Hisor madaniyati degan nom oldi. Asosan tog‘oldi va tog‘liklarga xos bo‘lgan Hisor
madaniyatiga mansub yodgorliklar 200 dan ziyod bo‘lib Tutqovul, Soysayyod, Quyi Bulyon,
Darayi Sho‘r, Gaziyontepa kabilar shular jumlasidandir. Hisor madaniyatiga mansub
yodgorliklar asosan mil. avv. V-III ming yilliklarga oiddir.
Hisor madaniyati sohiblari sopol idishlar yasab, asosan chorvachilik, ovchilik,
qisman termachilik bilan shug‘ullanganlar. Hisor makonlaridan topilgan turli-tuman
topilmalar ushbu jarayonlardan dalolat beradi.
Demak, O‘rta Osiyoning barcha hududlaridan-shimoldagi Ustyurtdan, Markaziy va
Janubiy Qozig‘istondan, Qizilqum va Qoraqumdan, Qashqadaryo va Zarafshon vohalari,
Toshkent vohasi va Farg‘ona vodiysidan ko‘plab neolit davri makonlari ochilgan. Xususan,
neolit davri Markaziy Farg‘ona madaniyati fanda O‘rta Osiyoda to‘rtinchi neolit davri
madaniyati deb kiritilgan.
Ushbu makonlarda olib borilgan tadqiqotlar natijalari shuni ko‘rsatadiki, neolit
davriga kelib, mezolitning so‘nggi bosqichlarida kashf etilgan tosh boltalar ancha keng
tarqaladi. Parrakchalar, nayza va kamon o‘qlarining uchlari, pichoqlar, teshgichlar, parmalar,
qirg‘ichlar, yorma toshlar, o‘roq va boshqa qurollar takomillashadi. Eng qadimgi davrning
dastlabki davrida qo‘lga kiritilgan barcha yutuqlar bu davrga kelib yakunlanadi. Neolit davri
odamlari o‘zlarining tinimsiz mehnati, kuzatuvchanlik qobiliyati, ibtidoiy bilimlarini
safarbar qilib, xo‘jalikning ilg‘or, unumdor shaklini - dehqonchilik va chorvachilikni kashf
etdilar. Geografik muhit va shart-sharoitning turli tumanligi bu davr qabilalarida mehnat
qurollari, uy-ro‘zg‘or buyumlari, turar-joylar va xo‘jaliklarning turlicha bo‘lishiga olib keldi.
Xususan, O‘rta Osiyoning janubidagi neolit davri-qabilalari xo‘jalikning dehqonchilik,
chorvachilik va hunarmandchilik shakllarini rivojlantirgan bo‘lsa, shimoldagi qabilalar esa
tabiiy sharoitning noqulayligi tufayli uzoq vaqt rivojlanishdan orqada qolgan.
Neolit davrida qadimgi ajdodlarimiz loydan idishlar yasab ularni olovda pishirish
yo‘li bilan kulolchilikka asos soldilar. Shuningdek, ip yigirish asosida to‘qimachilikni kashf
etdilar. Odamlar yog‘och va qamishdan qayiq yasab (qayiqsozlik) suvda suzishni ham
o‘zlashtirdilar. Xullas, neolit davri yutuqlarga boy bo‘lib, o‘zidan ilgarigi davrlarga nisbatan
yuksak rivojlanish davri bo‘ldi.
Tadqiqotlar natijalariga qaraganda tosh va bronza davrlari o‘rtasida mis-tosh
Do'stlaringiz bilan baham: |