О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti



Download 53,96 Kb.
bet6/7
Sana01.02.2022
Hajmi53,96 Kb.
#420971
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
DINARA NMM

Oldingi tahrirga qarang.
AT Xalq banki”, “Mikrokreditbank” ATB va “Agrobank” ATB ushbu manbalar hisobidan “Hunarmand” uyushmasi a’zolariga ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun asbob-uskuna, ehtiyot qismlar va xomashyo materiallarini xarid qilish, hunarmandchilikni rivojlantirish markazlari, “usta-shogird” maktablarini tashkil etish, uy-muzeylar va ustaxonalar qurish yoki shu maqsadlarda bino va inshootlar sotib olish uchun 36 oygacha muddatga hamda aylanma mablag‘larini to‘ldirish uchun 18 oygacha muddatga, 2022-yil 1-yanvarga qadar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy stavkasidan oshmagan holda, 2022-yil 1-yanvardan boshlab, yillik 14 foiz stavkada 225 million so‘mgacha bo‘lgan miqdorda kreditlar ajratsin.
(9-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PQ-55-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 07/21/55/1173-son)
Bunda, “Hunarmand” uyushmasi a’zolariga tadbirkorlik loyihalariga tijorat banklari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalash stavkasidan oshmagan holda ajratiladigan kreditlar foiz stavkalarining to‘rtdan bir qismi Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplab berilsin.
10. “Hunarmand” uyushmasi O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab hunarmandchilikka ixtisoslashgan hududlarda hunarmandchilik va xalq amaliy san’ati yo‘nalishlari bo‘yicha bolalar musiqa va san’at maktablari, “Barkamol avlod” bolalar markazlari hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tizimidagi kasb-hunarga o‘qitish markazlarida o‘quv kurslarini tashkil etsin.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi “Hunarmand” uyushmasi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda 2020-yil 1-mayga qadar hunarmandchilik yo‘nalishida kasb-hunar ta’limi muassasalarida kadrlar tayyorlashning namunaviy o‘quv reja va dasturlarini tasdiqlasin.
11. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, Savdo-sanoat palatasi, “Hunarmand” uyushmasi ikki oy muddatda hunarmandlarni mahsulot ishlab chiqarish uchun xomashyo (shu jumladan mis, qora metall, ipak va yog‘och) bilan ta’minlashning qulay tizimini joriy etish hamda qayta tiklanadigan xomashyo (tutzorlar, qattiq turdagi daraxtlar) bazasini yaratish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
12. O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda Milliy katalogga kiritilgan hunarmandlarga marketing sohasida doimiy amaliy yordam ko‘rsatsin va ularning mahsulotlari elektron tijorat (E-commerce) yo‘nalishida keng qo‘llaniladigan Internet jahon axborot tarmog‘i veb-saytlari orqali sotilishida zarur tashkiliy ishlarni yo‘lga qo‘yish choralarini ko‘rsin.
13. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
ikki oy muddatda yirik savdo majmualari va dehqon bozorlari hududlarida alohida “hunarmandlar rastalari”ni tashkil etsin;
“Hunarmand” uyushmasiga a’zo bo‘lgan hunarmandlarni doimiy ravishda “hunarmandlar rastalari”ga joylashtirib borsin;
2020-yil yakuniga qadar tashabbuskorlarni jalb qilgan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining 2-ilovaga muvofiq tuman va shaharlarida milliy hunarmandchilikning barcha yo‘nalishlarini o‘zida mujassam etadigan zamonaviy “hunarmandlar bozori”ni tashkil etsin;
hunarmandlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Suzuk ota” majmuasi misolida ixtisoslashtirilgan hunarmandchilik majmualarini tashkil etish choralarini ko‘rsin;
2020-yil yakuniga qadar O‘zbekiston Badiiy akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va “Hunarmand” uyushmasi bilan birgalikda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar markazlarida hamda Toshkent shahrida xalq amaliy san’ati va hunarmandchilik mahsulotlari ko‘rgazma zallari va galereyalarini tashkil etsin.
14. O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi “Hunarmand” uyushmasi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda “World craft council” xalqaro hunarmandchilik kengashi tomonidan tashkil etiladigan tadbirlarda “Hunarmand” uyushmasining doimiy ishtirokini ta’minlash hamda ushbu xalqaro tashkilot bilan hunarmandchilikni rivojlantirish borasidagi tadbirlar uchun xalqaro tashkilotlarning texnik ko‘magini jalb qilishga qaratilgan aniq tadbirlarni ishlab chiqsin.
O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va “Hunarmand” uyushmasi hunarmandchilikni qo‘llab-quvvatlash borasidagi xalqaro tajribani muntazam o‘rganib borish va umumlashtirish, shu asosda ilg‘or xorijiy tajribalarni O‘zbekiston Respublikasida joriy etishga qaratilgan ishlarni tizimli yo‘lga qo‘yish choralarini ko‘rsin.
15. “Uzbekistan airways” AJ va “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJga hunarmandchilik sohasidagi nufuzli xalqaro festival va ko‘rgazmalarda qatnashadigan Milliy katalogga kiritilgan hunarmandlar uchun yo‘l chiptalariga imtiyozlar qo‘llash tavsiya etilsin.
Bunda, xorijiy davlatlarda an’anaviy tarzda o‘tkaziladigan hunarmandchilik sohasidagi nufuzli xalqaro festival va ko‘rgazmalarning ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi xorijdagi diplomatik vakolatxonalari orqali xorijiy davlatlarda an’anaviy tarzda o‘tkaziladigan hunarmandchilik sohasidagi nufuzli xalqaro festival va ko‘rgazmalarda hunarmandlar ishtirok etishlari uchun zaruriy tashkiliy ko‘mak ko‘rsatilishini ta’minlasin.
16. Hunarmandchilik sohasini yanada rivojlantirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” (keyingi o‘rinlarda — “Yo‘l xaritasi”) 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
“Yo‘l xaritasi”da nazarda tutilgan chora-tadbirlarning o‘z vaqtida, to‘liq va sifatli amalga oshirilishi yuzasidan mas’ul vazirlik va idoralar rahbarlariga shaxsiy javobgarlik yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi “Hunarmand” uyushmasi bilan birgalikda “Yo‘l xaritasi”da nazarda tutilgan chora-tadbirlarning bajarilishi bo‘yicha ma’lumotlarni har oyda Vazirlar Mahkamasiga kiritib borsin.
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi respublikada hunarmandchilik sohasining rivojlanishini baholash uchun tegishli indikatorlarni Davlat statistika qo‘mitasi, Savdo-sanoat palatasi va “Hunarmand” uyushmasi bilan birgalikda ikki oy muddatda ishlab chiqsin va ularning 2020-yildan boshlab har chorakda ommaviy axborot vositalarida chop etib borilishini ta’minlasin.
17. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari bir oy muddatda:
mazkur qarorda belgilangan chora-tadbirlar hamda tuman va shaharlarning hunarmandchilik yo‘nalishlari bo‘yicha ixtisoslashuvidan kelib chiqqan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida 2020-2021-yillarda hunarmandchilikni rivojlantirish strategiyalarini ishlab chiqsin;
ishlab chiqilgan strategiyalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida taqdimot o‘tkazsin va tegishli tartibda tasdiqlasin.
18. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Davlat bojxona qo‘mitasi, Fanlar akademiyasi, Badiiy akademiyasi, Savdo-sanoat palatasi, “Hunarmand” uyushmasi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda an’anaviy xalq badiiy hunarmandchiligi buyumlari turlarini qayta ko‘rib chiqqan holda madaniy boyliklarga taalluqli ashyolar toifasi tarkibiga o‘zgartirishlar kiritish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
19. O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi:
“Hunarmand” uyushmasi bilan birgalikda ommaviy axborot vositalarida hunarmandchilik va xalq amaliy san’ati tarixi hamda bugungi rivojini keng targ‘ib qilib borish maqsadida “Ma’naviyat va ma’rifat” telekanalida muntazam namoyish etiladigan hunarmandchilikka oid teleko‘rsatuvlarni tashkil etsin;
O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi va “Hunarmand” uyushmasi bilan birgalikda mazkur qarorning mazmun-mohiyati ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini ta’minlasin.
20. O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
21. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi R.A. Gulyamov zimmasiga yuklansin.

Download 53,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish