bosma, kandaxayol, chindaxayol, xomdo‘zi, yo‘rma, iroqi popur, ilmoq, baxya va boshqalar.
Do‘ppi kashtachiligi o‘zbek xalqining g‘ururi hisoblanadi. Boshqa amaliy san’at sohalari singari do‘ppisozlikda ham harbir joyning o ‘ziga xos uslub va naqshlari o‘zaro farqlangan. Bugun 0‘zbekiston va qo‘shni o ‘lkalarda mashhur Chust do‘ppisi o‘zining shakli, odmi uslubi, markaziy qalampiri ornamenti, qora va oq naqshlarining mutanosibligi bilan xarakterlidir. Daraxt ko‘chati va barglarini eslatadigan erkin, ko‘p rangli naqshlar, ipak bilan kashtalangan do‘ppilar ajoyib san’at namunalaridan hisoblanadi. Shahrisbzda to ‘la va boy naqshlar bilan bezatilgan ochiq rangli do‘ppilar, Qarshi, Boysun, Chelak va boshqa tumanlarda tarqalgan kashtali o‘ziga xos naqshli qavim qilib to‘qilgan piltado‘zi alohida ajralib turadi. Xorazm do‘ppi (taxya)lari ham o‘zining kashta uslubi, shakli va naqshlari bilan alohida o ‘rinni egallaydi. 0‘zbekistonda hozirgacha Toshkent, Chust, Samarqand, Boysun, Shahrisabz do‘ppilari mashhur bo‘lib, ular o‘ziga xos naqshlar bilan bezatilgan. Do‘ppilarning milliy turlari asosan iroqi, chust do‘ppi, gilam do‘ppi, piltado‘zi deb nomlangan. Do‘ppi tikishda keyingi yillarda yangi mazmundagi naqshlar paydo bo‘lmoqda. Masalan, zo‘rkashtakor ustalar “ kanal”, “samolyot” , “ parashyut” , “ kaptar” kabi naqshlar, ism va raqamlar bitilgan do‘ppilarni tikib sotuvga chiqargan.4
Do'stlaringiz bilan baham: |