Amir Temur vafotidan so`ng Temuriylar davlatidagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat
Sohibqiron Amir Temur Xitoyga qilinayotgan harbiy yurish vaqtida qattiq og‘rib,
1405-yil 18-fevral kechasi O`tror hokimi Berdibekning saroyida vafot etadi. O`z davrining
mohir tabiblari va ularning sardori bo`lmish taniqli tabib Fayzulloh Tabriziyning davo-
korlari buyuk hukmdor tanasidagi og‘irlikka davo bo`la olmadi. Qazosiga qadar ixtiyori
o`zida bo`lgan Sohibqiron Amir Temur o`ziga voris va taxt valiahdi etib nevarasi
Pirmuhammad Jahongirni vasiyat qilib qoldiradi. Amir Temur barpo etgan buyuk saltanat
(jami o`z ichiga 27 ta o`lka va viloyatlarni jam etgan) garchi Temurning mahorati va kuch-
qudrati ila mustahkam turgan bo`lsa-da, lekin u ichki jihatdan siyosiy ancha zaif,
umumiqtisodiy asosga ega bo`lmagan edi. O`g‘illar, nabiralarga mamlakatni qism-qismlarga
bo`lib berilganligi va suyurg‘ol tartibi ham Temur davlati parokandaligini kuchaytirar edi.
142
Temur jasadi Samarqandda dafn etilishi va motam marosimlari tugamasdanoq, toju-taxt
uchun shahzodalar o`rtasida o`zaro kurash kuchayib ketdi.
Kobul va shimoliy Hind mulklarning hokimi bo`lmish, Pirmuhammadni ko`pchilik
taxt egasi sifatida ko`rishni xohlamas ham edi. Buning ustiga u ancha uzoqda bo`lib,
Samarqandga tezlik bilan etib kelish uchun imkoni ham yo`q edi. Temur vafotidan so`ng
Movarounnahr, Xuroson, Eron, Ozarbayjon, Iroq va boshqa yerlarda notinchlik boshlanib,
g‘alayonli vaziyatlar yuzaga kela boshladi. Sekin asta Temur kuch-qudrati bilan barpo
etilgan buyuk saltanatga putur yeta boshladi. Fosih Havofiy Temurdan so`ng tirik qolgan
uning o`g‘il va nabiralarini sanab, jami ularning soni 36 taga etishini ta’kidlagan edi.
Ayniqsa ular orasida Shohruh (1377-1447)ni va uning o`g‘li Ulug‘bek (1394-1449) alohida
hurmat bilan tilga olib o`tilgan. Shu davr muarrixlari taxt egaligiga ko`proq Shohruhni
ma’qul ko`rib, uning insoniy sifatlariga yuqori baho berar edilar. Shohruh taxt egasi
bo`lishidan avvalroq ham o`zining oqil va ilmli, zukko va taqvodorlik sifatlari bilan hurmat
qozongan edi. Shuningdek, bu vaqtda Temurning boshqa bir o`g‘li Mironshoh (1366-1408)
ham hayot bo`lib, u ham asosiy taxt da’vogarlaridan biri hisoblanar edi.
Temurning sadoqatli amirlaridan ko`pchiligi, jumladan Shohmalik va Shayx
Nuriddinlar ham toju taxt Shohruh Mirzoga tegishi tarafdori edilar. Shunday bir vaqtda
Mironshoh Mirzoning o`g‘li, shimoliy yerlar (Toshkent, Sayram, Turkiston) hokimi Xalil
Sulton (1384-1409) shoshilinch ravishda, o`zining ming chog‘li askari bilan 1405 yilning 18
mart kuni Samarqandni egallaydi va o`zini Movarounnahr hukmdori deb e’lon qiladi. Hatto
u Pirmuhammadga tegishli Amudaryoning o`ng betidagi yerlarni ham o`z tasarrufida deb
e’lon qiladi. Avval boshda uni qo`llagan Movarounnahr amirlari, harbiy sarkardalar ko`p
o`tmay undan ixloslari qayta boshlaydi. Xalil Sulton va ayniqsa uning xotini Shodimulk
poytaxtda ko`plab nojoiz ishlarga izn berishadi, Temur davridayoq nufuzli bo`lgan ba’zi
amaldor, zodagonlar mulklarini tortib ola boshlashadi.
Davlat xazinasi o`z holicha sovurila boshlanib, hokimiyatga ko`plab nomaqbul
kishilar kela boshlaydi. Shohruh bilan birinchi o`zaro nizodan so`ng Xalil Sulton garchi
uning oliy hukmdorlik huquqini tan olsa-da, Movarounnahr uning ixtiyorida qolajagini
ma’lum qiladi. Xalil Sultonni Iroq tomonidan boshqa bir kuch otasi Mironshoh Mirzo ham
qo`llab-quvvatlay boshlaydi. Siyosiy kaltabinlik yo`lini tutgan Xalil Sultondan norozilik
tobora kuchaya boshlaydi. Farg‘ona hokimi Amir Xudoydod Xalil Sultonga qarshi bosh
ko`taradi. Shohruhning sadoqatli kishisi bo`lmish Shayx Nuriddin O`tror hokimi, o`z ukasi
bo`lmish Berdibek bilan birga boshqa bir isyon ko`tarilishiga sababchi bo`ladi. Xalil
Sultonning ukasi Mirzo Sulton Husayn Amudaryo bo`ylarida o`z akasiga qarshi bosh
ko`taradi. Xorazm esa Oltin O`rdalik taniqli sarkarda Amir Idiku o`zbek tomonidan ishg‘ol
etiladi.
1405-1406-yillarda Xalil Sultonning Shohruh, Pirmuhammad qo`shinlari bilan
Movarounnahr taxti uchun bir necha bor harbiy to`qnashuvi sodir bo`ladi. Butun Temur
saltanati o`zaro toju taxt kurashlari domiga tortiladi. Yagona hisoblangan saltanat Shohruh
boshqarayotgan Xuroson, Balxdan to Hind yerlarigacha bo`lgan yerlarga hokim
Pirmuhammad, G‘arbiy eron, Ozarbayjon, Iroq tasarrufida bo`lgan Mironshoh va uning
avlodlari (Umar Mirzo, Abu Bakr) yerlariga bo`linib ketdi. Movaraunnahr Xalil Sultonga
rasman qarashli deb hisoblansa-da, Turkiston, O`tror, Sayramda Amir Berdibek, Farg‘onada
esa Amir Xudoydod hukmronlik qilishar edi. Barcha Temuriylarni saltanatning yuragi
bo`lmish, Movaraunnahrni egallash istagi tark etmas edi.
Movaraunnahr hokimi Xalil Sultonning o`z holicha ish tutishi, temuriy zodagon,
amirlarning kamsitilishi, musulmon ulamolari, jumladan naqshbandiya tariqatining taniqli
shayxi Muhammad Porsoning tahqirlanishi muxolif kuchlarning dushmanligini kuchaytirib
yubordi. Shu vaqtning o`zida o`zaro fitna g‘alayonlarning navbatdagi qurbonlari ham paydo
bo`ladi. 1407 yil 22 fevralda taxt valiahdi hisoblangan Pirmuhammad o`zining vaziri Pirali
Toz tomonidan suiqasd natijasida o`ldiriladi. (Keyinchalik o`zini Pirmuhammadning
143
“qasoskori” deb e’lon qilgan Shohruh Pirali Tozni Hirotda qatl etadi). 1408-yil 22-aprelda
esa qoraqo`yunli turkmanlar bilan jangda hokimiyat uchun boshqa bir da’vogar Mironshoh
Qora Yusuf tomonidan Ozarbayjon va Iroq uchun bo`lgan jangda o`ldiriladi. Natijada
Ozarbayjon va Iroq temuriylar tasarrufidan chiqadi.
1409-yil boshida esa siyosiy vaziyat yanada keskinlashadi. Amir Xudoydod shu
vaqtda Xalil Sultonni Samarqand yonidagi Sheroz qishlog‘ida mag‘lubiyatga uchratib, uning
o`zini asirlikka oladi. Xuroson hokimi Shohruh esa o`ziga qarashli bo`lgan Mozandaron va
Mashhadda, so`ngra uning ilkiga o`tgan Seyiston va Kirmonda o`z hokimiyatini
mustahkamlaydi. So`ngra butun e’tiborini Movaraunnahrga qaratadi. Sheroz jangidan bir oz
avval Shohruh Xalil Sultonga Movaraunnahr taxti uchun jang qilish xususida yorliq ham
yuborgan edi. Shohruh saltanat markazidagi bedodliklarga bundan buyon befarq bo`la
olmasligini e’lon qildi. 1409-yil 25-aprelida u Amudaryodan o`tib Samarqand tomon jadal
yo`l oladi. Xalil Sultonni qo`lga olgan Amir Xudoydod qo`shinlarini Shohruh yuborgan
harbiy qism tor-mor etib, Xalil Sultonni asirlikdan ozod qilishadi. Oliyjanob insoniylik
sifatlariga ega bo`lgan temuriy Shohruh Mirzo o`zaro gina-kudratlarni unutib, uni yaxshi
kutib oladi. Amir Xudoydod esa mamlakatdan qochib ketadi. 1409-yilning dekabriga qadar
Shohruh Mirzo Movaraunnahrda tinchlik osoyishtalik o`rnatib, Xalil Sulton va boshqa
temuriy shahzodalar tarafdorlariga qarshi keskin choralar ko`radi, izdan chiqqan xo`jalik
hayotni, savdo-sotiqni tiklaydi.
Temuriylar saltanatining taqdiri oydinlashib, Xuroson hokimi bo`lmish Shohruh
Mirzo (1405-1409) temuriylar davlatining oliy hukmdori (1409-1447) sifatida e’tirof etildi.
Tarixda esa Shohruhning deyarli 40 yillik barqaror hukmronlik davri boshlanadi. O`zaro
nizo va fitnalardan, iqtisodiy, savdo munosabatlarini chippakka chiqargan vayronagarchilik
urushlardan charchagan xalq, markazlashgan kuchli davlat sari intilayotgan Shohruh
Mirzoning hatti-harakatlarini qo`llab-quvvatlar edi. Chunki faqatgina kuchli, markazlashgan
davlatgina o`zaro osoyishtalik, iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashi mumkin edi. Shohruh
Temur davlati o`zagini saqlab qolishga muvaffaq bo`ldi. Shu bilan birga u deyarli barcha
o`lka, viloyat noiblarini o`z lavozimlaridan chetlashtirib, o`ziga ishonchli hisoblagan
qarindosh-urug‘larini bu lavozimlarga qo`ya boshlaydi. Jumladan, Balx va Badaxshon-
Ibrohim Sultonga, Sheroz-Suyurg‘atmishga, Qobul va Qandahor-Qaydu Mirzoga,
Xurosonning bir qismi - Boysunqur Mirzoga, G‘arbiy Eron hamda Iroqi Ajamning bir qismi
- Sulton Muhammadga, Fors viloyati-Abdullo Mirzolarga suyurg‘ol tarzida bo`lib beriladi.
Shu yo`l bilan Shohruh boshqaruv tizimi qulay va ixcham bo`ladi deb o`ylagan edi.
Lekin keyinchalik ishonchli qondoshlar ichidan ham isyonkor noiblar chiqa boshlaydi.
Xususan, Shohruhning nevarasi Sulton Muhammad Eron noibi etib tayinlangach, markazga
bo`ysunishdan bo`yin tovlay boshlaydi. So`nggi marotaba Shohruh isyonkor nevarasini
o`limidan sal avval (1446-y.) Eronga yurish qilib, uning jazosini berib qo`yishga majbur
bo`lgan edi. Yagona Shohruh davlatida Movaraunnahr qismining alohida o`rni bor edi.
Davlatning markaziy poytaxti Hirot shahri hisoblansa, Movaraunnahrning markazi Temur
poytaxti bo`lmish qadimiy Samarqand shahri hisoblanar edi. Movarounnahr yerlarining
boshqaruvi esa Ulug‘bek qo`liga topshirilgan bo`lib, u umrining oxiriga qadar (1449-y.), 40
yil mobaynida bu yerlarni boshqarib keldi. 1409-yili Movaraunnahr qo`lga olingandan so`ng
Shohruh Ulug‘bekni shu o`lkaning noibi etib tayinlaydi. 15 yoshli o`smir davlat boshqaruvi
ishlari uchun yosh ekanligi hisobga olinib, taniqli amir Muboriziddin Shohmalikni unga
otaliq etib tayinlab, boshqaruv ishlari amalda otaliqning qo`lida mujassamlashadi.
Movaraunnahrlik amirlarning ba’zilari Ulug‘bek va Shohmalik hokimiyatlarini tan
olishni istashmaydi. Jumladan, 1410-yilda qayta bosh ko`targan Shayx Nuriddin g‘alayoni
faqatgina Shohruh Mirzoning aralashuvi tufayli bostirilib, noiblik o`rni Ulug‘bekning o`ziga
qoldiriladi. 1411-yili Movaraunnahrda ancha muxolif kuchlariga ega bo`lgan va
Ulug‘bekning mustaqil xatti-xarakatlariga to`sqinlik qilayotgan Muboriziddin Shohmalik
144
Shohruh bilan birga Hirotga qaytib ketadi. Ulug‘bek Mirzo esa shu yildan boshlab
Movaraunnahrning “Yagona va qonuniy sultoni” sifatida hokimiyatni boshqaradi.
Shohruh va uning o`g‘li Ulug‘bek o`z siyosatlarining ustuvor yo`nalishlari etib
avvalo mamlakat hududlarini kengaytirish hamda markaziy hokimiyatni mustahkamlash deb
bildilar. Shohruh 1413 yili Eronni o`z qo`li ostiga oladi. O`sha yili Shohruh qo`shini
yordamida Ulug‘bek Oltin O`rda xonlari ixtiyoridagi Xorazmni tortib oladi. Bu kurashda
faol ishtirok etgan Shohmalik Xorazm noibi etib tayinlanadi. Ulug‘bek 1414-1415-yillarda
o`z amakivachchasi amirzoda Ahmad hukmron bo`lib turgan Farg‘onani uning qo`lidan
tortib oladi. Shuningdek, uning Qoshg‘arga nisbatan siyosati ham muvaffaqiyatli tarzda hal
bo`ladi. Avval boshda sobiq Farg‘ona hokimi Ahmad Qoshg‘ardan panoh topgan edi. Lekin
temuriylar bilan munosabatlarni keskinlashtirmaslikni lozim deb hisoblagan Qoshg‘ar
hokimi Shayx Ali To`g‘ay Ulug‘bek bilan o`zaro muzokaralar olib boradi. Natijada, 1416-
yili u “Buyuk amirning ruhi, himoyasiga” o`tish istagini bildirib, Qoshg‘arni Ulug‘bek
yuborgan vakillar Siddiq va Alilar qo`liga topshiradi.
Ulug‘bek shimoldagi qo`shnilari bo`lmish Dashti Qipchoq va Mo`g‘ulistondagi ichki
siyosiy ahvol barqarorligi va u yerlarda o`ziga ittifoqchi bo`lgan kishilarni hokimiyat
tepasida bo`lishini istar edi. Shu sababdan ham uning aralashuvi hamda harbiy ko`magi bilan
Dashti Qipchoqda O‘rusxonning nabirasi Shahzoda Baroqxon hokimiyat tepasiga keladi.
Mo`g‘ulistonda esa Ulug‘bekning yordami bilan Shermuhamadxon raqibi Vaisxonni engib
Mo`g‘uliston taxtini egallaydi. Ulug‘bek bu xonlar orqali shimolda va sharqda o`z ta’sirini
o`tkazishga va o`ziga ishonchli ittifoqchilarga ega bo`lishini ko`zlagan edi. Avval
Shermuhammadxon Movaraunnahr ichki ishlariga aralashishga harakat qilib, o`z
valine’matiga nisbatan nohaq munosabatda bo`la boshlaydi. 1424-yili noyabr oyida
Shohruhning rizoligi bilan Ulug‘bek Mo`g‘uliston ustiga yurish boshlaydi. Uning asosiy
kuchlari 1425-yil erta bahorida Chu daryosidan o`tib, Issiqko`l yaqinida mo`g‘ullarni tor-
mor keltiradi.
Bu jang Ulug‘bek olib borgan jiddiy urushlarning birinchisi va so`nggisi edi. Tez
orada shimoldan yana boshqa bir xavf paydo bo`ladi. Ulug‘bek yordami bilan avval Dashti
Qipchoq, so`ngra Oltin O`rda hokimiyatini qo`lga olgan Baroqxon Movaraunnahr sultoni
muruvvatini yoddan chiqardi. U Sirdaryo bo`yidagi yerlar va shaharlarni (O`tror, Sabron,
Sig‘noq) talab, u yerlarga o`z da’vosi bilan chiqadi. 1427-yilning boshida Ulug‘bek Dashti
Qipchoqqa harbiy yurishga otlanadi. Bu yurishda Ulug‘bek qo`shini mag‘lubiyatga uchrab
o`zi Toshkentga chekinadi. Dashti qipchoqliklar bilan bo`lgan jang mag‘lubiyati Ulug‘bekka
shunchalik katta ta’sir ko`rsatadiki, u otasining o`limigacha shaxsan o`zi harbiy qo`shinga
bosh bo`lib, yurishlarni boshqa amalga oshirmaydi. 1428-yili Mirzo Ulug‘bek tomonidan
amalga oshirilgan pul islohoti Movaraunnahr ichki iqtisodiy hayotida muhim rol o`ynadi.
Shuningdek, zamondosh tarixchilarning ma’lumotlariga ko`ra, jumladan Davlatshoh
Samarqandiyning yozishicha, Mirzo Ulug‘bek hukmronligi davrida soliqlar miqdori ham bir
muncha pasaytirilgan ekan. Mirzo Ulug‘bek, shunday qilib, otasi tiriklik vaqtida garchi
tashqi siyosat borasida birmuncha mustaqil harakat qilgan bo`lsa-da, lekin u haqiqatda otasi
Shohruh Mirzoning Movaraunnahrdagi ishonchli va itoatkor hokimi bo`lib qoladi. Ulug‘bek
ichki va tashqi siyosat borasida otasi bilan bamaslahat ish tutar, soliqlarning bir qismini
muntazam Hirotga jo`natar, xutba va tangalarda otasining nomi zikr etilardi. Shuningdek, u
vaqti-vaqti bilan otasiga hisob berib turar, harbiy yurishlari vaqtida unga moddiy va harbiy
ko`mak yetkazib berishga majbur edi.
Shohruhning keksayishi bilan toju taxt uchun zimdan paydo bo`lgan nizolar ham
faollasha boradi. Ulug‘bekning onasi Gavharshodbegim (1457-y. vafot etgan) siyosiy
ishlarga faol aralasha borib, nevarasi Alouddavlani taxt vorisi sifatida ko`rishni istar edi.
Shohruhning yana bir hayot bo`lgan o`g‘li Muhammad Jo`ki (1402-1444) ham o`zini taxt
egasi sifatida ko`rishga haqli deb hisoblar edi. Toju-taxt uchun zimdan boshlangan kurash
1444-yili Shohruh og‘ir xasta bo`lib qolganda ayniqsa yaqqol namoyon bo`lgan edi. Shohruh
145
xastalikdan tuzalib, 1446-yilning so`ngida o`zining oxirgi harbiy yurishini amalga oshiradi.
Fors va Iroq Ajamda uning nevarasi Sulton Muhammad bobosiga qarshi qo`zg‘olon ko`tarib,
Hamadon va Isfahonni bosib oladi. Garchi Shohruh isyonni bostirib, qo`zg‘olonchilarni
jazolasa-da, lekin yana xastalanib 1447-yil 12-martda Ray viloyatida olamdan o`tadi.
Shohruhning o`limi Xuroson va Movaraunnahrda o`zaro temuriy shahzodalar o`rtasida toju-
taxt uchun kurashni boshlab yuboradi. Mamlakat yana sarosima, tahlika, beqarorlik domiga
tortiladi. Shariat va urf-odatga ko`ra o`z-o`zidan oliy hukmdorlik yagona voris Mirzo
Ulug‘bek qo`liga o`tishi kerak edi. Lekin Boysunqur Mirzoning o`g‘illari Alouddavla va
Abulqosim Bobur Ulug‘bekka qarshi harbiy harakatni boshlab yuboradi. Xuroson-
Alouddavla qo`liga, Mozandaron va Jurjon Abulqosim Bobur ixtiyoriga o`tadi. Sulton
Muhammad esa G‘arbiy Eron va Forsda o`zini mustaqil hukmdor deb e’lon qiladi.
Muhammad Jo`kining o`g‘li Abu Bakr esa Balx, Shibirg‘on, Qunduz, Bag‘lonni bosib oladi.
Mamlakatning talon-taroj, parokanda bo`lishini oldini olish maqsadida Ulug‘bek
muammolarni tinch-muzokara yo`li bilan yechmoqchi bo`ladi. Jumladan u Alouddavla bilan
o‘zaro muzokaralarni boshlaydi. Alouddavla Ulug‘bekning o`g‘li Abdullatifni asir olib, uni
Hirotdagi Ixtiyoriddin qal’asiga qamab qo`ygan edi. Ulug‘bek yuborgan vakil sadr
Nizomiddin Mirak Mahmud, Movarounnahr sultonining Hirotga yurish niyati yo`q ekanligi
va bu da’vodan u voz kechishini bildiradi. Ikki o`rtadagi chegara Murg‘ob vohasi deb
belgilanib, Abdullatifga Balx hokimligi lavozimi beriladi.
Lekin hech qancha o`tmasdan Abdullatif va Alouddavla o`rtasidagi munosabatlar
yana keskinlashadi. Abdullatifning o`z holicha Hirotga qarshi yurishi muvaffaqiyatsiz
tugaydi. U otasi Ulug‘bekka yordam so`rab murojaat qiladi. 1448-yil bahorida Ulug‘bek va
Abdullatifning 90.000 kishilik birlashgan qo`shini Hirotdan 14 farsah uzoqlikdagi Tarnob
degan joyda Alouddavla qo`shinini tor-mor keltiradi. Alouddavla jang maydonidan qochadi.
Hirot deyarli jangsiz egallanadi. Mashhadgacha bo`lgan yerlarni Ulug‘bek, Astrobodgacha
bo`lgan yerlarni Abdullatif o`z ixtiyorlariga olishadi. Ulug‘bek bu harbiy yurishni uzoq
davom ettira olmas edi. Chunki, Dashti Qipchoqdagi ko`chmanchilarning talonchilik
yurishlari bu paytga kelib, tez-tez amalga oshib turar, mamlakatga sharqdan mo`g‘ullar xavf
solib turar edilar. Qolaversa hukmdor poytaxtni uzoq vaqt egasiz qoldirishi mumkin emas
edi.
Tarnob jangi muvaffaqiyatli yakunlangan bo`lsa-da, lekin Ulug‘bek va shahzoda
Abdullatiflar o`rtasida munosabatlarning sovuqlashuviga ham olib keladi. Ulug‘bek bu
g‘alabani ko`proq boshqa bir o`g‘li Abdulaziz nomi bilan bog‘lar, g‘alaba yorliqlarida
Abdullatif nomi Abdulazizdan so`ng tilga olinar edi. Abdullatif garchi Hirot taxtiga o`tirsa-
da, lekin Shohruh xazinasi undan olib qo`yiladi. Garchi bu Ulug‘bek tomonidan ma’lum bir
nohaqlik deb hisoblansa-da, lekin bu bilan Ulug‘bek bundan buyon asosiy poytaxt
Samarqand, Xuroson davlatning bir bo`lagi degan g‘oyani shu xatti-harakati bilan
anglatmoqchi bo`ladi. O`ta hokimiyatparast va shuhratparast, mol-dunyoga o`ch Abdullatif
uchun shuning o`zi otasiga qarshi bosh ko`tarish uchun katta bahona edi. Abdullatif Hirotda
15 kuncha hukmronlik qilib, so`ng Amudaryodan o`tib, Movaraunnahrga keladi. Bu paytda
Abulqosim Bobur qo`shini esa Hirotga yaqinlashib kelayotgan edi. Ulug‘bek farmoni bilan
Abdullatif yana Balxga noib etib tayinlanadi. Balxda Abdullatifning otasiga qarshi hatti-
harakatlari kuchayib, o`z xolicha u xorijiy savdogarlardan olinadigan “tamg‘a” solig‘ini
bekor qiladi. Bu soliq esa o`z navbatida davlat daromadining asosiy manbalaridan biri edi.
Otasiga qarshi kayfiyatdagi kishilarni o`z atrofiga yig‘ib, hatto Abulqosim Bobur bilan ham
Ulug‘bekka qarshi yashirin til biriktiradi. Bu paytda Ulug‘bek davlatining siyosiy ahvoli
ham ancha murakkab tarzda turar edi. Ulug‘bek Abulxayrxon boshchiligidagi dasht
qo`shinlariga qarshi kurashishga to`g‘ri keladi. Samarqand noibi etib qoldirilgan o`g‘li
Abdulaziz esa “amirlar xonadoniga tazyiq o`tkazyapti” deb ovoza tarqalib, bundan
amirlarning noroziligi juda kuchayib ketadi. Shuningdek Ulug‘bek turkmanlarning ¨rali
boshchiligidagi isyonini, temuriy shahzodalardan Abusaidning Samarqand atrofidagi hatti-
146
harakatlarini ham bostirishga to`g‘ri keladi. Davlat yaxlitligi, temuriylar birligini saqlash
maqsadida Ulug‘bek Abdulazizni o`zi bilan birga olib, makkor o`g‘li Abdullatifga qarshi
kurashga otlanadi. Abdullatif esa otasining og‘ir ahvolidan foydalanib, tezda ochiq isyon
yo`liga o`tadi. U Amudaryodan kechib o`tib, Termiz, Kesh, Hisorni qiyinchiliksiz egallaydi.
1449-yilning oktabr oyi boshida Samarqand yaqinidagi Damashq qishlog‘ida Mirzo
Ulug‘bek va shahzoda Abdullatif o`rtalaridagi jang, Ulug‘bek mag‘lubiyati bilan tugaydi.
Mag‘lub bo`lgan Mirzo Ulug‘bek poytaxt Samarqand tomon yo`l oladi. Lekin xiyonat
yo`liga o`tgan, Samarqandda hokim etib qoldirilgan, Mironshoh qavchin uni shaharga
kiritmay, darvozalarni berkitib qo`yishga buyruq beradi. Shuningdek Shohruhiya qal’asi
qutvoli Ibrohim mamluk ham uni qal’aga qo`ymaydi. Shundan so`ng Ulug‘bek keyingi hatti-
harakatlari foydasiz ekanligini anglab, Abdullatifga taslim bo`lishga majbur bo`ladi. Mirzo
Ulug‘bek toju taxtdan voz kechib, Makkaga haj safariga ketishga izn so‘raydi. Abdullatif
hajga ruxsat berib, Amir Muhammad Xusravni unga hamroh qilib jo‘natadi. Lekin, oradan
hech qancha o‘tmasdan, shahar qozisi Shamsiddin Muhammad Miskinning qarshiligiga
qaramay, ulamolarning yashirin fatvosi bilan otasining o‘limini uyushtiradi. O‘z davrining
mashhur hukmdori va zabardast olimi Mirzo Ulug‘bek 1449-yilning 27-oktabrida
Samarqand yaqinida fojiali tarzda o‘ldiriladi. Oradan 2-3 kun o‘tmasdan inisi Abdulaziz va
Ulug‘bekning sadoqatli to‘rt nafar amiri qatl etiladi.
Roppa-rosa qirq yil (1409-1449) davom etgan, manbalar tili bilan aytganda
“temuriylar saltanatining yorqin gavhari” Mirzo Ulug‘bek hukmronligi shu tariqa o‘z
poyoniga yetadi. Bu davr keskin, murakkab kurashlar sahnasida o‘tsa-da, biroq Mirzo
Ulug‘bek o‘z davlatini mustahkamlash, birlikni saqlash, iqtisodiy barqarorlikni yuzaga
keltirish, madaniy hayotni yuksaltirish borasidagi xizmatlari temuriylar tarixida alohida
ahamiyatga ega bo‘ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |