Jismoniy rivojlantirishning muammoli metodlari.
T.I.Ilina muammoli o‘qitishga
aqliy sloxiyat, o‘rganish faolligi, mustaqillik va ijodiy fikr yuritishni rivojlantirishdek
murakkab vazifalarni echish usuli sifatida qaraydi. Ijodiy faoliyatning asosiy turlari
umumiy xarakteristikasi ko‘rsatishicha, ijodiy jarayonda insonning fikr yuritish
originalligi, muammoni ko‘ra bilish, yangi sharoitlarda o‘z yo‘lini topib olishi tezligi,
fikr yuritish qobiliyati, intuitsiyasi, shuningdek, produktivligi kabi sifatlari namoyon
bo‘lar ekan.
B.I.Korotyaev o‘qituvchilar ishini ko‘p yillar o‘rganishi va tadqiqot natijalarini
amaliyotda qo‘llashi asosida o‘rganish faoliyatini yuqori ijodiy darajaga etkazishning
asosiy yo‘li- bu o‘qituvchining o‘quvchilarni o‘rganish faoliyatiga o‘rgatishi, degan
fikrga keldi. Muammoli ta’limda etakchi o‘rin talabaning mustaqil, tadqiqot
faoliyatiga ajratiladi. Mustaqillikka o‘rgatish, eng avvalo, yoshlarda tadqiqot
faoliyatini ta’minlashga yo‘naltirilgan umum o‘quv ko‘nikmalarni shakllantirishni
nazarda tutadi. Bayon etilgan didaktik vazifa talabalarni mustaqillikka o‘rgatishning
quyidagi namunaviy mazmunga ega bo‘lgan dasturi sifatida taqdim etilishi mumkin:
-yoshlarda o‘qish jarayoniga, o‘z-o‘zini baxolash ko‘nikmalariga qizig‘ishni
shakllantirish;
-sog‘lom xayot tarzi ko‘nikmalarini shakllantirish bo‘yicha vazifalarni mustaqil
bajarish;
-shaxsni jismonan rivojlantirishni individualizatsiyalash.
75
Jismoniy rivojlanish muammoli metodining ushbu dasturi punktlariga aloxida
to‘xtalib o‘tamiz. Yoshlarda o‘quv jarayoniga qiziqish, eng avvalo, diagnostik
nazorat asosida shakllantiriladi. Pedagogik nazorat o‘z ichiga jismoniy rivojlanish,
jismoniy tayyorlik, jismoniy axvolning baxolanishini o‘z ichiga oladi. Talaba
o‘qituvchi raxbarligi ostida vazn va bo‘yning muvofiqligi, Ketle indeksii
ko‘rsatkichlari, o‘pkaning xayotiy ko‘rsatkichi, bilaklar va orqaning kuchi tananing
Pine indeksi bo‘yicha uyg‘unligini baxolash, tananing yog‘ massasini aniqlashni
amalga oshiradi. Kuch imkoniyatlari ko‘rsatkichlari testlar- tortilish, qo‘llarni polga,
bruslarga tiralib bukish va yozish, osilib oyog‘larni, gavdani ko‘tarish va x.z. lar
yordamida aniqlanadi.Ushbu vaziyatda pedagogik boshqarishning ishonchli sinalgan
vositasi Pine, Letunov, Kverg, Rufe va x.z. testlarini bajarishga yo‘naltirilgan.
O‘qituvchi testlar, urinishlar, nazorat sinovlarining bajarilish jarayonini
kuzatayotib va natijalarni talabalar bilan birgalikda tekshirayotib o‘z vaqtida
aniqliklar, kuzatishlar kiritishi, kerak bo‘lsa aloxida talabalarga yoki butun bir
guruxga muayyan vaziyatda to‘g‘ri yo‘l topishga yordam berishi mumkin. Oliy o‘quv
yurtida o‘quv jarayonining asosiy etakchi shakli bo‘lgan o‘quv mashg‘ulotlari unga
qo‘yilgan barcha zamonaviy talablarga javob beradi ( talabada o‘z-o‘zini va bir-birini
nazorat
qilish
ko‘nikmalarini
shakllantiradi).
Jismoniy
sog‘lomlashtirish
mashg‘ulotlarini bunday tashkil etish talabalarda jismoniy tarbiya va sport
mashg‘ulotlariga qiziqishni orttiradi, salomatlikni mustaщamlashga yordam beradi,
shuningdek aqliy, axloqiy va estetik tarbiya uchun qulay sharoit yaratadi, sog‘lom
xayot tarzining sanitar-gigienik ko‘nikma va odatlarini ishlab chiqaradi.
Talabaning o‘rganish faoliyatini boshqarish samaradorligi o‘qituvchining
tibbiy nazorat , psixologiya, fiziologiya bo‘yicha bilimlariga to‘laqonli bog‘liqdir.
Zamonaviy o‘qituvchi ijodiy ishlay bilishi kerak, chunki u ta’lim jarayoniga tadqiqot
nuqtai nazaridan yondashish pedagogik faoliyatning o‘ziga xos xususiyatidir.
SHaxsning xar tomonlama tayyorligi va o‘ziga xos xususiyatlarini bilish va ularni
taxlil etish o‘qituvchiga talabalarga maxsus topshiriqlar berish imkoniyatini beradi.
O‘z-o‘zini baxolash, nazorat qilish tashkiliy formalarining qo‘llanilishi
sog‘lomlashtirish, tadqiqot ishlarining debochasidir va u talabaning ilmiy ijodi va
76
sog‘lomlashtirish jismoniy mashg‘ulotlarga extiyojini tarbiyalash tomon ilk majburiy
pog‘ona xisoblanadi. Shu sababli ayrim amaliy va nazariy mashg‘ulotlar
rivojlantiruvchi xarakterga ega bo‘lishi kerak (talabaning jismoniy axvolini, tananing
yog‘ massasini aniqlash va x.z.)
Talabaning o‘rganish extiyojlarini rivojlantirish uchun talabaga shunday
vaziyatlar tavsiya etiladiki, talaba ulardan chiqib ketishning to‘g‘ri yo‘lini topsin,
qo‘yilgan savolga to‘g‘ri javob topsin. Bo‘lajak mutaxassisda mustaqil ishlash
ko‘nikmalarini xosil qilish kerak. Bunda jismoniy rivojlanish, gavda tuzilishi
xususiyatlari, jismoniy tayyorlik ma’lumotlarini ko‘rib chiqish va olingan natijalar va
xulosalarni ishlab chiqish yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |