11
ko‘rinishidan ham aniqlanadi. Ko‘p ming yillar davomida rivojlangan tarixiy jarayonlar -
odam va jamiyat taraqqiyotida asosiy, bosh mezon
mehnat ekanligidan dalolat beradi.
Hozirgi davrda olimlarning katta guruhi odamzotning dastlabki vatani Afrika degan
fikrni ilgari sursa, yana bir guruh olimlar Yevropa deydilar. Boshqa bir guruh olimlar esa
odam dastavval Osiyoning janubida paydo bo‘lgan degan g‘oyani ilgari suradilar.
Yaqin yillarga qadar O‘zbekiston hududlari eng qadimgi odamlar tomonidan 100
ming yillar ilgari o‘zlashtirilgan deb hisoblanib kelinar edi. Ko‘pchilik tadqiqotchilar O‘rta
Osiyo paleoliti haqidagi bahslarda bu jarayonni asosan Yevropa paleoliti bilan bog‘lab kelar
edilar. Ammo so‘nggi yillarda O‘zbekiston arxeologlari tomonidan olib borilgan ko‘pgina
tadqiqotlar bu masalaga ancha oydinlik kiritdi.
O‘tgan asrning 80-yillarida arxeolog O‘.Islomov boshchiligidagi tadqiqotchilar
Farg‘ona vodiysidagi
Selung‘
ur (So‘x tumani) g‘oridan paleolit davri makonini ochishga
muvaffaq bo‘ldilar. So‘nggi tadqiqotlar natijalariga qaraganda Selungur
ilk paleolit davriga
oid bo‘lib, o‘n uchta madaniy qatlamdan iborat. Bu qatlamlardan juda ko‘plab ibtidoiy tosh
qurollar topilgan. Bu qurollar ko‘p hollarda Olduvoy qurollariga o‘xshab ketadi.
Tadqiqotchilarning fikrlariga qaraganda, Selungur topilmalarining yoshi
1 mln. yildan
ziyodroqdir. Selungur topilmalari orasidan eng ahamiyatlisi qadimgi odam jag‘ suyaklari,
tishlari va yelka suyaklaridir. Fanda “Farg‘ona odami”-”Fergantrop” deb nomlangan bu
qazilma odam qoldiqlari eng qadimgi odam haqidagi tasavvurlarimizni yanada kengaytirish
bilan birga O‘rta Osiyo, xususan O‘zbekistonning insoniyat paydo bo‘lib rivojlangan
o‘choqlardan biri ekanligini uzil-kesil isbotlaydi.
Undan tashqari Ko‘lbuloq makonidan (Shimoli-sharqiy O‘zbekiston, Toshkent vil.)
ham ko‘p qatlamli yodgorlik ochilgan bo‘lib, uning eng pastki qatlamlari ilk paleolit davriga
oiddir. Shuningdek, Qizilolmasoy va Toshsoy (Ohangaron) makonlaridan ham ilk paleolit
qatlamlari ochilgan hamda bu yerdan 100dan ziyod chopper, nukleus, qirg‘ich va
tarashlag‘ich tosh qurollar topilgan.
Tadqiqotchilar Tyanshan etaklaridagi Onarcha (Qirg‘iziston) makonidan hamda
Pomir etaklaridagi Qoratov (Janubiy Tojikiston) makonlaridan ham ilk paleolit davri
qatlamlarini aniqlab bu qatlamlardan juda ko‘plab tosh qurollar topganlar.
Ilk paleolit (Ashel madaniyati) davri eng qadimgi odamlarning makonlaridagi
topilmalarida sodda va qo‘pol tosh qurollar ko‘pchilikni tashkil etadi. Bu davr kishilarining
qurollari o‘zining soddaligi, qo‘polligi, turlarining kamligi jihatdan keyingi davrlardan
keskin farqlanadi. Ilk paleolit davri odamlari jismoniy jihatdan ham, aqliy jihatdan ham
hozirgi qiyofadagi aql-idrokli odamlardan ajralib turadilar. Ular asosan termachilik va
ovchilik bilan tirikchilik o‘tkazganlar hamda tabiat oldida juda ojiz bo‘lib, unda mavjud
bo‘lgan tayyor mahsulotlarni o‘zlashtirib yashaganlar. Ular na diniy tushunchani, na
hunarmandchilikni va na chorvachilikni bilganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: