O'zbekiston Respublikasida Gastranomik turizmning masalalari
Oʻzbekiston qadimdan Buyuk ipak yoʻli chorrahasida joylashgani sababli mazkur zaminda turizm sohasi taraqqiy etgan. Shu bois, bugungi kunda xalqimizning umrboqiy madaniyati, urf-odati, qadriyatlari, yurtimizdagi tarixiy obidalari hamda madaniy yodgorliklari bilan tanishish istagida boʻlgan mahalliy hamda xorijlik sayyohlar soni yildan-yilga ortib bormoqda. Ayniqsa, soʻnggi yillarda mamlakatimizda turizmni rivojlantirish masalasi yangi bosqichga koʻtarildi.
Bu borada davlatimiz rahbari tomonidan mazkur sohaga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida joriy yilning 19-sentabr kuni mamlakatimizning ichki va tashqi turizm salohiyatini yanada oshirish chora-tadbirlari yuzasidan oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishi islohotlarning tadrijiy davomi boʻldi. Mazkur yigʻilishda turizmni izchil rivojlantirish istiqbollari, sayyohlik obyektlaridan samarali foydalanish, koʻrsatilayotgan xizmat turlari sifatini oshirish, yurtimizga tashrif buyurayotgan sayyohlar oqimini koʻpaytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasida ham mamlakatimizda turizmni rivojlantirish, sohaga salohiyatli kadrlarni tayyorlash maqsadida “Islom iqtisodiyoti va moliyasi, ziyorat turizmi” kafedrasi faoliyat yuritib kelayotir. Bugun Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasida soha ravnaqi va turizm masalalariga bagʻishlangan “Oʻzbekistonda MICE turizmining rivojlanishi: istiqbollari va xorij tajribasi” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya boʻlib oʻtdi. “Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar” fakulteti tomonidan tashkil yetilgan tadbirni Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektori Zohidjon Islomov kirish soʻzi bilan ochib berarkan, Akademiya rektori Muzaffar Komilovning anjuman ishtirokchilariga yoʻllagan tabrigini oʻqib yeshittirdi. Bundan tashqari, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmitaning Ziyorat turizmini rivojlantirish boʻlimi boshligʻi Bobomurod Rustamov ham konferensiya ishiga muvaffaqiyat tiladi. Onlayn va offlayn formatda oʻtkazilgan anjuman davlatimiz rahbarining joriy yil 28-yanvarda imzolagan “2022-2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʻgʻrisida”gi Prezident farmoniga koʻra buyuk ajdodlarimizning boy ilmiy merosini chuqur oʻrganish va keng targʻib etish maqsadida “Yangi Oʻzbekiston – Uchinchi Renessans” shiori ostida tashkil etildi. Ilm mashvaratida Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi Bosh ilmiy xodimi Ahmad Saʼd Damanhuriy, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti dotsenti Muhammad Iyd Balbaa, Islom mamlakatlari standartlari va metrologiya instituti (SMIIC) Bosh kotibiyati mutaxassisi Yasin Zulfiqoroʻgʻli, Oʻzbekiston xalqaro islom akademiya
18
professori, iqtisod fanlari doktori Nurislom Toʻxliyev, Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti dekani Habibullo Sadibaqosev, “Islom iqtisodiyoti va moliyasi, ziyorat turizmi” kafedrasi mudiri Olim Astanakulov, Akademiya oʻqituvchisi Saidakbar Agzamxoʻjayev, Samarqand iqtisodiyot va servis instituti “Menejment” kafedrasi professori M.Alimova, Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi professori, iqtisod fanlari doktori Ravshan Abdullayev, Oʻzbekiston Milliy universiteti doktoranti G.Mamadiyeva, Akademiya professor-oʻqituvchilari, ilmiy tadqiqotchilar, magistr-doktorantlar hamda talabalar ishtirok etdi. Konferensiyada “MICE turizm imkoniyatlarini oʻrganishda Germaniya tajribasidan Oʻzbekiston sharoitida foydalanish”, “MICE turizmida Misr tajribasi”, “Oʻzbekistonda etnografik turizmni rivojlantirish imkoniyatlari”, “Halol turizm xizmatlari – umumiy talablar”, “Oʻzbekistondagi ziyorat turizmi”, “Fors koʻrfazi mamlakatlarida MICE turizmining rivojlanish tendensiyalari”, “Turizm sohasini rivojlantirishda raqamli texnologiyalar: afzalliklari va imkoniyatlari” mavzularidagi maʼruzalar tinglandi. Tadbirda soʻzga chiqqanlar yurtimiz taraqqiyotida turizm sohasining tutgan ahamiyati, bu borada amalga oshirilayotgan islohotlar haqida soʻz yuritishdi. Darhaqiqat, soʻnggi yillarda turizm sohasini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash, mazkur soha bilan shugʻullanuvchi korxonalarga imtiyozlar yaratib berish, shuningdek, turizm sohasi uchun infratuzilmani shakllantirish borasidagi ishlar jadal surʼatlar bilan davom ettirilmoqda. Konferensiya davomida dunyoda turizm sohasi barcha infratuzilmalarni rivojlantirishga bevosita va bilvosita taʼsir koʻrsatadigan ijtimoiy-iqtisodiy hodisa sifatida gavdalanishi, mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishi taʼkidlandi. Qizgʻin munozara, savol-javoblar ostida oʻtgan anjuman yigʻilganlarda katta taassurot qoldirdi. Taʼkidlash joizki, bu kabi ilmiy-amaliy xalqaro anjumanlar mamlakatimizda turizm sohasini rivojlantirishga, malakali kadrlar tayyorlash ishlarini yanada jadallashtirishga zamin boʻladi.
Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 31 dekabrdagi «2019-2021 yillarda Toshkent viloyatida turizm sohasini jadal rivojlantirish to‘g‘risida»gi 1053-son qarori bilan «Oltin halqa» turizm konsepsiyasi tasdiqlandi.
Toshkent viloyatida turistlarning uzluksiz sayohatlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish va mahalliy aholi daromadlarini oshirish maqsadida Bo‘stonliq, Ohangaron, Parkent, Bo‘ka, Chinoz, Zangiota tumanlari va Angren shahrida zarur infratuzilma shakllantiriladi. Mazkur tumanlarning har birida xususiy turistik mahsulot ishlab chiqiladi. «Oltin halqa» bosqichma-bosqich viloyatning boshqa tumanlarini ham qamrab oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |