10
2-mavzu. O‘zbekiston-sivilizatsiyasi qadimgi o‘choqlaridan biri
Insoniyatning dastlabki ajdodlari. Paleolit davri
Insoniyatning kelib chiqishi va rivojlanishi bir necha asrlar davomida tadqiqotchilar
tomonidan o‘rganilib turli nazariyalar yuzaga kelgan. Chunki “antropogenez” eng qadimgi
davr tarixini o‘rganishdagi muhim va dolzarb muammolardan hisoblanadi. Turli
mamlakatlarda turli davrlarda yashagan mutafakkirlar insoniyatning paydo bo‘lishi haqida
ilmiy ta’rifga yaqin fikrlarni bayon etganlar. Xitoy, yunon faylasuflari mil. avv. VI-V
asrlardayoq odamning kelib chiqishi tamomila tabiiy hodisa deb ta’riflashga uringanlar.
Ko‘pchilik tadqiqotchilar insonni mehnat va aqliy jihatdan kamol topishi natijasida hozirgi
darajasiga yetib kelgan, degan fikrni ilgari surishlariga qaramay odamni xudo yaratganligi,
yoki boshqa koinotdan kelib yerga tarqalganligi haqidagi nazariyalar ham bor.
Ingliz olimlari ota-bola Likilar o‘tgan asrning 50-60-yillarida Sharqiy Afrikada
(Olduvoy darasida) qazishma ishlari olib borib oddiy tosh qurollar va qazilma odam
qoldiqlarini topib, ular bundan 3-3,5mln. yil ilgari mavjud bo‘lgan degan g‘oyani ilgari
surdilar. Bu turdagi odamlar fanda “Zinjantrop” (“Ishbilarmon odamlar” yoki
“Gomohabilis”) va “Avstralopitek” (“Janub maymuni”) deb nom olgan.
Zinjantroplardan
keyingi
davrda
yashagan
qazilma
odamlar
qoldiqlari
Indoneziyadagi Yava orolidan XIX asrning oxirlarida topilgan bo‘lib, fanda ularni
“Pitekantrop” (“Maymun- odam”) deb atash rasm bo‘lgan. Pitekantroplar bundan taxminan 1
mln.-700-600 ming yil ilgari (E.Dyubua) yashaganlari aniqlangan. Shuningdek, 1927 yilda
Xitoy hududlaridan topilgan (D.Blek) qadimgi odam qoldiqlari (“Sinantrop” - “Xitoy
odami”) bundan 600-500 ming yil ilgarigi davrga oidligi aniqlangan. Undan tashqari eng
qadimgi qazilma odam qoldiqlari Germaniyaning Geydelberg, Vengriyaning Budapesht
shahri yaqinidan ham topilgan.
Tadqiqotchilarning fikrlariga qaraganda zinjantrop, pitekantrop, sinatroplar eng
qadimgi odamlar shakllanib rivojlanishining turli tarixiy bosqichlaridir. Bu turdagi qadimgi
odamlar gavdalarini tik tutib yurganlar va toshdan turli mehnat qurollarini yasab, ulardan
foydalana bilganlar. Qurol yasay bilishi, o‘simlik ildizlari va mevalarni iste’mol qilishda shu
qurollardan foydalanishi, shuningdek, ayrim hayvonlarni ovlashi qadimgi odamlarni
hayvonot olamidan ajratib turgan.
Bu o‘rinda shuni ta’kidlash joizki, “Arxantrop”lar (qadimgi odamlar) eng qadimgi
odamlardan farqlanib, ular zamonamizdan 100-50 ming yil keyin yashaganlar. Qadimgi
odamlarning qazilma qoldiqlari dastavval Germaniyaning Neandertal vodiysidan topilganligi
sababli fanda ularni “Neandertal odami” deb nomlash qabul qilingan.
Eng qadimgi odamlar o‘zlarining rivojlanish bosqichlarida mehnat qurollarining
turlarini ko‘paytirib va sifatini yaxshilab borganlar. Natijada ularning turmush tarzida,
jismoniy ko‘rinishida o‘zgarishlar bo‘lib borgan. Shuningdek, miya hajmi ham o‘zgarib
borgan. O‘rta tosh asridagi turli sabablarga ko‘ra, birinchi navbatda tinimsiz mehnat
jarayonida inson tafakkurining rivojlanishi natijasida neandertal qiyofasidagi odamlar
hozirgi qiyofali odamlarga aylana bordilar. Ular jismoniy va aqliy jihatdan kamol topib,
hozirgi qiyofadagi kishilar vujudga keldi va shu bilan antropogenez jarayoni nihoyasiga
yetdi. Odamning paydo bo‘lishi yerdagi eng buyuk hodisalardan biri bo‘lib, u dastlab
toshdan oddiy to‘qmoq yasagan bo‘lsa, uzluksiz mehnat, tinimsiz intilish natijasida yuksak
madaniyat yaratish darajasiga yetib keldi.
Antropogenez
jarayonida
Do'stlaringiz bilan baham: