O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti


Vatan tarixini o‘qitishning ahamiyati



Download 3,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/164
Sana31.12.2021
Hajmi3,29 Mb.
#200128
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   164
Bog'liq
ingliz tili amalij gramatikasi (1)

Vatan tarixini o‘qitishning ahamiyati 
 
 
Taraqqiy etgan millatlarning o‘z tarixini yaxshi bilishi va qadrlashi, tarixiy yodgorlik 
va  obidalarini  e’zozlashi  ko‘z  qorachig‘idek  asrashining  ko‘pgina  sabablari  bor.  Bu  eng 
avvalo,  tarix  insoniyat  paydo  bo‘lganidan  to  hozirgacha  davom  etib  kelayotgan  ijtimoiy 
jarayon oynasi ekanligi bilan bog‘liqdir. Ikkinchidan esa, butun insoniyat shu tarixga qarab, 
o‘z o‘tmishi va borligini anglaydi, kelajak rejalarini belgilaydi.  


 

 
Boshqacha  bir  ma’noda  tarix  buyuk  faylasuf  va  donishmanddir.  Uning  mana  shu 
dono  falsafasini  to‘g‘ri  anglagandagina,  xalqlar  o‘z  kelajagi  uchun  mustahkam  poydevor 
yaratadi.  
 
Xristian  (nasroniy)lik  falsafasi  asoschisi  A.Avgustian  (354-430-y.)  hozirgi  eramiz 
boshidayoq, ya’ni bundan bir ming olti yuz yil oldin tarixning xalq va millatning taqdirida 
tutajak  o‘rnini  ko‘rsatib,  shunday  degan  edi;  “G‘aflatda  yotgan  xalqni  uyg‘otish  uchun 
avvalo, uning tarixini uyg‘ot”. 
 
XII  asrning  buyuk  allomasi  Shahobiddin  Muhammad  al-Nasaviy  ham  bu  fikrni 
o‘zining quyidagi to‘rtligida yanada teran ma’noda mana bunday bayon etadi: 
 
Kimki tutmas qalbida tarixni,  
 
U inson ham emas, olim ham emas. 
 
Biroq kimki uqsa o‘tmishini, 
 
Ko‘p boyitar o‘z turmushini. 
 
Salkam bir yarim asr hukmronlik qilgan chor va kommunistik bosqinchilar tarixning 
jamiyatda  va  millat  hayotida  tutgan  o‘rnini  to‘g‘ri  anglab,  ongli  ravishda  tariximizni 
qoraladi,  soxtalashtirdi,  millat  tarixiy  xotirasini  o‘chirib,  uni  abadiy,  qalban  ma’naviy 
qaramlikka moslab tarbiyalashga harakat qildilar. 
 
Shu  o‘rinda,  Farg‘ona  harbiy  gubernatori  M.A.Skobelovning  ushbu  shovinistik 
shiorga  amal  qilganligini  aytib  o‘tish  joizdir:  “Millatni  yo‘q  qilish  uchun  uni  qirish  shart 
emas,  uning  madaniyatini,  san’atini,  tilini  yo‘q  qilsangiz  bas,  tez  orada  o‘zi  adoyi  tamom 
bo‘ladi”. 
 
Mustamlakachi  kommunistik  partiya  tomonidan  mahalliy  millatlar  tarixiga  nisbatan 
olib  borilgan  siyosat,  uning  Siyosiy  byurosi  topshirig‘i  asosida  SSSR  Davlat  xavfsizlik 
qo‘mitasi  (KGB)sining  1947-yilda  mutlaqo  maxfiylikda  ishlab  chiqqan  ko‘rsatmasida  o‘z 
aksini quyidagicha topgan edi: “Tarix darslarida o‘tmishdagi siyosatdonlardan kimlar vatan 
ravnaqi  uchun  xizmat  qilishgani  yoki  xizmat  qilishga  urunishgani  xaqida  gapirish  mumkin 
emas,  e’tiborni  faqat  podsholar  zulmi  va  ularga  qarshi  qaratilgan  xalq  kurashiga  burmoq 
lozim “. 
 
Shuning  uchun  ham  o‘tgan  chorakam  bir  asrlik  kommunistik  mustamlaka  davrida 
O‘zbekiston  tarixi  tahqirlandi,  soxtalashtirildi,  xalq  ta’limi  sohasida  o‘qitiladigan  fanlar 
tizimiga  fan  sifatida  kiritilmadi.  Faqat,  maktabning  5-sinflaridagina  “O‘zbekiston  tarixidan 
hikoyalar”  degan  ”hikoyalar”  predmeti  o‘qitildi.  Bundan  asosiy  maqsad  xalqimizda  o‘z 
o‘tmishiga  nisbatan  nafrat  ruhini  tarbiyalash  va  teskari  tarixiy  xotirani  shakllantirishdan 
iborat  bo‘ldi.  Bu  mash’um  siyosatning  “samarasi”  o‘laroq  muborak  istiqlolning  dastlabki 
yillarida ayrim kommunistik mafkuraga berilgan katta tarixchi olimlar O‘zbekiston tarixini 
oliy  o‘quv  yurtlarida  o‘qitilishiga  har  xil  bahonalar  bilan  qarshilik  ko‘rsatdilar.  Bu  antiqa 
“qarshilik”  to  1993-yilning  sentabrigacha  davom  etdi.  Mana  shu  o‘quv  yilidan  boshlab 
Vatanimiz  tarixi  tarixda  birinchi  bor  oliy  o‘quv  yurtlarida  o‘qitiladigan  fanlarning  orasida 
o‘zining qonuniy o‘rni va nufuziga ega bo‘ldi. 
 
O‘zbekiston  hukumati  mustaqillikdan  so‘ng  Vatan  tarixi  haqida  odilona  siyosat 
yuritdi.  Uning  millat  ma’naviyati  va  mafkurasi,  xalq  ta’limida  tutgan  o‘rniga  yuksak  baho 
berib, uni davlat siyosatining ustivor  yo‘nalishlaridan biri darajasiga ko‘tardi. 
 
O‘zbekiston  tarixi  -  hozirgi  buyuk  va  muqaddas  istiqlolimiz  ila  bir  yarim  asrlik 
mustamlakachilik  g‘aflat  uyqusidan  ko‘z  ochib  uyg‘ongan  xalqimiz  istiqbolimizni 
belgilashda, zamonaviy mutaxassis kadrlarni tayyorlashda eng zaruriy dasturilamaldir. 
 
Umuman,  Ona  tarixni  o‘qitish  va  o‘rganish  hozirda  avj  olib  rivojlanayotgan 
islohotchilik  va  yangilanish  harakati  davrida  ijtimoiy  zaruriyatgina  emas,  balki  hayotiy 
ehtiyojga aylangan. Bu ehtiyoj milliy ma’naviy-mafkuraviy uyg‘onish, madaniy va iqtisodiy 
yuksalishlarga  bo‘lgan  ehtiyojlarning  bosh  mezoni  hisoblanadi.  Tarixga  bo‘lgan  millat 
ehtiyojining qondirilishi taraqqiyot va milliy uyg‘onishning asosidir. 


 

 
Haqqoniy yozilgan Vatan tarixini o‘rganish va o‘qitish shuning uchun ham kerakki, u 
soxta  tarixiy  tushuncha  va  tarixiy  xotirasizlikka  barham  beradi,  milliy  g‘oya  va  mafkura 
takomillashuvini tezlashtiradi. Vatan tarixini o‘qitish va o‘rganish  yana shuning uchun ham 
zarurki,  xalqimiz  undan  ruhiy  quvvat  olib,  dushmanga  bosh  egmaslik,  qayta  mustamlaka 
qopqoniga  tushmaslik,  boshqalarga  bo‘ysinmaslik,  begona  g‘oya  va  mafkura  hamda 
zug‘umlar ta’siriga berilmaslik ma’naviyatiga ega bo‘ladi. Tarixni mukammal bilish, uning 
mazmun va mohiyati, falsafasini teran anglash millat uchun yuksak fazilat. 
O‘zbekiston  tarixi  fani  oldida  turgan  asosiy  vazifa  quyidagilardan  iboratdir: 

Download 3,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   164




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish