233
qo`mitasi kotibligidan, I.Xidiraliyev-O`zbekiston yer ishlari xalq komissari vazifasidan ozod
etiladilar.
Yer-suv islohotini o`tkazish davrida “18 lar guruhi” ushbu jarayon va MQ ga qarshi
faoliyat yuritishda ayblanishgan bo`lsa, oradan ikki yil o`tgach esa, O`rta Osiyo byurosining
plenumida (1927 yil oktyabr) ularga boy-quloqlarning manfaatini himoya qilgan, yer-suv
islohoti hamda ayollarning ozodlikka chiqishiga qarshi bo`lgan, savdogar va
hunarmandlardan olinadigan soliqlarni kamaytirish va davlat apparatini milliylashtirish
tarafdori bo`lgan degan, soxta aybnomalar qo`yiladi.
Ko`rinib turganidek, mustabid tuzumga, mutlaq xukmron -kommunistik partiyaning
siyosati va g‘oyalariga qarshi bo`lgan har qanday chiqishlarga darhol chek qo`yilgan.
“Inog‘omovchilik” 1926-1931 yillarda mustabid tuzum tomonidan milliy rahbar va
ziyolilarning qatag‘on qilinishiga sabab bo`lgan uydirma. “Inog‘omovchilik”- o`sha yillarda
O`zSSR Maorif Xalq Komissari vazifasini bajarib kelgan Rahim Inog‘omov (1902-1938)
nomi bilan bog‘liq.
R.Inog‘omov va uning tarafdorlari xalq ta’limi va madaniyatini proletarlashtirishga
qarshi chiqib, VKP (b) MQ O`rta Osiyo byurosi faoliyatini tugatish talabini ko`tarib
chiqadilar. Shuningdek, R.Inog‘omov o`zbek mehnatkashlarining oktabr to`ntarishiga tayyor
bo`lmaganliklari va uning yevropalik proletar kuchlar tomonidan amalga oshirilganligi
hamda rus istibdodiga qarshi mustaqillik harakatida tarixiy rolni faqat ziyolilar o`ynagan,
bizda esa hali proletariat yo`q degan dadil fikrlarni bildiradi.
Maxsus uyushtirilgan viloyat plenumlarida “inog‘omovchilik” qoralanib, u bilan
ayovsiz kurash olib borishga da’vat etiladi. Hatto “inog‘omovchilik” ni partiya saflaridagi
“burjuaziya agenturasi” deb baholashadi.
“Inog‘omovchilik” ka qarshi kurash matbuotda ham davom etadi. O`rta Osiyo
byurosining “Za partiyu” degan jurnalida I.Zelenskiy “inog‘omovchilik” ni qattiq tanqid
qilib, uning kommunistlar tomonidan qo`llab-quvvatlanmaganligi, unga qat’iy zarba
berilganligini alohida ta’kidlaydi.
Rahim Inog‘omovga shu kabi asossiz “aybnomalar” qo`yilgandan so`ng, uni
Qashqadaryo viloyatining eng chekka qishloqlarining biriga ishga yuborishadi. Quvg‘in va
ta’qiblar ta’sirida R.Inog‘omov matbuot orqali tavba-tazarru mazmunidagi “ochiq xat”i bilan
chiqadi.
Inog‘omovning qarashlari xususida Mustafo Cho`qaev quyidagi fikrlarni bildirgan:
“...Biz ruslarga iqtisodiy jihatdan qaram bo`lishni istamaymiz.. Mana shu haqiqatni
kommunist bo`lishga shoshilgan turkistonlik yoshlar anglay boshladi.. R.Inog‘omov boshliq
guruh o`zbeklarga o`z-o`zini boshqarish huquqini berish, Turkiston ustidan O`rta Osiyo
byurosi nazoratini bekor qilinishini talab qilgan.”
Do'stlaringiz bilan baham: