O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti



Download 3,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/164
Sana31.12.2021
Hajmi3,29 Mb.
#200128
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   164
Bog'liq
ingliz tili amalij gramatikasi (1)

”qopchur”  ta’sis  etilgan.  Unga  ko‘ra  100  tadan  bir  miqdorda  chorva  soliqqa  to‘lanar  edi. 
(Bu soliq asosan mo‘g‘ullar turmush tarzi xususiyatini hisobga olgan holda joriy etilgan edi). 
“Yasoq“qa  ko‘ra,  davlat  xazinasi  uchun  “shulen”  deb  nom  olgan  oziq-ovqat  solig‘i  joriy 
qilingan.  
Bu soliqqa ko‘ra har bir podadan ikki  yashar qo‘y, qimiz uchun har mingta otdan bir 
biya  hisobidan  olingan.  Soliqlar  asosan  xonlar  tomonidan  barot  (ijara)  tarzida  oldindan 
xazina uchun undirilib, so‘ngra aholidan zo‘ravonlik bilan oshirilgan miqdorda undirilar edi. 
Ayniqsa,  hunarmandlarning  ahvoli  og‘ir  bo‘lgan  ularning  o‘z  yurtlarida  tirik  qolganlari 
mahalliy  xonlarning  mulki  sifatida  ishlatilinar  edi.  Masalan,  1262-yil  Buxoroda  bo‘lgan 
Xubilay  qoonning  vakili  bu  yerda  5000  ta  hunarmand  Botuxonga,  3000  tasi  malika 
Siyurko‘kteniga (Xubilay va Munqalarning onasi) tegishli bo‘lganligini qayd etadi. 1246-yil 
Mo‘g‘ulistonda  bo‘lgan  sayyoh  Plano  Karpini  eng  yaxshi  hunarmandlar  xoqon  xizmatida 
ekanligini va ularga qullarcha munosabatda bo‘lishlarini qayd etib o‘tadi. Bu guruh shaharlik 
hunarmandlarga  esa  kundalik  ovqat  berilib,  ularga  darhaqiqat  qullarcha  munosabatda 
bo‘lingan bo‘lsa, ikkinchi guruh shaharlik hunarmandlarga esa katta soliqlar solingan.  
Mo‘g‘ullarga  qarashli  bo‘lgan  harbiy  qurol-aslaha  va  anjomlar  ishlab  chiqaradigan 
ustaxonalar-”korxona”  nomini  olgan  bo‘lib,  u  yerdagi  hunarmandlar  esa  qul  darajasidagi 
kishilar  hisoblanar  edi.  Hunarmandlar  to‘laydigan  maxsus  soliqning  nomi  “tamg‘a”  deb 
atalgan.  Mo‘g‘ullar,  shuningdek,  batamom  huquqsiz  qullar  mehnatidan  ham  foydalanishar 
edi.  Mo‘g‘ullar  hukmronligi  davrida  yer  egaligi  holati  ham  o‘zgarib,  yangi  in’om  etilgan 
yerlar  mo‘g‘ulcha  suyurg‘ol  nomini  olgan.  Suyurg‘ol  hajmi  jihatidan  (unig  tarkibiga  juda 
katta  yer  maydonlari,  suv  havzalari,  dasht-yaylovlar  ham  kirib  ketar  edi)  iqtadan  farq  qilar 
edi. Bu davrda davlat, mulk (xususiy yerlar), vaqf (diniy idoralar ixtiyoridagi yerlar) yerlarda 
ko‘p  holda  ijaraga  chorakor  dehqonlar  mehnat  qilishgan.  Bir  qism  ijarador-o‘rtahol 
dehqonlar esa muzoriylar deb yuritilgan.  
Buyuk  hoqon  hisoblangan  O‘gedey  (1229-1241  yy.)  davridayoq  mo‘g‘ullar  o‘zlariga 
xizmat ko‘rsatayotgan ayrim kishilar, katta yer egalari, savdogarlarga turli yorliq va payzalar 
bera  boshladilar.  Payza  qimmatbaho  metall  (oltin,  kumush)  yoki  jez,  yog‘och  taxtalardan 
ishlangan bo‘lib, unga no‘yonning muhri qo‘yilar edi. Bunday payzaga ega bo‘lgan kishilar, 
shu  jumladan,  elchilar,  soliq  yig‘uvchilar  va  boshqa  shaxslar  aholidan  turli  yig‘im, 
to‘lovlarni talab qilib olish huquqiga ega edilar. Ko‘plab beriladigan payza egalari aholidan 
tekinga  ot-ulov,  yem-xashak,  yotar-joy,  oziq-ovqat  talab  qilishga  haqli  ham  edi.  Savdo 
yo‘llarida  joylashgan  bekatlar  “yom”  (jom)  deyilib,  ularning  xizmati  va  harajati  mahalliy 
aholi bo‘ynida edi. Bu bekatlar bo‘ylab davlat ishlari bo‘yicha ko‘plab elchi, chopar, vakil 
va boshqalar o‘tib, ularga xalq tekinga xizmat qilib, ularni ta’minlab turishi ham lozim edi. 
1235-yildan boshlab hoqon farmoniga ko‘ra, har bir yomning aloqa xizmati va harakati 2 ta 
tuman aholisiga yuklatildi. “Yomlar bo‘yidagi aholida toqat va majol ham qolmagan edi”,-
deb yozgan edi Rashididdin.  


 
132 
Mahalliy  aholi-hunarmand,  dehqon,  chorvador,  kim  bo‘lishidan  qat’iy  nazar  umum 
hashar ishlarida qatnashishi va tekinga ishlab berishi shart edi. Mo‘g‘ullarning ichki xo‘jalik 
hayotni savdo-sotiq sohasini bir oz jonlantirish borasidagi chiqargan past qiymatli tangalari 
aholi ichida o‘z o‘rnini topmadi. Aksincha, zo‘rlik po‘pisaga qaramay, 1232-yildan boshlab 
Samarqandda  pul  muomalasi  tugatildi,  savdo-sotiq  ayriboshlov  darajasiga  tushib  qoldi. 
Farg‘ona, Shosh, Termiz va boshqa viloyatlarda mo‘g‘ul istilosidan so‘ng pul zarb etish o‘z-
o‘zidan tugagan edi. Natijada tez orada Movaraunnahrda pul muomalasi butkul izdan chiqdi.  
Mislsiz  jabr-zulm,  aholining  xo‘rlik  va  qashshoqlik  domiga  tashlanishi,  soliqlarning 
haddan  ziyod  o‘sishi,  mehnatkash  aholining  tinka  madorini  quritib  yubordi.  Aholi  ichida 
mo‘g‘ullarning  zo‘ravonligi  va  istibdodiga  qarshi  norozilik  harakati  tobora  kuchayib,  bu 
norozilik ayniqsa, 1238-yilgi Mahmud Tarobiy qo‘zg‘olonida o‘z aksini namoyon qildi. Bu 
ozodlik qo‘zg‘oloni 1238-yil Buxorodan uch farsah (taxminan 18-21 km) uzoqlikdagi Tarob 
qishlog‘ida boshlandi. Bu qo‘zg‘olonda mo‘g‘ullar va mahalliy zodagonlar zulmidan ahvoli 
og‘irlashgan hunarmand, dehqon va kambag‘al aholi, ayniqsa, faol qatnashadi. Qo‘zg‘olonga 
esa  asli  Tarob  qishlog‘idan  bo‘lgan  g‘alvir  yasovchi  hunarmand  usta  Mahmud  Tarobiy 
boshchilik qiladi.  
Mahmud  Tarobiy  avval  o‘z  qishlog‘ida  istilochilar  zulmi,  bedodligiga  qarshi  otashin 
chaqiriqlar bilan chiqadi. O‘z atrofiga yig‘ilgan qo‘zg‘olonchilarga murojaat etib: “Yey haq 
toliblari,  qachongacha  kutamiz  va  intizorlik  tortamiz.  Ro‘yi  zaminni  tangridan 
qo‘rqmaydiganlardan pok qilmoq lozim. Kimning qanday qurolga qurbi yetsa, qilichmi, o‘q-
yoymi, kaltakmi, qo‘lga olsin. Qo‘ldan kelgancha tangridan qo‘rqmaydiganlardan birontasini 
ham  tirik  qo‘ymaslik  lozim”,-degan  so‘zlar  ozodlik  kurashiga  xalqni  da’vat  etadi.  Shu 
paytda  Sherozdan  kelgan  harbiy  anjomlar  ortilgan  karvon  qo‘zg‘olonchilarning 
qurollanishiga  yordam  beradi.  Qo‘zg‘olon  kuch-qudrati  oshib  borayotganligini,  xalq 
qo‘zg‘olonchilar  tarafiga  o‘tib  borayotganligini  ko‘rgan  mo‘g‘ul  no‘yonlari  Movarounnahr 
hokimi  Mahmud  Yalavochdan  yordam  so‘rashga  majbur  bo‘ladilar.  Mahmud  Tarobiy 
o‘zining  ko‘plab  tarafdorlari  bilan  Buxoro  tomon  yo‘l  oladi.  Buxorolik  aqoid  (diniy  ilm) 
olimi,  mashhur  shayx  Shamsiddin  Mahbubiy  ham  qo‘liga  qurol  olib,  o‘z  safdoshlari  bilan 
qo‘zg‘olonchilar safiga qo‘shiladi. Tarixchi Juvayniy Mahmud Tarobiy haqida shunday deb 
yozgan  edi:  “U  akobir,  boy-badavlat  kishilarni  haqorat  qildi,  sharmandasini  chiqardi, 
o‘ldirtirdi,  ularning  bir  qismi  esa  undan  qochib  qutildi.  U  oddiy  xalqqa  va  darbadarlarga, 
aksincha,  iltifot  va  marhamat  ko‘rsatdi”.  Darhaqiqat  Mahmud  Tarobiy  Buxoro  ahliga 
muruvvat  namunalarini  ko‘rsatdi.  Buxorodan  qochgan  mo‘g‘ul  harbiylari  va  buxorolik 
zodagonlar  Karmanaga  kelib  panoh  topgan  edilar.  Bu  yerda  ular  ma’lum  kuch  to‘plab, 
Mahmud  Tarobiy  ustiga  harbiy  yurishni  boshlaydilar.  Bundan  xabardor  bo‘lgan  Mahmud 
Tarobiy  dushmanga  qarshi  kurashish  maqsadida  shahar  chetidan  Karmana  yo‘liga  katta 
harbiy  kuch  bilan  chiqadi.  Ikki  o‘rtadagi  qattiq  jangdan  so‘ng  istilochilar  yengilib  orqaga 
chekindilar. Qo‘zg‘olonchilar mo‘g‘ullarni to  Karmanagacha quvib  bordilar. Ushbu jangda 
mo‘g‘ullardan  10000  kishi  qirib  tashlandi.  Lekin  bu  zafarli  jangda  qo‘zg‘olonchilar 
rahbarlari  Mahmud  Tarobiy  va  Shamsiddin  Mahbubiylar  halok  bo‘ldilar.  Qo‘zg‘olonchilar 
endilikda  shahid  ketgan  Mahmud  Tarobiyning  o‘rniga  uning  ukalari  Muhammad  va  Alini 
rahbar  etib  saylaydilar.  Lekin  bu  yangi  rahbarlarning  harbiy  tajribalari  yo‘q,  xalq  ularni 
yaxshi tanimas, omma ichida ular nufuzga ega emas edilar. Bu esa qo‘zg‘olonning borishiga 
salbiy  ta’sir  o‘tkazdi.  Oradan  bir  hafta  o‘tmay  mo‘g‘ullarning  Yelduz  no‘yon  va  Chag‘an 
qo‘rchi  boshchiligidagi  yangi  qo‘shini  qo‘zg‘olonni  bostirib  uchun  yetib  keldi.  Ikki 
tomonlama jangda Mahmud Tarobiy tarafdorlari butkul tor-mor qilinib, ikkala tomondan 21 
mingdan oshiq jangchi halok bo‘ldi.  
Mahmud  Tarobiy  boshchiligidagi  ushbu  xalq  ozodlik  qo‘zg‘oloni  xalqimiz  ozodlik 
kurashlari  tarixida  o‘ziga  xos  iz  qoldirdi.  U,  avvalo,  istilochilar  va  ular  tomoniga  o‘tib 
ketgan mahalliy zodagonlarning umumiy zulmiga qarshi ko‘tarilgan kurash edi. Bu ozodlik 
qo‘zg‘oloni  mo‘g‘ul  istilochilariga  ular  qanchalik  shavqatsiz  tuzum  o‘rnatmasinlar,  xalq 


 
133 
hamisha  o‘z  ona  vatani  ozodligi  yo‘lida  kurashdan  cho‘chimasligini  namoyon  qildi. 
Mo‘g‘ullar  bu  qo‘zg‘olondan  so‘ng  bosqoqlar  tomonidan  yig‘iladigan  soliq  va  o‘lponlarni 
tartibga  keltirishga  harakat  qildilar.  Mahmud  Torobiy  qo‘zg‘olonidan  keyin  Chig‘atoy 
qo‘zg‘olonni  bostirishda  sustkashlik  qilgan,  degan  maqsadda,  Mahmud  Yalavochni  o‘z 
amalidan  chetlashtirib,  uni  Movaraunnahrdan  chiqartirib  yubordi.  Tez  orada  xoqon  uni 
Dasin  (Pekin)ga  shahar  noibi  etib  jo‘natadi.  Shundan  so‘ng  Movaraunnahr  noibi  hamda 
ijaradori  sifatida  Mahmud  Yalavochning  o‘g‘li  Ma’sudbek  tayin  etiladi.  U  o‘limiga  qadar 
(1289 y.) shu lavozimni egallab turadi.  
XIII  asrning  ikkinchi  choraklaridan  boshlab,  mo‘g‘ullarning  ichida  ham  endilikda 
ma’lum  siyosiy  nizolar,  parokandaliklar  kelib  chiqa  boshlaydi.  1241-yilga  kelib  bosib 
olingan  Rusiya,  Volga  bo‘yi,  Ural  va  boshqa  yerlardan  Oltin  O‘rda  davlati  tashkil  topadi. 
Mo‘g‘ullar  1256-yili  Xulagu  boshchiligida  Eron,  Kurdiston,  Iroq  va  Yaqin  Sharqning 
boshqa  yerlariga  hujum  qiladilar.  Mo‘g‘ul  xonlari  o‘rtasida  oliy  hukmdorlik  uchun  kurash 
avj  oladi.  Ayniqsa,  buyuk  hoqon  Guyukxonning  (1246-1249)  o‘limidan  so‘ng  bu  kurash 
keskin  kuchayadi.  1251-yili  hokimiyat  tepasiga  Botuxon  va  Berkaxonlarning  qo‘llab-
quvvatlashlari  bilan  Tulining  to‘ng‘ich  o‘g‘li  Munqa  (1251-1259)  ulug‘  xon  sifatida 
saylanadi.  U  dastlab  Chig‘atoy  ulusini  mulk  sifatida  tugatadi  va  uni  Botuxon  bilan  bo‘lib 
oladi.  Keyinchalik  Munqaning  o‘limidan  so‘ng  Chig‘atoyning  nevarasi  Olg‘uxon  (1261-
1266) Oltin O‘rdaga qarshi kurashib, Chig‘atoy ulusini qayta tiklashga muvaffaq bo‘ladi.  
XIII  asrning  60-70-yillariga  kelib,  rasman  yagona  hisoblangan  mo‘g‘ul  imperiyasi 
aslida  Erondagi  Xulagiylar,  Movaraunnahrdagi  Chig‘atoylar,  Oltin  O‘rda  deyarli  mustaqil 
qismlariga  bo‘linib  ketgan  edi.  Har  bir  ulus  xoni  o‘zini  tamomila  mustaqil  sanab,  payt 
kelganda  qo‘shni  uluslarga  o‘lja  uchun  hujum  ham  qilib  turar  edilar.  Masalan  1272-yili 
Xulagiylarning  Oqbek  boshchiligidagi  askarlari  Kesh  va  Nahshab  shaharlarini,  1273-yil 
yanvarida  Buxoroni  talon-taroj  etadilar.  Buxoro  dahshatli  qirg‘in-barotni  boshdan  kechirib, 
yetti  yilgacha  vayrona  tarzda  yotadi.  Mo‘g‘ullar  to‘g‘risida  so‘z  ketganda  yana  bir  muhim 
xususiyatni  e’tiborga  olmoq  kerak  bo‘ladi.  Bosib  olingan  yerlarda  mo‘g‘ul  harbiy 
sarkardalari, no‘yonlari, zodagonlari orasida siyosiy dunyoqarash o‘zgara boshlaydi.  
Ba’zi  no‘yon,  xonlar,  harbiy  ma’murlarning  kichik  qismi,  ularga  ergashgan  mahalliy 
zodagonlar,  savdogarlar,  diniy  ulamolar  va  boshqalar  o‘troq  hayotga  o‘tish,  markaziy 
hokimiyatni kuchaytirib, savdo-sotiqni rivojlantirish tarafdorlari edi. Dehqonchilik va savdo-
sotiq  xazinaning  asosiy  manbayi  bo‘lishi  mumkin  edi.  Buning  uchun  esa  shahar  va 
qishloqlarni  tiklash,  ekinzorlarni  o‘zaro  payhon  etishga  chek  qo‘yish,  soliqlarni  tartibga 
tushirish,  shaharlar  rivoji,  savdo,  hunarmandchilikka  homiylik  qilish  darkor  edi.  Yuqorida 
ta’kidlangan madaniylashish tarafdorlari safiga Munqaxon (1251-1259) va Chig‘atoy noibi, 
hoqonning  yaqin  maslahatchisi  Ma’sudbek  (1238-1289)  ham  kirar  edilar.  Munqaxon 
shubhasiz  tadbirli  va  zehnli  Movaraunnahr  noibi  Ma’sudbekning  ta’siri  ostida  ba’zi  bir 
ijobiy o‘zgarishlarni amalga oshirdi. 
 
Butun  mo‘g‘ullar  imperiyasida  soliqlar  bir  xil  tarzda  undirilmas  edi.  Masalan, 
Xitoyning  shimoli,  Movarounnahrda  badavlat  kishi  10  dinor,  kambag‘al  1  dinor  to‘lasa, 
Xurosonda  badavlat  kishi  7  dinor,  kambag‘al  esa  1  dinor  to‘lar  edi  va  xakozo.  Munqaxon 
soliq va xashar ishlarini tartibga solish borasida maxsus farmon-yorliq chiqardi. Unga ko‘ra 
Chingizxon o‘limidan so‘ng berilgan payza va  yorliqlar bekor etildi,  yomlar bo‘ylab aloqa 
vositasi  uchun  ajratiladigan  otlar  soni  belgilanib,  aholidan  ortiqcha  ot-ulov  talab  etish, 
yomlar  uchun  belgilangan  otlarda  shaxsiy  maqsadda  foydalanish  ta’qiqlab  qo‘yildi. 
Munqaxoning  qonunlashtirib  qo‘ygan  chora-tadbirlari  aholini  behisob  soliq  va  yig‘inlardan 
ozod  etib,  ularning  tinchlik-osoyishtaligini  bir  muncha  ta’minladi,  shahar  hayotining,  ichki 
va  tashqi  savdoning  rivojlanishiga  qisman  imkon  yaratib  berdi.  Bu  islohotlar  natijasida 
mamlakatning  ayniqsa  shimoliy-sharqiy  rayonlari,  jumladan  Farg‘ona  vodiysida  xo‘jalik, 
iqtisodiy hayotda jonlanish sodir bo‘la boshlaydi.  


 
134 
 
Ayniqsa, xo‘jalik-iqtisodiy hayotni bir me’yorga tushirish, savdo va pul muomalasini 
izga solishda Chig‘atoy ulusi noibi Ma’sudbekning xizmati va islohotlari katta o‘rin tutgan. 
Ma’sudbek mo‘g‘ul qoonlariga shaxsan yaqinligi ham uning islohotlar o‘tkazilishga imkon 
ham  bergan  edi.  1271-yili  mo‘g‘ullarning  madaniy,  o‘troq  hayot  tarafdorlari  madadi,  Talas 
qurultoyi (1269-y.) qarorlariga tayanib, Ma’sudbek yangi pul (moliyaviy) islohot o‘tkazishga 
kirishdi.  Unga  ko‘ra,  har  qanday  shaxs  o‘ziga  kerakli  tangalarni  zarbxonalarga  olib  borib, 
uni  xohlagan  tarzda,  lekin  bir  xil  hajm,  qiymat,  vaznda  zarb  etish  mumkin  edi.  Avval 
boshida  qiyinchilik  bilan  kechgan  bu  jarayon  XIII  asrning  80-yillariga  kelgandagina 
faollasha bordi. Tez orada 16 ta yirik shahar va viloyatlarida bir xil vazn va yuqori qiymatga 
ega sof kumush tangalar zarb etilib, muomalaga kiritildi. Garchi atrofdagi islohotlarga qarshi 
mo‘g‘ul  harbiylari  Erondan,  Yettisuvdan  Movaraunnahrga  vayronagarchilik  keltirib 
chiqaruvchi  kurashlarni  amalga  oshirib  tursalarda,  lekin  islohotlar  borishiga  to‘sqinlik  qila 
olmadilar.  Ma’sudbek  1273-1276-yillari  qayta  talangan  Buxoroning  tiklanishiga  o‘zi  bosh 
qosh bo‘ldi. 1282-83-yillarda  Buxorodagi  zarbxonalar to‘laqonli ishlashga kirishdi. Savdo-
iqtisodiy  munosabatlar  rivojlanib  borayotgan  Farg‘ona  vodiysida  esa  Chig‘atoy  xoni 
Duvaxon (1291-1306) davrida Andijon shahriga ham asos solindi. 
 
XIV asrning 1-yarmiga kelib, Chig‘atoy ulusida mo‘g‘ullarning o‘troqlashuv jarayoni 
kuchayib,  mo‘g‘ul  zodagonlarining  katta  qismi  savdo  doiralari  bilan  yaqinlashib,  islom 
madaniyati  ta’siriga  berilishi  kuchayib  bordi.  Movarounnahr  madaniy  o‘lkasi  bilan  yaqin 
aloqa o‘rnatib, o‘troq hayot kechirishga intilgan Chig‘atoy xonlaridan biri Kebekxon (1309, 
1318-1326) bo‘ldi. U butunlay Movarounnahrga ko‘chib kelib, o‘z qarorgohini Nasaf shahri 
yonida barpo etdi. Keyinchalik bu saroy o‘rnida yangi Qarshi shahri yuzaga keldi. Kebekxon 
davlatni idora etish, uning ma’muriy tuzilishini qayta tashkil etish, iqtisodiy hayotni tartibga 
solish  maqsadida  2  xil  ma’muriy  va  moliyaviy  islohot  o‘tkazdi.  Ma’muriy  islohotga  ko‘ra 
mahalliy  tuzilmalar  tumanlarga,  viloyatlarga  aylantirildi.  Mahalliy  hokimlar-maliklar, 
sadrlarning  o‘rinlari  turkiy-mo‘g‘ul  urug‘  boshliqlari  qo‘liga  o‘tdi.  Noiblik  esa  merosiy 
bo‘lib  qoldi.  Bu  islohot  davlatni  birmuncha  mustahkamlashda  o‘zining  ijobiy  samarasini 
berdi. 
 
Ma’sudbek  davrida  pul  islohoti  amalga  oshirilgan  bo‘lsa-da,  Kebekxon  uni 
takomillashtirmoqchi bo‘ldi. Jumladan, u Xulagiylar va Oltin O‘rda tangalari namunasida 2 
xil pul: yirik kumush tanga-“dinor” va mayda kumush tanga “dirham” lar zarb ettiradi. 
 
Dinor (2 misqol, 8 gr. atroflarida) 6 ta dirhamdan iborat bo‘lib qoldi. Kebek nomidan 
tangalar asosan Buxoro va Samarqandda zarb etilar edi. Shuningdek, O‘tror zarbxonasi ham 
faol ishlay boshladi. 
 
Kebekxonning  islohotlari  anchadan  beri  o‘troq  hayot,  mahalliy  aholi  madaniyati 
bilan  yaqinlashuviga  qarshi  bo‘lgan  guruhlarning  ham  faoliyatini  kuchaytirib  yuboradi. 
Kebekxoning  ukasi  Oloviddin  Tarmashirin  (1326-1334)  akasining  siyosatini  davom  ettirib, 
o‘troq hayot an’analarini qattiq turib himoya qiladi. U islom dinini qabul qilib, islom dinini 
Chig‘atoy ulusining rasmiy diniga aylantiradi. Tarmashirin siyosatidan norozi ko‘chmanchi 
mo‘g‘ul  zodogonlari  isyon  ko‘tarib  1334-yilda  uni  o‘ldirishadi.  Tarmashirindan  so‘ng 
hokimiyat  tepasida  bo‘lgan  Changshi  (1334),  Bo‘zan  (1334-1338),  Eson-Temur  (1338-
1342),  Muhammad  (1342-1343)lar  davrida  Movarounnahrning  ijtimoiy-siyosiy,  iqtisodiy 
hayotida  sezilarli  o‘zgarishlar  bo‘lganligi  yo‘q.  Aksincha,  mahalliy  qabilalar  hokimiyati, 
urug‘  boshliqlarining  ta’siri  bu  paytga  kelib  yanada  kuchayib,  Chig‘atoy  hokimiyatining 
qudrati pasaya boshlaydi. 
 
XIV  asrning  40-yillariga  kelib,  Yettisuvda  Dug‘lot  amirligining  yuzaga  kelishi, 
amalda  Chig‘atoy  ulusining  tarqab  ketishidan,  o‘rniga  Movarounnahr  amirligi  yuzaga 
kelganligidan  dalolat  berar  edi.  Chig‘atoy  xonlarining  so‘nggi  vakilaridan  biri  Qozonxon 
(1343-1346)  markaziy  xon  hokimiyati  kuch-qudrati  ta’sirini  ko‘tarib,  ichki  siyosatda 
Kebekxon-Tarmashirin  yo‘lini  tutishga  harakat  qildi.  U  ko‘chmanchi  harbiylarga  qarshi 
kurash  olib  borib  Qashqadaryo  vohasida  hatto  ularga  qarshi  tayanch  markazi  etib-


 
135 
Zanjirsaroy qal’sini ham barpo etgan edi. Qozag‘on boshchiligidagi bir guruh ko‘chmanchi, 
talonchilik  siyosati  tarafdorlari  1346-yili  fitna  natijasida  Qozonxonni  o‘ldirishga  muvaffaq 
bo‘lishadi.  
 
Qozag‘an  o‘ziga  amir  unvonini  olib,  davlat  boshqaruvini  o‘z  qo‘liga  oldi. 
Movarounnahr Qozag‘on davridayoq bir necha yarim mustaqil qismlarga bo‘lib ketgan edi. 
Mamlakatda  siyosiy  tarqoqlik  avj  olib,  o‘zaro  nizolar  yanada  kuchaygan  edi.  Kesh 
(Shahrisabz) atrofidagi yerlar Hoji Barlos boshchiligidagi barlos urug‘iga, Xo‘jand Boyazid 
Jaloyiriyga qaram bo‘lib qoldi, Balx va uning atrofidagi yerlar Qozog‘onning nevarasi amir 
Husaynga tobe bo‘ldi, Shiburg‘on esa Muhammadxo‘ja Apverdi qo‘liga o‘tib ketdi. Bundan 
tashqari  Buxoroda  diniy  ulamolardan  iborat  sadrlar,  Xuttalonda  mahalliy  hokimlardan 
bo‘lishi  Kayxusrav,  Termizda-sayidlar,  Badaxshonda  o‘zboshimcha  mahalliy  shohlar 
hokimiyatni qo‘lga olishdi. 

Download 3,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   164




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish