53
Namuna
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lm vazirligi
Alisher Navoiy nomidagi Samarqand davlat universitet
Universitet arxivi holati va faoliyatini o‘rganish haqida
DALOLATNOMA
2004-yl 28-may. Samarqand shahri.
Asos: universitet bo‘yicha 2004-yil 20-mayda “Universitet
arxivining holati
va foliyatini o‘rganish haqida” chiqarilgan 07-F raqamli farmoyish. Farmoyishga
binoan universitet monitoring va ichki inspeksiyasi boshlig‘i A.M.Uzoqov
raisligida hamda huquqshunos-maslahatchi F.B.Alixo‘jayeva, ma’naviyat va
ma’rifat bo‘limi bishlig‘i X.To‘xtayev, maxsus bo‘lim boshlig‘i A.A.Toshpo‘latov,
devonxona mudiri vazifasini bajaruvchi M.Boltayevlar a’zoligida komissiya
tuzildi.Komissiya shu yil 21-maydan 28-maygacha bo‘lgan
muddat davomida
universitet arxivi holati hamda ish faoliyatini o‘rganib chiqib, quyidagilarni
aniqladi:
1. Universitet arxivi uchun yangi qurilgan to‘qqiz qavatli binoning
to‘qqizinchi qavatidan bir qancha xonalardan
iborat joy ajratilgan, hujjatlar
saqlanishi uchun metali tokchalar o‘rnatilgan, hujjatlarning xavfsizligi
ta’minlangan.
2. Devonxonaning arxiv bo‘limi uchun 1 mudira, 3 arxivarius,
1 EHM operatori
shtat
birliklari
belgilangan.
Avval
mudir,
keyinchalik
arxivarius
lavozimlarida ishlab kelgan Z.Rahmonova o‘z vazifasiga sovuqqonlik bilan qaragan
va oqibatda bir qancha hujjatlar yaroqsiz holga kelib qolgan yoki yo‘qolgan.
3. Universitet arxivining avvalgi –harbiy kafedra
bilan birga joylashgan
binoning ikkinchi qavatida isitish tizimida yuz bergan nosozlik tufayli bir necha
bog‘lam hujjatlar zangli iflos suvda qolib ketgan va natijada 1969-, 1970-, 1975-,
54
1977-, 1978-, 1979-, 1980-, 1982-, 1987-yillarga tegishli hujjatlar suvda bo‘kib,
yaroqsiz holga kelib qolgan.(Bu hujjatlarning to‘liq ro‘yxati dalolatnomaga ilova
qilinadi)
4. Universitetning turli yillardagi faoliyati bilan bog‘liq 204
nusxadagi
hujjat,shaxsiy tarkibga oid 1796 hujjat turli sabablarga ko‘ra yaroqsiz holga kelib
qolganligi yoki yo‘qolganligi tufayli hisobdan choqarilishi lozim. (Bu hujjatlar
ro‘yxati va arxiv xodimlarining yaroqsiz hujjatlarni hisobdan chiqarish to‘g‘risidagi
bildirishnomasi dalolatnomaga ilova qilinadi)
5. Sobiq pedagogika institutining turli yillarga oid faoliyati bilan bog‘liq
21
nisxadagi hujjat, shaxsiy tarkibga doir 305 hujjatning yaroqsiz holga kelib
qolganligi yoki yo‘qolganligi tufayli ularni hisobdan chiqarish lozim. (Bu hujjatlar
ro‘yxati va arxiv xodimlarining yaroqsiz hujjatlarni
hisobdan chiqarish
to‘g‘risidagi bildirishnomasi dalolatnomaga ilova qilinadi)
6. Komissiya universitet arxivi yangi va uning xizmatidan foydalanuvchilar
uchun qulay joyga ko‘chirilib, hujjatlar saqlash uchun barcha shart-sharoitlar va
imkoniyatlar yaratilganligini tasdiqlaydi.
7. Dalolatnoma
ikki nusxada tuzildi, unga 8 betlik hujjatlar ro‘yxati va ikki
betdan iborat bildirishnoma ilova qilindi.
Komissiya raisi: imzo UZOQOV N.M.
Komissiya a’zolari: imzo VALIXO‘JAYEVA F.B.
imzo TO‘XTAYEV X.
imzo TOSHPO‘LATOV A.A.
imzo BOLTAYEV M
Do'stlaringiz bilan baham: