Konsepsiyada Zangiota - Chinoz - Bo‘ka - Ohangaron - Angren - Parkent –
19
Bo‘stonliq yo‘nalishida turizm marshrutlari xaritalarini ishlab chiqish, ushbu tumanlarning yo‘l infratuzilmasini yaxshilash, ularda milliy choyxonalarni tashkil etish va boshqa vazifalar nazarda tutilgan.
Xususan, Bo‘stonliq tumanida «Chorvoq» erkin turistik zonasi, Ugam-Chotqol milliy bog‘i, «Chorvoq» suv ombori mavjud. Parkent tumani ziyoratgohlar, agroturizm maskanlarini rivojlantirish uchun aynan maqbul joydir. Zangiota tumanida ziyoratgohlar majmualari mavjud, bu yerda hunarmandchilik va savdo markazlari joylashgan.
Ohangaron tumanida tarixiy manzilgohlar, madaniy meros ob’ektlari, sanoat turizmi yo‘nalishi bo‘yicha ob’ektlar mavjud. Bo‘ka tumanida noyob gastronomik turizm yo‘nalishida o‘ziga xos turizm namoyishi ob’ektlari mavjud.
Chinoz tumani Toshkentni boshqa hududlar bilan bog‘lovchi asosiy magistral yo‘l bo‘yida joylashgan, agroturizm va gastranomik turizmni rivojlantirish imkoniyatlariga ega. Angren shahri sanoat turizmi yo‘nalishlari bilan mashhurdir. Shu bilan birga, uning hududida joylashgan Yangiobod va Lashkarak turistlarni go‘zal tabiati bilan rom qiladi. Har bir hududda milliy choyxonalar, hunarmandlarning uy muzeylari tashkil etiladi, turistlar uchun madaniy-ko‘ngilochar tadbirlar tashkillashtiriladi.
Istiqbolda hududlarning yo‘l infratuzilmasini yaxshilash va turizm marshrutlarida alohida «Oltin halqa» yo‘nalishli taksilar, mikroavtobuslar va avtobuslarning qatnovi tashkil qilinadi.
Bundan tashqari, turistlarni jalb etishga ko‘maklashuvchi reklama videoroliklari chiqariladi, turizm ob’ektlarida xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash bo‘yicha soha xodimlari uchun maxsus o‘quv kurslari tashkil qilinadi.
«Oltin halqa» konsepsiyasida turizm marshrutlarini ro‘yxatdan o‘tkazish, ob’ektlarning barcha ma’lumotlarini o‘z ichiga olgan pasportlarini tayyorlash, har bir turizm ob’ektida xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash bo‘yicha yo‘l xaritalarini ishlab chiqish nazarda tutilgan. Ushbu pozitsiyadan kelib chiqqan holda, an’anaviy oshxona tarix, din, iqtisodiyot, siyosat, urf-odatlar, afsonalar va mamlakat yoki mintaqaning o‘ziga xosligini tashkil etuvchi boshqa omillar bilan bog‘liq holda qabul qilinadi. O‘zbekistonda shiddat bilan taraqqiy toptirish mumkin bo‘lgan, buning uchun barcha imkoniyatlar mavjud bo‘lgan turizm yo‘nalishlaridan biri.Yurtimizda Islom olamining buyuk muhaddisi Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy ziyoratgohi bor. Ushbu maskanga jamiki musulmon davlatlardan ziyoratchilarni qabul qilish mumkin. Motrudiy ziyoratgohini turklar qadrlashadi. Naqshbandiy, Najmiddin Kubro kabi mutafakkirlarning ziyorati tufayli ichki turizmni rivojlantirish mumkin. Ayni paytda Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on tumanidagi Axsikent yodgorligida katta rekonstruksiya ishlarini amalga oshirish rejalashtirilmoqda. Ushbu maskanda ham qadimda Islom olamida dovruq taratgan olimlar yetishib chiqqan.
20
Gastronomik tur yoki gastro-tur - mahalliy oshxonaga xos taomlarni tatib ko‘rish uchun tadbirlar to‘plami. "Oshpazlik darslari nafaqat restoranlarda, balki bozorlarda, fermer xo‘jaliklarida, mahalliy oshxonalarda, karnaval va o'rim-yig'im paytida, dasturxonda va shunchaki ko‘chada o'tkaziladi."
Gastro-turlarni qishloq ("yashil") va shaharlarga bo‘lish mumkin. Qishloq gastro-turlari ekologik toza mahsulotlarga qaratilgan bo‘lib, masalan, o‘rmonda yovvoyi rezavor mevalarni, uzumzorlarda uzumlarni, fermer xo‘jaliklarida sabzavot va mevalarni yig‘ishni o‘z ichiga oladi. Shahar gastro-turi oziq-ovqat ishlab chiqaradigan zavod yoki ustaxonaga tashrif buyurish, ularning mahsulotlarini tatib ko‘rishni o‘z ichiga olishi mumkin. Turistlarni turli hududlarda turli xil taomlar bilan tanishtiradigan gastro-turlar mavjud. Bular fransuz va bolgar vino turlari, golland, shveysariya va italyan pishloqli turlar, nemis, avstriya, chex, belgiya pivo turlari. Tarixiy obidalarga boy yurtimizning sayyohlik biznesi salohiyati juda katta. Ayni paytda turistik agentliklarimiz sobiq ittifoqdan meros bo‘lib qolgan, sayyohlarni guruh tarzida qabul qilish kabi xizmatlarni ko‘rsatishadi. Biroq dunyoda bir talay yangi va zamonaviy turizm turlari ham paydo bo‘lganki, ularning ayrimlarini O‘zbekistonda tatbiq etish ayni muddao bo‘lar edi. Bu joylarda qo‘shimcha daromad va ish o‘rinlari yaratilishiga olib kelishi shubhasiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |