O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti



Download 3,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/164
Sana31.12.2021
Hajmi3,29 Mb.
#200128
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   164
Bog'liq
ingliz tili amalij gramatikasi (1)

Buxoro amirligi 
 
 
Mang‘itlar  sulolasining  asoschisi  Muhammad  Rahimbiy  1747-yilda  eroniy  qizil 
boshlarni  tor-mor  keltirib,  Buxoroda  hokimiyatni  to‘la  o‘z  qo‘liga  olgan  edi.  U  barcha 
viloyat,  shahar  va  qabilalar  boshliqlarini  Buxoroga  taklif  qilib,  markaziy  hokimiyatni 
kuchaytirishga  qaratilgan  dasturini  e’lon  qilib,  bo‘ysunmaganlarni  qatl  qilaman  deb 
ogohlantirdi. 
 
Muhammad  Rahimbiy  Abdulmo‘min  (1747-1748),  Ubaydulla  Sulton  (1748-1756) 
nomlaridan  davlatni  boshqargan  davrida  Miyonqal’a,  Nurota,  Hisor,  Qobodiyon,  Boysun, 
Shahrisabz,  Urgut  viloyatlariga  bir  necha  bor  yurish  qilib,  ularni  o‘ziga  bo‘ysundirdi.  Bu 
muvaffaqiyatlar  uning  rasmiy  hokimiyatni  ham  qo‘lga  olishiga  yo‘l  ochib  berdi. 
Abulfayzxonning  qiziga  uylanib,  xonlar  avlodi  bilan  qarindosh  bo‘lgan  Muhammad 
Rahimbiyga amir unvoni berildi va oq kigizda ko‘tarilib oliy hukmdor deb tan olindi. Uning 
1757-1758-yillarda  markaziy  hokimiyatni  kuchaytirish  uchun  olib  borgan  urushlari  bir 
qancha vayronagarchiliklarga sabab bo‘ldi. Xiva xonligiga o‘z ta’sirini o‘tkazishga muvaffaq 
bo‘lgan  Muhammad  Rahimbiyni  Qo‘qon,  Balx,  Toshkent,  Marv  va  Qunduz  kabi  mustaqil 
mulklar hukmdorlari Buxoroning qonuniy hukmdori deb o‘z elchilarini jo‘natganlar. 
 
1758-yil  24-martda  vafot  etgan  Muhammad  Rahimbiy  o‘rniga  mang‘it  urug‘idan 
bo‘lgan  Miyonqal’a  hokimi  Doniyolbiy  (1758-1785)  taxtga  ko‘tarildi.  Doniyolbiy 
Muhammad  Rahimbiyning  nabirasi  Fozilto‘rani  xon  taxtiga  o‘tkazib,  hokimiyatni  o‘z 
qo‘lida  saqlab  qoldi.  Markaziy  hokimiyatni  mustahkamlash  uchun  yangi  soliqlar  tizimini 
joriy qilib, bir qancha ma’muriy chora tadbirlarni amalga oshirgan Doniyolbiy ko‘p vaqtini 
bebosh  amirlarni  bo‘ysundirish,  isyonlarni  bostirishga  sarf  qildi.  U  1784  yilda  Buxoroda 
ko‘tarilgan  qo‘zg‘olon  sababli  hokimiyatni  shahar  aholisi  orasida  obro‘liroq  bo‘lgan  o‘g‘li 
Shohmurodga topshirdi. 
 
Amiri  Ma’sum  (“Begunoh  amir”)  nomini  olgan  amir  Shohmurod  (1785-1800)  o‘z 
hukmronligi  yillarida  saroyda  kamtarona  yashab,  bir  qancha  soliqlarni  kamaytirdi,  Buxoro 
ahliga  tarxon  yorlig‘ini  berib,  ba’zi  to‘lovlardan  ozod  qildi,  xalq  orasida  zolimligi  bilan 
tanilgan  amaldorlarni  jazoladi.  Madrasa  ta’limini  olgan  Shohmurod  fiqh  ilmi  haqida  “Ayn 
ul-hikmat” nomli risola yozib, unda ilgari surilgan qoidalarni barcha viloyatlarga joriy etdi. 
U pul islohoti o‘tkazib tijorat ishlarini tartibga soldi, suv inshootlarini yaxshilash bilan ishlab 
chiqarishning  rivojlanishiga  zamin  yaratdi.  Bularning  hammasi  markaziy  hokimiyatning 
nisbatan  kuchayishiga  va  Shohmurodning  umrini  oxirigacha  davlatni  boshqarishiga  imkon 
berdi. 
 
1800-1826-yillarda  Buxoro  taxtini  boshqargan  amir  Haydar  davrida  har  3-6  oyda 
uzluksiz  ichki  urushlar  va  qo‘zg‘olonlar  bo‘lib  turdi.  1800-yilda  Qarshi  va 
Kattaqo‘rg‘ondagi,  1804-yilda  Marvdagi,  1821-1825-yillarda  Miyonqal’a  qo‘zg‘alonlari 
amirlik  siyosiy  hayotidagi  muhim  voqealar  bo‘ldi.  Ayniqsa,  xalq  Xiva  qo‘shinlarining 
talonchilik yurishlaridan ko‘p zarar ko‘rar edi. 1806-yilda Eltuzarxon boshliq xivaliklarning 
hujumini qaytarish uchun butun Buxoro ahli safarbar qilindi va Amudaryo bo‘yigacha taqib 
qilingan  xivaliklar  daryodan  kechib  o‘tishda  ko‘p  kishilaridan  va  Eltuzarxondan  ajralishdi. 
Bundan  keyin  ham  Xiva  xonligi  qo‘shinlari  amirlik  hududiga  bir  necha  bor  bostirib 
kirishgan. 
 
Amir  Xaydar  hukmronligi  davridagi  katta  qo‘zg‘olonlardan  biri  bu  Miyonqal’a 
qo‘zg‘oloni edi. 1821 yilda amir amaldorlarining Miyonqal’a ahlidan xiroj yig‘ishdagi talon-


 
160 
tarojga  qo‘l  urganligi  sababli  qo‘zg‘olon  boshlangan.  Qo‘zg‘olonchilar  Kattaqo‘rg‘on, 
Chelak, Yangiqo‘rg‘on hududlarini qo‘lga olib amir odamlarini haydab yuborishgan. 1822-
yilda  Qo‘qon  va  Xiva  xonlari  hujumini  qaytarish  bilan  mashg‘ul  bo‘lgan  amir  Haydar 
qo‘zg‘olonchilarni bostira olmaydi. Xitoy-qipchoqlar boshchilik qilayotgan qo‘zg‘olonchilar 
amirning  inisi  Is’hoqbekni  o‘zlariga  amir  qilib  Samarqand  va  Karmanaga  yurish  qiladilar. 
1825  yil  bahorigacha  qo‘zg‘olonchilar  bilan  amir  o‘rtasidagi  kurashlar  natijasida 
qo‘zg‘olonchilarni  tamomila  yenga  olmagan  amir  yon  bosishga,  ularning  mulki  daxlsizligi 
to‘g‘risida yorliq berishga va bir qancha amaldorlarni jazolashga majbur bo‘lgan. 
 
1826  yilda  amir  Haydarning  uchinchi  o‘g‘li  Nasrullo  (1826-1860)  taxtga  o‘tirdi.  U 
o‘z yo‘liga to‘siq bo‘lishi mumkin bo‘lgan akalarini shavqatsizlik bilan qatl ettirdi va bir oy 
mobaynida kuniga 50-100 kishini qatl qilish bilan “Qassob amir” degan nomni oldi. Ayniqsa 
urushlar paytida bo‘ysunmagan shahar va qishloqlar aholisini qattiq qirg‘in qildi.  
 
Amir  Nasrullo  hokimiyatni  qo‘lga  olgandan  keyin  Shahrisabz,  Kitob  hokimliklari 
o‘zlarini  mustaqil  deb  e’lon  qilgan  edilar.  Boshqa  bir  qancha  bekliklar  ham  amirga 
rasmangina  bo‘ysunishgan.  Amir  Nasrullo  ularni  yagona  davlatga  birlashtirish,  markaziy 
hokimiyatni kuchaytirish yo‘lida qat’iyat bilan kurash olib bordi. Bunda u o‘zining amaldor 
xizmatkorlar tabaqasiga va harbiy qo‘shiniga tayanib  ish  ko‘rdi.  1840  yilda Amir Nasrullo 
Xo‘jand va O‘ratepani Qo‘qon xonidan tortib olib Shahrisabz, Kitob, Yakkabog‘ bekliklarini 
ham  o‘ziga  bo‘ysundirdi  va  1842  yilda  Qo‘qon  xonligini  egallashga  muvaffaq  bo‘ldi.  U 
yerda  Qo‘qon  xoni  Muhammad  Alixonni  oila  a’zolari  bilan  va  shoira  Nodirabegimni  ham 
vahshiylarcha qatl ettirdi.  
 
Bu  paytda  Xiva  xoni  Olloqulixonning  Buxoro  hududlariga  bostirib  kirganligining 
xabarini  eshitgan  Amir  Nasrullo  o‘z  qo‘shinlarini  Xiva  xonligi  yerlariga  olib  kelib, 
Xazoraspni  qamal  qildi,  ammo  mag‘lubiyatga  uchradi.  Shunday  og‘ir  sharoitda  ham  Amir 
Nasrullo Buxoro amirligi viloyatlarini birlashtirish uchun kurashni davom ettirdi. Bu kurash 
30 yil davom etdi. Shahrisabz bekligini bo‘ysundirish uchun Amir Nasrullo 32 marta yurish 
qilib  1856  yildagina  o‘z  maqsadiga  erishdi.  Shunday  qilib  Buxoro  hududlarini  to‘la 
bo‘ysundirgan  Amir  Nasrullo  Buxoroning  so‘nggi  mustaqil  hukmdori  bo‘lib  qoldi.  Undan 
keyin hukmdorlik qilgan Sayid Muzaffarxon (1860-1885) davrida Shahrisabz, Kitob beklari 
yana Buxoroga bo‘ysunishdan bosh tortdilar. Buxoro Rossiya vassaliga aylangandan keyin 
(1868) bu shaharlar ham ruslarga bo‘ysundirildi. 
 
Mang‘itlar  sulolasi  hukmronligi  davrida  davlat  tizimida  anchagina  o‘zgarishlar 
amalga oshirildi. Amir oliy hukmdor bo‘lib, davlat hayotiga tegishli siyosiy, iqtisodiy, diniy 
va boshqa barcha masalalar uning qo‘lida edi. Markaziy ijroiy hokimiyat saroy ayonlaridan 
tashkil  topgan  bo‘lib,  Arkda  joylashgan.  Davlat  boshqaruvida  bosh  vazir-qushbegi, 
devonbegi,  parvonachi,  otaliq,  dodhox,  xudaychi,  mirzaboshi  kabi  saroy  ayonlari  va 
shayxulislom, qozikalon kabi diniy rahbarlarning mavqei katta bo‘lgan. Mahalliy boshqaruv 
amir  tomonidan  tayinlangan  viloyat  beklari  va  uning  qo‘l  ostidagi  mirshabboshi,  soliq 
yig‘uvchi amaldorlar, qozi, rais, qishloq oqsoqollari qo‘lida bo‘lgan. 
 
Mang‘itlar  sulolasi  davrida  amirlik  30  ta  beklik  va  tumanlardan  iborat  ma’muriy 
birliklardan  tashkil  topgan.  Har  bir  beklik  hokimi  xirojning  bir  qismini  amirga  yuborib 
turgan.  
 
Buxoro amirligida yerga egalik munosabatlari iqtisodiy hayotda katta ahamiyatga ega 
bo‘lib,  yer  egaligining  davlat,  xususiy,  vaqf  kabi  turlari  bo‘lgan.  Qishloq  aholisining  katta 
qismi  yersiz  dehqonlar  bo‘lib,  ular  ijaraga  yer  olib  ishlaganlar.  Shahar  aholisining  asosini 
tashkil qilgan hunarmandlar hayoti ham og‘ir soliqlar sababli juda qiyin kechgan. 
 
XVIII  asr  oxiri  XIX  asr  birinchi  yarmida  Buxoro  aholisining  umumiy  soni  haqida 
aniq  ma’lumotlar  yo‘q  bo‘lib,  taxminan  2  mln.  atroflarida  bo‘lgan.  Ularning  ko‘pchiligini 
o‘zbeklar,  shahar  va  ba’zi  qishloqlarda  tojiklar,  janubiy-g‘arbiy  tumanlarda  ko‘chmanchi 
turkmanlar, kam sonli arab va yahudiylar tashkil etgan. 


 
161 
 
Buxoro  amirligining  xalq  xo‘jaligida  dehqonchilik,  chorvachilik,  hunarmandchilik, 
savdo-sotiq  sohalari  katta  ahamiyat  kasb  etgan.  Aholidan  xiroj,  zakot,  boj,  to‘la,  yaksara, 
nimsara kabi soliqlar undirib olingan.  
 
XVIII asrning ikkinchi yarmida Rossiya-Buxoro savdo va diplomatik aloqalari ancha 
rivojlandi.  Bunda  1774-1776,  1779-80  yillarda  Ernazar  Maqsudov  boshchiligida  va  1797-
yildagi Polvonquli qo‘rchi elchiliklari katta ahamiyat kasb etdi. XIX asr boshlarida Rossiya-
Buxoro  aloqalari  ancha  faollashdi.  Bu  XIX  asrning  20-yillarida  O‘rta  Osiyoga  siqilib 
kirishga harakat qilayotgan inglizlar bilan ruslar o‘rtasidagi raqobatning keskinlashuviga olib 
keldi.  Amirlik  qo‘shni  xonliklar  Afg‘oniston,  Hindiston,  Eron  davlatlari  bilan  ham  savdo 
aloqalari  olib  bordi.  Yirik  savdo-sotiq  markazi  bo‘lgan  Buxoroda  1848  yilda  38  ta 
karvonsaroy, 9 ta tim va ko‘plab bozorlar mavjud bo‘lgan. 
 
Buxoro  shahri  amirlik  davrida  ham  islom  dinining  markazi  hisoblangan.  Bu  davrda 
boshlang‘ich  ta’lim  maktabi  va  oliy  ta’lim  beruvchi  madrasalar  faoliyati  ham  ancha 
yuksaldi. Bu yerda faqat O‘rta Osiyodangina emas, balki Volga bo‘ylari, Shimoliy-G‘arbiy 
Hindiston, Afg‘oniston va boshqa mamlakatlardan ham bilim olish uchun talabalar kelishar 
edi. Bu paytda Buxoro amirligining har bitta shaharida madrasalar bo‘lib, Buxoro shahrining 
o‘zidagi  103  ta  madrasadan  60  tasi  asosiy  ta’lim  maskani  sifatida  mashhur  bo‘lgan. 
Madrasada  o‘qitish  3  bosqichda  amalga  oshirilgan  bo‘lib,  uning  barcha  xarajatlari, 
mudarrislar va boshqa xizmatchilarning maoshi, talabalar nafaqasi, kutubxona xarajatlari va 
boshqalar  madrasaga  biriktirilgan  vaqf  yerlaridan  keladigan  daromad  hisobiga  qoplangan. 
Madrasada  fiqh,  shariat  asoslari,  adabiyot,  til,  tarix,  falakiyot,  mantiq,  falsafa,  matematika 
fanlari o‘qitilgan bo‘lsa ham dunyoviy ta’limga nisbatan diniy ahloqiy ta’lim berishga asosiy 
e’tibor qaratilgan.  Bu davr madaniy hayoti haqida adabiyot,  tarix, hattotlik, musiqa san’ati 
yodgorliklari, me’morchilik obidalari muhim ma’lumotlar beradi. 
 
 XIX asr adabiy hayotining ko‘zga ko‘ringan namoyondalari Mirzo Sodiq Munshiy, 
shoir  Hoziq,  shoir  Mujrim,  Muhammad  Sharif  Shavqiy,  Mulla  Qurbon  Xiromiy,  Ahmad 
Donish  (1827-1897),  Ochildi  Murod,  Meri  Kattaqo‘rg‘oniy  (1830-1899)  va  boshqalar  o‘z 
asarlari bilan adabiyot rivojiga katta hissa qo‘shganlar. “Mang‘it hukmdorlari tarixi” she’riy 
usulda bitilgan  asarlar,  “Chor darvesh”,  “To‘tinoma”, Poraxo‘r qozilar”,  “Murid ovlovchi” 
kabi asarlar bu davr adabiyotining ajoyib namunalaridir. 
 
Mang‘itlar  hukmronligi  davrida  ham  o‘rta  asr  tarixnavisligining  yetakchi  an’analari 
saqlanib  qolganligini  quyidagi  asarlarda  ko‘ramiz:  Mullo  Ibodullo  va  Muhammad 
Shariflarning  “Tarixi  amir  Haydar”  va  “Dastoni  amironi  mang‘it”,  Mirolim  Buxoriyning 
“Fathnomayi-sultoniy”,  Mirzo  Abdulazim  Somiyning  “Tarixi  salotini  mang‘itiya”, 
“Dahmayi  shohon”  kabi  asarlari,  Muhammad  Sharif  ibn  Muhammad  Naqining  “Toju 
tavorix”  asarini,  Ahmad  Donishning  “Mang‘itlar  xonadoni  hukmdorlari  tarixidan  qisqacha 
risola”  asarini  va  Mirzo  Sodiq  Munshiyning  “Tarixi  silsiloti  mang‘itiya”  (“Mang‘it 
hukmdorlari tarixi”) asarlari mang‘it amirlari tarixi haqidagi birlamchi manbalardir. 
 
XVIII  asr  ikkinchi  yarmi-XIX  asr  birinchi  yarmi  Buxoro  amirligi  me’morchiligi 
o‘ziga  xos  uslubda  rivojlandi.  Bu  davrda  amirlikning  bir  qancha  shaharlarida  masjid  va 
madrasalar  bunyod  etildi.  Buxoro  shahrida  qurilgan  Domullo  Tursunjon  (1796-1797) 
madrasasi,  Xudoydod  me’moriy  majmuasi  (1777-1855),  Ernazar  elchi  madrasasi  (1795), 
1807  yilda  qurilgan  Chorminor  majmuasi,  Qarshida  qurilgan  Mir  Muhammad  madrasasi 
kabi me’moriy yodgorliklar o‘zbek xalqining noyob madaniy merosidir. 
 

Download 3,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   164




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish