O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti


Partiya,  sovet  xodimlarining  savodxonlik  darajasini  ko‘tarishga  qanchalik



Download 3,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet112/164
Sana31.12.2021
Hajmi3,29 Mb.
#200128
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   164
Bog'liq
ingliz tili amalij gramatikasi (1)


Partiya,  sovet  xodimlarining  savodxonlik  darajasini  ko‘tarishga  qanchalik 
urinishmasin deputatlar orasida o‘rta va to‘liqsiz o‘rta ma’lumotlilar soni salmoqli ediki, bu 
respublika Oliy Kengashi faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Ba’zi deputatlar o‘rta ma’lumot 
bilan Oliy Kengashning doimiy qo‘mitalari a’zosi ham bo‘ldi.  
 
30-yillarning ikkinchi  yarmidan 1959  yilgacha Sovetlarga Markazdan kelgan  rahbar 
partiya  va  sovet  xodimlarini  saylash  yo‘lga  qo‘yildi.  IV  chaqiriq  Oliy  Kengashning  294 
deputatidan  16  tasi  markaz  vakillari  edi.  Bunday  ish  yuritish  70  yillardan  qaytadan  yo‘lga 
qo‘yildi. 
 
Urushdan  keyingi  yillarda  dunyo  xalqlari  o‘rtasida  tinchlik  va  hamkorlikni 
mustahkamlashga O‘zbekiston o‘z hissasini qo‘shdi, uning xorijiy mamlakatlar bilan savdo 
va madaniy aloqalari kengaydi. 1958 yili O‘zbekiston dunyoning 32 mamlakatiga sanoat va 
qishloq  xo‘jalik  mahsulotlarini  chiqargan  bo‘lsa,  1970  yil  76  mamlakat  bilan  savdo 
aloqalarini  o‘rnatdi.  Chet  davlatlarga  mahsulot  chiqarishda  O‘zbekiston  sobiq  Ittifoqda 
RSFSR  va  Ukrainadan  keyingi  uchinchi  o‘rinda  turdi.  Qorako‘l  teri  va  paxta  tolasidan 
boshlab,  mashinasozlik  mahsulotlarining  250  turi  to‘rt  qit’aning  deyarli  hamma 
mamlakatlariga  chiqarildi.  Ming  afsuski,  bu  mahsulotlar  O‘zbekiston  nomidan  emas 
“SSSRda ishlangan” degan tamg‘a bilan dunyoga tanildi. 
 
Andijon  mashinasozlik  zavodining  mahsulotlari  44  mamlakatga,  Toshkent  kabel 
zavodining mahsuloti 27, Chirchiq elektroximkombinati 20, Samarqanddagi “Kinap” zavodi 
30  mamlakatga  o‘z  mahsulotini  chiqardi.  Ko‘p  yillar  davomida  paxta  tashqi  bozorga 
chiqarilgan  asosiy  mahsulot  bo‘lib,  1953  yildan  boshlab  O‘zbekiston  paxtasi  Amerika 
Qo‘shma  Shtatlari,  Meksika,  Suriya  kabi  paxta  yetishtiruvchi  mamlakatlarning  raqobatini 
yengib yirik kapitalistik davlatlar bozoriga chiqdi va jami 35 davlatning bozorini egalladi. 
 
1960-70  yillari  O‘zbekiston  Osiyo,  Afrika  va  Lotin  Amerikasi  mamlakatlari  uchun 
minglab Oliy va o‘rta ma’lumotli mutaxassislar va malakali ishchi kadrlar tayyorlab berdi. 
1961  yili  Toshkent  Davlat  Universiteti  (hozirgi  O‘zbekiston  Milliy  Universiteti)  qoshida 
chet  elliklar  uchun  tayyorlov  bo‘limi  ochildi.  O‘zbekistonning  minglab  mutaxassislari 
ko‘pgina  mustaqillikka  erishgan  mamlakatlarning  iqtisodiyotini  rivojlantirishga  o‘z 
hissalarini  qo‘shdi.  O‘zbekistonlik  mashinasozlar,  paxtakorlar,  suv  xo‘jaligi  inshootlari  va 
ipakchilik mutaxassislari ko‘p mamlakatlarda o‘zlarining boy tajribalarini tashviqot qildilar. 
Misrdagi Asvon va Xelvonn suv inshootlari, Afg‘onistondagi Jalolobod kanali va Kubadagi 
sanoat qurilmalarida O‘zbekiston mutaxassislari ham ishtirok qildilar. 
 
“Feodalizmdan  sotsializmga  sakrab  o‘tish  mumkinligi  to‘g‘risidagi  marksistik 
ta’limotni”  O‘zbekiston  misolida  isbotlash  maqsadida,  Osiyo  va  Afrika  davlatlari  uchun 
sotsializmning tajriba maktabi sifatida uning xorijiy mamlakatlar bilan iqtisodiy va madaniy 
aloqalari kengaytirildi, delagatsiyalar almashish borasida ishlar jonlantirildi. 
 
1947-1955 yillari dunyoning 46 mamlakatlaridan, shu jumladan ilg‘or taraqqiy etgan 
davlatlardan  180  delegatsiya  O‘zbekistonga  tashrif  buyurdi.  Ana  shu  davrda  sobiq 
ittifoqning  delegatsiyalari  tarkibida  200  dan  ortiq  O‘zbekiston  fuqarolari  xorijiy 
mamlakatlarda  bo‘lib  qaytdi.  Bundan  tashqari  sa’nat  va  adabiyot  xodimlari  o‘rtasida 
delegatsiyalar  almashildi.  Bu  tadbirlar  natijasida  bizning  o‘lkada  “kazarma  sotsializmi” 
o‘rnatilgani ham oshkora bo‘ldi. 
 
Amerika Qo‘shma Shtatlari Oliy sudining a’zosi Uilam Duglas O‘zbekistonda bo‘lib 
qaytgandan  keyin  “Luk  “  jurnalida  O‘rta  Osiyo  respublikalaridagi  hayotda  Fransiyaning 


 
256 
mustamlakachilik tamg‘asi ko‘rinayapdi deb yozadi. Mahalliy matbuotda bunga tuxmat deb 
qaraydi. 
 
O‘zbekiston  xalqaro  birodorlashgan  shaharlar  uyushmasiga  a’zo  bo‘ldi.  Toshkent, 
Pokistonning  Karachi,  Liviyaning  Tripoli,  Hindistonning  Patiala,  AQShning  Sietl, 
Marokashning  Marokash,  Yugoslaviyaning  Skople  shaharlari  bilan  birodarlashdi.  O‘sha 
davrning muhim muammolari bo‘yicha Toshkentda xalqaro yig‘inlar, uchrashuvlar va ilmiy 
kengashlar chaqirildi. Jumladan, 1959-72 yillarda o‘ttizdan ortiq ilmiy sessiya va kengashlar 
bo‘lib  o‘tdi.  1958  yilni  kuzida  Toshkentda  37ta  Osiyo  va  Afrika  mamlakatlari 
yozuvchilarining  anjumani  o‘tdi  va  bu  yerda  “Toshkent  ruhi”  yuzaga  kelib,  xalqaro 
miqyosda O‘zbekistonning mavqeini oshirdi. 
 
O‘zbekiston  chet  davlatlar  bilan  siyosiy,  iqtisodiy  va  madaniy  aloqalarini 
kengaytirish,  uni  samarali  olib  borish  uchun  barcha  imkoniyatlarga  ega  bo‘lsa  ham  bu 
imkoniyatdan to‘la foydalana olmasdi. 
 
Vaholanki,  O‘zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasining  76,  77,112,  122 
moddalariga ko‘ra O‘zbekiston chet davlatlar bilan alohalar o‘rnatish, diplomatlar va elchilar 
tayinlash  va  chaqirib  olish  huquqlariga  ega  va  xalqaro  tashkilotlar  bilan  mustaqil  aloqalari 
o‘rnatish  mumkin.  Lekin,  amalda  respublikaning  xalqaro  munosabatlari  markazda 
rejalashtirilib, chizib berilgan doirada olib borildi. Chet davlatlardan birorta delegatsiyaning 
qabul  qilinishi,  jumhuriyatda  o‘tadigan  uchrashuvlar,  kengashlar,  anjumanlar  uchun 
“markazdan” ruxsat  shart  edi.  Ittifoqchi  respublikalarning, jumladan, O‘zbekistonning teng 
huquqligi va mustaqilligi to‘g‘risidagi qonunlar aslida qog‘ozda qoldi. 

Download 3,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   164




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish