O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti



Download 3,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/164
Sana31.12.2021
Hajmi3,29 Mb.
#200128
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   164
Bog'liq
ingliz tili amalij gramatikasi (1)

 
 
 


 
148 
Temuriylar hukmronligi (1405-1506-yy.) davrida ilm-fan va madaniy hayot  
 
 
 
Garchi  XV  asr  boshidan  ichki  nizolar,  o`zaro  kurashlar  mamlakat  ichki  hayotiga 
salbiy ta’sir o`tkazgan bo`lsa-da, lekin temuriy hukmdorlardan Shohruh (1405-1447), Mirzo 
Ulug‘bek  (1409-1449),  Sulton  Husayn  (Boyqaro)  (1469-1506),  qisman  Sulton  Abu  Said 
(1451-1469)  davrlarida  ichki  osoyishtalik,  ma’rifat  va  madaniyatga  e’tibor  tufayli  ilmu-fan 
va  madaniyat  yuksalib,  Movarounnahr  va  Xuroson  yana  Sharqning  ma’rifat  va  madaniyat 
markazi nomini qaytarib oladi.  
 
Bu vaqtda nafaqat poytaxt Hirot va Samarqand, balki Movarounnahr va Xurosondagi 
boshqa  shaharlarda  ham  olimu-fuzalo,  shoiru-me’morlar,  bastakoru-naqqoshlar  guruhlari 
to`plana  boshlaydi.  Buxoro,  Xorazm,  Balx,  Mashhad,  Sheroz  ham  o`ziga  xos  madaniy 
markazlar  rolini  o`ynay  boshlaydi.  Tarixda  ma’rifatparvar  va  oqilligi  bilan  nom  chiqargan 
Shohruh  (1405-1447)  davrida  asriy  ilm-fan,  madaniyat,  an’analari  qayta  jonlana  boshlagan 
edi. Shahar qayta qurila boshlandi. Hirotdagi eng gavjum joylardan biri Shohruhning o`g‘li 
Boysunqur  tashkil  etgan  kitobxona  nomini  olgan  joy  bo`lib  qoldi.  Bu  yerda  o`z  davrining 
eng  sara  kitoblari  qayta  ko`chirilar,  sotib  olinar  va  sotilar  edi.  Bu  paytda  hukmdor  va 
amaldorlarning homiyligi natijasida tasviriy san’at, amaliy san’at, hattotlik san’ati, ayniqsa, 
o`z rivojini maromiga yetkazdi. Mirak naqqosh boshchiligidagi sharq miniatyura san’ati ham 
o`z faoliyatini shu yerdan boshlagan edi.  
 
Hirotlik  va  xurosonlik  ko`plab  badavlat  zodagonlar,  savdogarlar  ham  ilm-fan, 
madaniyatga  homiylik  qila  boshlaydilar.  Masalan,  Shohruh  davrida  yashagan  taniqli 
zodagon Hoji Arslon tarxon o`zining ma’rifatparvarligi bilan nom chiqargan edi. Lekin, har 
holda hukmdorlar ichida ilm-fan, ma’rifat va madaniyatga yetarli homiylik qilgan shaxs - bu 
o`zi ham buyuk olim bo`lgan Mirzo Ulug‘bek hisoblanadi.  
 
Mirzo  Ulug‘bek  uning  zamondoshlari,  muarrixlarning  xabar  berishlaricha  sharq 
mutafakkirlari,  ular  orqali  yunon  mumtoz  ilmiy  asarlaridan  xabardor  bo`lgan.  Ulug‘bek 
zamondoshi  G‘iyosiddin  Koshiyning  yozishiga  ko`ra,  Mirzo  Ulug‘bek  o`ta  zukko  va  juda 
ilmli  shaxs  bo`lib,  Qur’oni  karimni  yod  bilgan,  arab  va  fors  tillarini  yaxshi  bilib,  tafsir  va 
hadis ilmi bobida bilimdon inson bo`lgan. Ulug‘bek islom olamida ilk bora hukmdorlik va 
olimlikni  birgalikda  olib  bordi.  U  Movaraunnahrni  musulmon  olamining  ilmiy  markaziga 
aylantirishga  harakat  qildi.  Xususan  Samarqand,  Buxoro,  Kesh  (Shahrisabz)  ilm-fan 
markazlariga  aylandi.  U  1417-yil  Buxoro,  1420-yili  Samarqandda,  1433-yillarda 
G‘ijduvonda madrasalar barpo etdi. Samarqandning obodonchilik ishlariga bosh-qosh bo`lib, 
Go`ri  Amir,  Shohizinda  me’moriy  majmualarini  oxiriga  yetkazadi.  Marvda  ham  bir  qator 
diniy  muassasalar  qurdiradi.  Hadisi  sharifdagi  ”Ilm  olmakka  intilmoq  har  bir  muslim  va 
muslima  uchun  ham  farz,  ham  qarz”  degan  iborasi  Buxoro  madrasasi  peshtoqiga  shior 
sifatida  o`yib  yozdirib  qo`yiladi.  Xususan,  u  Samarqandga  o`z  zamonasining  yirik,  taniqli 
olimlarini chorlashga harakat qilgan.  
 
Uning  sa’yi-harakatlari  tufayli  zamonasining  100  dan  oshiq  olimlari  Samarqandga 
yig‘ildilar. Ular orasida Taftazoniy, Mavlono Ahmad, o`z zamonasining “Aflotuni” deb nom 
olgan Qozizoda Rumiy, G‘iyosiddin Koshiy, Muhammad Hafoviylar va boshqa taniqli zotlar 
ham bor edi. 1420-yil Samarqand madrasasi ochilganda, unda 100 dan ziyod talaba o`qigan, 
madrasada  50  tadan  ko`proq  talabalar  uchun  maxsus  hujralar  mavjud  bo`lgan.  Zayniddin 
Vosifiyning  yozishicha,  1420-yil  Samarqand  madrasasi  ochilganida  unda  90  tadan  oshiq 
olim  qatnashgan.  Ilk  ma’ruzani  Mavlono  Hafoviy  o`qigan  vaqtida,  uni  faqat  ikki  kishi  -
Mirzo Ulug‘bek va Qozizoda Rumiy tushungan  xolos.  Keyinchalik o`z zamonining taniqli 
kishilari Abdurahmon Jomiy, Xo`ja Axror va boshqalar ham Samarqand madrasalarida tahsil 
olganlar.  
 
Shuningdek,  Samarqandda  bu  davrda  bir  necha  boshqa  madrasalar  ham  bo`lib 
(Xonim, Feruzshoh, Shohmalik, Qutbiddin va boshqalar) u yerlarda ham salohiyatli olimlar 
dars berishar edi. 1424-1429 yillarda Samarqand yaqinidagi Obirahmat anhori bo`yida Mirzo 


 
149 
Ulug‘bek  rasadxona  qurdiradi.  Rasadxona  o`sha  davrning  noyob  inshootlaridan  bo`lib,  u 
doira shaklida barpo etilgan, imoratning aylanasi 47 m, balandligi 31 m.dan iborat 3 qavatli 
bino bo`lgan. Binoning ichi bir necha xona, aylana zal, maxsus tekshirish xonalaridan iborat 
bo`lib, u yerlarda maxsus asbob-uskunalar joylashtirilgan.  
 
Rasadxona  ichi  koinot,  yer  kurrasi  tasvirlari  bilan  bezalgan  bo`lib,  xalq  ichida 
shuning  uchun  “Naqshi  jahon”  degan  nom  bilan  shuhrat  topgan  edi.  Samoni  kuzatish  va 
o`rganish  borasida  G‘iyosiddin  Jamshid  yordamida  astronomik  o`lchov  asbobi-ulkan 
sekstant  o`rnatildi.  Bu  sekstant,  o`z  navbatida,  Sharqdagi  eng  katta  astronomik  asbob 
o`lchovi  hisoblangan.  Shuningdek,  mahalliy  ustalar  (Iso  Usturlobiy,  Abu  Mahmud 
Xo`jandiy,  usta  Ibrohim)  qo`li  bilan  ko`plab  zaruriy  astronomik  o`lchov  asboblari  ham 
yasaldi va o`rnatildi. Rasadxona qoshida, shuningdek, 15.000 jilddan iborat  boy kutubxona 
ham  bo`lgan.  Uning  atrofida  olimlar  yashaydigan  yer-chorbog‘lar  Bog‘imaydon  va 
Chinnixona  nomi  bilan  shuhrat  topdi.  Ulug‘bek  Samarqandda  o`ziga  xos  astronomiya 
maktabini  yaratdi.  Rasadxonada  Ulug‘bek  bilan  bir  qatorda  o`z  zamonasining  mashhur 
matematigi  va  astronomlari  Qozizoda  Rumiy  (Salohiddin  Muso  ibn  Muhammad), 
G‘iyosiddin Jamshid Koshiy, Ulug‘bekning shogirdi o`z davrining “Ptolemey”i nomi bilan 
shuhrat qozongan Ali Qushchi (Alouddin ibn Muhammad) va boshqalar yelkama-yelka turib 
ilmiy tadqiqot ishlarini olib bordilar.  
 
Rasadxonadagi  tadqiqotlar  natijasida  1018  ta  yulduzning  o`rni  va  holati 
(koordinatlari)  aniqlanib,  astronomik  jadvali  tuzildi.  O`rta  Osiyo,  Yaqin  va  O`rta  Sharq 
o`lkalari  bo`ylab  joylashgan  683  geografik  punktlarning  Samarqand  kenglik  koordinatlari 
bilan belgilab chiqildi. Matematika fani sohasida Ulug‘bek maktabi yaratgan-uning darajali 
algebrali tenglama yechilib, bir darajali yoyning sinusi aniqlangan.  
 
Shu  jihatdan  buyuk  olimning  “Ziji  jadidi  Ko`ragoniy”  (Ko`ragoniyning  yangi 
astronomik  jadvali)  nomli  asari  diqqatga  sazovordir.  Bu  asar  1437-yil  yozib  tugatilgan 
bo`lsa-da,  olim  umrining  oxiriga  qadar  unga  yangi  natijalarni  kiritib  borgan.  Bu  asar  ikki 
qismdan  iborat  bo`lib,  unda  keng  muqaddima  va  1018  ta  yulduzlarning  o`rni  berilgan. 
Undan  tashqari  Ulug‘bekning  “Tarixi  arba’  ulus”  (To`rt  ulus  tarixi)  nomli  tarixiy  asari  va 
musiqaga bag‘ishlangan  beshta risolasi ham  mavjuddir. Ulug‘bekning  o`ta salohiyatli  olim 
bo`lganligini  uning  zamondoshlari  G‘iyosiddin  Jamshid,  Abdurazzoq  Samarqandiy, 
Davlatshoh Samarqandiy va boshqalar ham e’tirof etganlar. Jumladan, o`zbek adabiyotining 
asoschisi buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy (1441-1501) bu xususda:  
 
Temurxon naslidin Sulton Ulug‘bek 
 
Ki olam ko`rmadi sulton aningdek, 
deb unga o`z ta’rifini bergan edi.  
 
Ulug‘bek  davrida,  shuningdek,  Samarqand  Sharqning  madaniy  markaziga 
aylanganligi  uchun  mashhur  faylasuf  Ali  ibn  Muhammad  Jurjoniy,  taniqli  tabib  Mavlono 
Nafis,  shoir  Xayoliy  Buxoriy,  “Yusuf  va  Zulayho”  dostonining  muallifi  Durbek,  qasida 
janrining taniqli namoyondasi o`zbek shoiri Sakkokiy, mashhur xattot Abdurahim Xorazmiy 
va  boshqalar  Ulug‘bek  homiyligi  ostida  Samarqandda  yashab  ijod  qildilar.  Shuningdek, 
Sharqning  ko`plab  taniqli  olim  va  shoirlari,  fuzaloi-ulamolari  Samarqandga  tez-tez  kelib 
turdilar.  Ulug‘bek  davrida  o`ziga  xos  tarixnavislik  maktabi  ham  paydo  bo`ldi.  XV  asrdagi 
taniqli tarixchilar, “Zubdat at tavorix” (Tarixlarning yuqori qismi) asarining muallifi Hofizi 
Abro`,  “Matla  as-sadayin  va  majmuai  al-bahrayn”  (Ikki  dengizning  qo`shilishi  va  ikki 
saodatli yulduzning balqishi) asarining muallifi Abdurazzoq Samarqandiy, “Ravzat as safo” 
(Jannat bog‘lari) asarining muallifi Mirxond, “Habib us siyar” (Do`stga maktub) va boshqa 
qator asarlarning muallifi Xondamir Ulug‘bek yaratgan madaniy sharoitda o`sib ulg‘aydilar. 
Ulug‘bek  davridagi  madaniy  markaz,  keyinchalik  ”Ulug‘bek  akademiyasi”  nomini  olib, 
dastavval mashhur fransuz yozuvchisi va olimi Volter (1694-1778) tomonidan e’tirof etilgan 
edi.  Ajdodlarimiz  tarixida  1010-yilda  tuzilgan  Ma’mun  akademiyasidan  so`ng,  Ulug‘bek 
akademiyasi O`rta Osiyo tarixida ikkinchi akademiya sifatida yuzaga keldi.  


 
150 
 
Mustaqillik  tufayli  buyuk  ajdodimiz  Mirzo  Ulug‘bekning  bizga  qoldirib  ketgan 
merosi haqiqiy jihatdan o`rganila boshlandi. 1994 yili Prezidentimiz tashabbusi bilan Mirzo 
Ulug‘bekning 600 yillik tavallud to`yi respublikamizda va jahonda keng nishonlandi. Qator 
ko`cha,  tuman,  shahar  va  inshootlarga  Ulug‘bekning  faxriy  nomi  berildi.  Jumladan, 
Prezidentimiz  farmoni  bilan  1995  yili  sobiq  ToshDU,  hozirgi  O`zbekiston  Milliy 
Universitetiga Mirzo Ulug‘bek nomi berildi. 
 
Ulug‘bekning vafotidan so`ng madaniy markaz Xurosonga, jumladan, uning poytaxti 
Hirotga  ko`chdi.  Hirot  madaniy  va  ilmiy  markazining  shakllanishida  Xuroson  hukmdori 
Sulton  Husayn  (Boyqaro)  (1469-1506)  va  ayniqsa,  buyuk  shoir  va  mutafakkir,  g‘azal 
mulkining  sultoni  Mir  Alisher  Navoiyning  (1441-1501)  roli  nihoyatda  beqiyos  bo`ldi. 
Ma’rifatli hukmdor bo`lmish Sulton Husayn (Boyqaro) butun Xurosonda ilm-fan, adabiyot, 
madaniyat  homiysiga  aylanadi.  Uning  o`zi  “Husayniy”  taxallusi  ostida  g‘azallar  yozgan. 
Bizning kunlargacha uning she’riy “Devon”i va nasriy “Risola” asarlari yetib kelgan.  
 
Alisher Navoiy 1441 yili Hirotda taniqli barlos bahodiri xonadonida dunyoga kelgan. 
U  yoshligidanoq  nihoyatda  zakovatli  va  zehnli  bola  bo`lgan.  Uning  besh  yoshida  yozgan 
g‘azaliga  taniqli  o`zbek  shoiri  Lutfiy  o`z  vaqtida  katta  baho  bergan  edi.  Yoshligidanoq  u 
temuriy  shahzoda  Sulton  Husayn  bilan  do`st  bo`lib,  keyinchalik  ular  Xuroson  hokimi 
Abulqosim  Bobur  (1451-1457)  xizmatida  birga  bo`lganlar.  Husaynning  xizmat  davrida 
Alisher Navoiy Mashhad va Hirot madrasalarida tahsil ko`radi. Keyinchalik Movarounnahr 
hokimi Sulton Abu Said tazyiqi bilan Samarqandga ketishga majbur bo`ladi va u yerda ikki 
yilcha turib, o`z bilimini yanada takomillashtiradi. 1469-yili Xuroson taxti Sulton Husaynga 
tekkandan so`ng, uning taklifi bilan Alisher Navoiy Hirotga kelib, avval muhrdorlik, so`ngra 
vazirlik  lavozimida  faoliyat  ko`rsatadi.  Jumladan,  Alisher  Navoiy  o`zining  vazirlik 
lavozimini  egallagan  vaqtida  (1472-1476)  mamlakatda  iloji  boricha  osoyishtalik  va  adolat 
o`rnatishga  harakat  qiladi.  Uning  hatti-harakatlari  natijasida  shaharlar  yuksaldi.  Suv 
chiqarilib,  ko`pgina  yerlar  obod  qilindi,  hunarmandchilik  va  savdo-sotiq  ishlari  yanada 
rivojlandi.  Navoiy  ilm-fan,  ma’rifat  va  madaniyat  ahliga  shaxsan  o`zi  homiylik  ko`rsatdi. 
Garchi  toju-taxt  uchun  kurashlarda  va  fitna-nizolar  natijasida  Navoiyning  Sulton  Husayn 
bilan  oralari  bir  oz  sovugan  bo`lsa-da,  lekin  Navoiy  umrining  oxiriga  qadar  davlatning 
tayanch shaxslaridan biri bo`lib qoladi. Jumladan, u vazirlik lavozimidan ketar ekan, sulton 
Navoiyga  shohona  to`n  kiygizib,  uning  hech  bir  iltimosi  hech  qachon  yerda  qolmasligini 
aytadi. Alisher Navoiyning birgina o`zi 300 tadan ziyod turli qurilish, obodonchilik ishlariga 
bosh-qosh  bo`ladi.  Hirotdagi  Injil  daryosi  bo`yida  uning  qurilish  ishlari  uchun  maxsus  er 
ham  ajratib  beriladi.  U  barpo  etgan  Hirotdagi  “Ixlosiya”,  “Shifoiya”  majmualari,  Tus 
viloyatidagi Turuqband suv ombori va kanali, Hirot va Mashhaddagi sug‘orish inshootlari, 
Astroboddagi saroy va masjid, Marvdagi madrasa shular jumlasidandir. El-yurt farovonligini 
o`ylagan Navoiy o`z daromadlarining aksariyat qismini hayriya ishlariga sarflaydi. 
 
Odamiy dersang demagil odamiy, 
 
Onikim yo`q xalq g‘amidin g‘ami, 
deb, o`z ta’rifini bergan edi shoir.   Shaxsan uning mablag‘lari hisobidan 52 ta rabot, 19 ta 
hovuz,  16  ta  ko`prik,  9  ta  hammom  va  boshqalar  qurildi.  Shuningdek,  Navoiy  butun 
Xurosonda  12  tadan  oshiq  ahamiyatli  bo`lgan  va  ta’mirlanishga  muhtoj  masjid,  minora, 
rabot  va  boshqalarni  ta’mir  etib  o`z  holiga  qaytaradi.  Jumladan,  Navoiy  ta’mir  etgan 
Hirotdagi  Jome’  masjidi  hozirgi  kunga  qadar  Hirot  shahrining  go`zal  inshootlaridan  biri 
hisoblanadi.  Alisher  Navoiy  homiyligi  ostida  Sharq  miniatyurasi  maktabining  yetuk 
namoyondasi “Sharq Rafaýli” nomini olgan Kamoliddin Behzod, taniqli tabiblar Abdulhay 
Muniy,  Darvish  Ali,  hattotlardan  -  Sulton  Ali  Mashhadiy,  musiqachilardan-Husayn  Uddiy, 
shoir  va  tarixchilardan-Sohib  Doro,  Muhammad  Nizomiy,  Kamoliddin  Binoiy,  Davlatshoh 
Samarqandiy, Husayn Voiz Koshifiy, Mirxond,, Zayniddin Vosifiy, Muiniddin Muhammad 
Isfizoriy  va  boshqalar  yetishib  chiqdilar.  Alisher  Navoiy  ilk  bora  o`zga  shoirlardan  farqli 


 
151 
ravishda  turkiy  tilda  1483-1485-yillarda  beshta  dostondan  iborat  “Xamsa”  asarini  yozdi. 
Navoiy o`z ona tili ko`rkamligi va jozibadorligini asarlarida namoyon etdi: 
 
Tortib turk nazmida alam, 
 
Ayladim ul mamlakatni yak qalam, 
degan edi shoirning o`zi.  
Buyuk  shoirning  20  tadan  ziyod  yirik  asarlar  mavjuddir.  Ular 
“Xazoyinul maoniy”, “Lison ut tayr”, “Mahbub ul qulub”, “Majolisun nafois”, “Munshaot”, 
“Muhokamatul  lug‘atayn”,  “Mezonul  avzon”  va  boshqalardir.  Bular  o`z  ichiga  tarixiy, 
falsafiy,  ahloqiy  mezonlarni  olib,  ularda  insoniyatga  xos  bo`lgan  barcha  ijobiy  hislatlar 
ulug‘lanadi.  Navoiy  o`z  asarlarida  Vatanga,  tug‘ilib  o`sgan  yeriga  nisbatan  buyuk 
muhabbatni kuylaydi.  
 
Navoiyning  o`zi  esa  barkamol,  komil  inson  qiyofasi  uchun  buyuk  ramzdir.  Ulug‘ 
shoirning o`lmas merosini o`rganish mustaqillik yillarida o`zining haqiqiy darajasiga chiqdi. 
Adibning  barcha  asarlari  qayta  chop  etildi.  Hukumatimiz  qaroriga  binoan,  xalqimizning 
buyuk  mukofoti  ramzida  Navoiy  nomidagi  davlat  mukofoti  ta’sis  etildi.  O`lkamizda 
Navoiyning ulug‘ nomini bilmagan zot yo`qdir. Prezidentimiz tashabbusiga ko`ra, 1991 yili 
Alisher  Navoiyning  560  yilligi  juda  katta  tantanalar  bilan  nishonlanib,  shoirning  mahobatli 
haykali xalqimizning muqaddas ramzi sifatida poytaxtimizning markazida qad ko`tardi. 
 
XV asrning zabardast o`zbek shoirlari ichida, shuningdek Lutfiy, Durbek, Sakkokiy, 
Gadoiy,  Atoiy  va  boshqalarning  ham  nomlari  ma’lum  va  mashhur  bo`lgan.  Jumladan, 
Navoiydan  avval  eng  mashhur  turkigo`y  shoir  Lutfiy  (1366-1465)  bo`lgan.  Uning  o`z 
vaqtida  20  dan  ziyod  ajoyib  asarlari  mavjud  bo`lib,  bizgacha  faqat  mashhur  “Gul  va 
Navro`z” va g‘azallar devoni yetib kelgan xolos.  
 
Bu davrlarda shuningdek, Sharafiddin Ali Yazdiyning (1454 yili vafot etgan) Temur 
tarixiga bag‘ishlangan, Nizomiddin Shomiydan so`ng yozilgan bir xil nomdagi “Zafarnoma” 
asari  yaratildi.  Fors-tojik  adabiyotida,  ayniqsa,  mashhur  shoir  va  olim,  Navoiyning 
zamondoshi hamda do`sti Nuriddin Abdurahmon Jomiyning (1414-1492) roli buyuk bo`ldi. 
Jomiy  va  Navoiyning  do`stligi  esa,  tarixda  xalqlarimiz  ittifoqligining  buyuk  ramzi  bo`lib 
qoldi. 
 
1499-yildan  boshlab  O`rta  Osiyoga  o`z  yurishlarini  boshlagan  Muhammad 
Shayboniyxon  (1451-1510)  temuriylar  ichidagi  ichki  nizo  va  noittifoqlikdan  foydalanib, 
Movaraunnahrga  nisbatan  istilochilik  harakatlarini  boshladi.  Temuriy  shahzodalardan,  shu 
vaqtdagi  yagona  movarounnahrlik  iqtidorli  va  harbiy  sarkardalik  mahoratiga  ega  bo`lgan, 
keyinchalik  buyuk  shoir  va  davlat  arbobi  darajasiga  chiqqan  Zahiriddin  Muhammad 
Boburning  (1483-1530)  sa’yi-harakatlari  ham  o`zining  tegishli  natijasini  bermadi.  1505-
1506  yillarga  kelib  Shayboniyxon  Xorazm  va  Movaraunnahrni  to`liq  egallaydi. 
Shayboniyxonga  qarshi  kurashish  uchun  yo`lga  chiqqan  Xuroson  hukmdori  Sulton  Husayn 
(1469-1506)  1506-yilning  bahorida  vafot  etadi.  Sulton  Husaynning  vorislari  o`rtasida  toju-
taxt uchun kurash avj olib, natijada hokimiyat ikkita shahzodaga-Badiuzzamon Mirzo bilan 
Muzaffar  Mirzolarga  o`tadi.  Qulay  vaziyatdan  foydalangan  Shayboniyxon  1507-yili 
shahzodalarni  tor-mor  etib,  qattiq  janglardan  so`ng  poytaxt  Hirot  va  butun  Xurosonni  o`z 
qo`li ostiga oladi.  
 
Shunday qilib, deyarli bir yarim asr davom etgan shon-shavkatli Temuriylar saltanati 
o`z nihoyasiga yetadi. Temuriylarning oxirgi zabardast vakili Zahiriddin Muhammad Bobur 
1525-yilgi  Panipat  jangidan  so`ng  shimoliy  Hindistonni  egallashga  muvaffaq  bo`ladi. 
Boburiylar  sulolasi  Hindistonda  deyarli  uch  asr  mobaynida  hukmronlik  qilib,  ko`p  holda 
temuriylarning shon-shuhratini bu yerda tiklashga muvaffaq bo`ladilar.  
 
 
 
 
 


 
152 

Download 3,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   164




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish