2
Muallif: G‘afforov Nodir Nasriyevich - O‘zDJTSU O‘zbek tili va adabiyoti
kafedrasi mudiri, dotsent, filologiya fanlari nomzodi
Taqrizchilar:
A.T. Boltayeva -
Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, Toshkent
davlat transport universiteti O‘zbek (rus) tili
kafedrasi dotsenti v.v.b
F.R. Norboyeva -
Pedagogika fanlari nomzodi, O‘zDJTSU Xorijiy
tillar kafedrasi mudiri.
Mas’ul muharrirlar-
Isomiddin Musayev, Malohat Rahimova
Mazkur o‘quv qo‘llanma O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti
professor-o‘qituvchilari,
xodim
hamda
talabalariga
mo‘ljallangan.
O‘quv
qo‘llanmaning asosiy maqsadi-o‘zbek tilining sohada qo‘llanilishi fani doirasida
o‘rgatilayotgan davlat tilida ish yuritishning asoslari, adabiy til me’yorlari,
hujjatlar
bilan ishlash qoidalarini tahlil qilishdan iborat. Bunda hujjatlarni tayyorlash
jarayoniga qo‘yiladigan talablar, tashkiliy va ma’lumot-axborot hujjatlarining o‘ziga
xosligi, yuritish tartibi keltiriladi.
Данное
учебное
пособие
предназначено
для
профессорско-
преподавательского
состава,
сотрудников
и
студентов
Узбекского
государственного университета физической культуры и спорта. Основная цель
учебного пособия – проанализировать основы делопроизводства на
государственном языке, нормы литературного языка,
правила работы с
документами в рамках предмета применения узбекского языка в сфере. При
этом приводятся требования к процессу подготовки документов, специфика
организационных и справочно-информационных документов, порядок их
ведения.
The present educational textbook designed for the
students and employers of
Uzbek state university of physical education and sport. The aim of this textbook is to
analyze of the rules of the usage, the measures of literary language, and the bases of
organizing the state works in taught language in the subject of the usage of Uzbek
language. It is the requirements in preparing, organizing documents and organizing
the order of particular qualities of informational documents.
3
KIRISH
Dunyo tamaddudida ko‘hna va boy tillardan biri bo‘lgan o‘zbek
tili xalqimiz
uchun milliy o‘zligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, beqiyos ma’naviy
boylik, buyuk qadriyatdir
1
. Xalqimizning ko‘p asrlik kechmishi, orzu-intilishi, zafar-u
g‘alabasi, ulkan ilmiy kashfiyotlar, milliy - ma’naviy me’ros qadim osori- atiqalar-u
bebaho adabiy – badiiy durdonalar shu tilda yaratilgan. Turli davrlarda turlicha
munosabat ko‘rgan tilimiz jasur va matonatli, donishmand va uddaburon, samimiy va
hamiyatli xalqimiz tufayli o‘z sha’n-u iftixorini saqlab qoldi. Bu borada adib-u
olimlar, buyuk so‘z san’atkorlari –
yu arboblar, ulamo – yu fidoiylarning ma’naviy
jasoratini hamisha hurmat, ehtirom va e’zoz bilan yodga olamiz.
Mustabid tuzum hali o‘z hukmini o‘tkazayotgan og‘ir bir sharoitda o‘zbek
tiliga davlat tili maqomining berilishi va “Davlat tili haqida”gi qonunning qabul
qilinishi xalqimiz taqdiri hamda kelajagini hal qiluvchi muhim me’yoriy hujjat bo‘ldi.
O‘tgan davr mobaynida O‘zbek tili davlat tili sifatida mustaqilligimizni dunyo
hamjamiyatida ko‘rsata olgan, mamlakatda yashayotgan barcha millatlarni
birlashtirib, ezgu maqsadlarga yetaklagan qudratli kuchga aylana oldi.
Taraqqiyotning yangi bosqichiga qadam qo‘ygan O‘zbekistonda o‘zbek tilining
davlat tili maqomidagi nufuzini va mavqeini oshirish, globallashuv sharoitida tilimiz
sofligini saqlash, uning lug‘at boyligini oshirish,
turli sohalarga zamonaviy
atamalarning o‘zbekcha muqobilini yaratish, barcha tashkilot, muassasa, korxona va
tizimlarda davlat tilida ish yuritishning me’yoriy asoslarini qayta ko‘rib
chiqish
hamda mustahkamlash dolzarb masalalardan hisoblanadi.Tan olish joizki, ko‘pgina
tashkilot va muassasalar, jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport
vazirligi tizimidagi sport tashkilotlari (boshqarma, OZK, BO‘SM,
oliy mahorat
maktablari, federatsiyalar, asossatiyalar, oliy ta’lim muassasasi va h.)ga davlat tilida
ish yuritish, me’yoriy hujjatlar bilan ishlash, zaruriy hujjatlarni belgilangan
qoidalarga muvofiq rasmiylashtirishda kamchilik va nuqsonlar uchramoqda. Mazkur
o‘quv qo‘llanma davlat tilida me’yoriy hujjatlar bilan to‘g‘i ishlash, ish jarayonidagi
hujjatlarni
tartibga binoan yuritish, mutaxassis-u xodimlar, talaba-yoshlarga
1
Sh. Mirziyovev. Milliy o‘zligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli. Xalq so‘zi, 2019- yil
21- oktabr.