Siyosiy qatag‘onlik
1922-yil 30-dekabrda tashkil topgan SSSR, qudratli unitar (qo‘shma) davlat bo‘lib,
unda rasmiy federatsiya subyektlari suveren huquqlar va real mustaqillikdan mahrum edilar,
imperiya tarkibidan chiqib keta olmasdilar. O‘zbekiston ham faqat nomigagina SSSR
tarkibidagi suveren respublika hisoblangan, aslida esa ittifoqqa har tomonlama qaram edi.
SSSRda qaror topgan boshqaruvning ma’muriy-buyruqbozlik tizimi jamiyatning barcha
sohalarini o‘z maqsad va vazifalariga bo‘ysundirgan, ijtimoiy-siyosiy hayot o‘ta
siyosiylashtirilib, o‘zgacha fikrlashlarga qarshi shafqatsiz kurash olib borilar edi.
20-30 yillarda mustabid tuzumga qarshi fikr bildirganlarni ta’qib ostiga olish avj oldi.
Ayni shu paytda “18 lar guruhi”, “inog‘omovchilik”, “qosimovchilik” kabi siyosiy ishlar
to‘qib chiqarilgan edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |