O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti



Download 3,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/164
Sana31.12.2021
Hajmi3,29 Mb.
#200128
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   164
Bog'liq
ingliz tili amalij gramatikasi (1)

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


 
138 
 
9-mavzu. Amir Temur va Temuriylar davrida o`zbek davlatchiligining yuksalishi. 
Ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayot. 
 
 
Amir Temurning markazlashgan davlat tuzish uchun kurashi va harbiy 
yurishlari 
 
Buyuk  davlat  arbobi  va  mahoratli  sarkarda  Amir  Temur  1336-yil  8-aprelda  (hijriy 
736,  sha’bon  oyining  25  kunida)  Keshga  qarashli  Xo`ja  Ilg‘or  (hozirgi  Yakkabog‘  rayoni) 
qishlog‘ida barlos beklaridan biri Amir Tarag‘ay ibn  Barqal  oilasida dunyoga keldi. Onasi 
Takinaxotun Keshning obro‘li bekalaridan biri bo‘lgan.  
 
Temurning  bolaligi  va  o`spirinlik  yillari  Keshda  o`tdi.  Ibn  Arabshoh,  Rui  Gonzales 
de  Klavixo  va  boshqa  tarixshunoslar  1360  yilga  qadar  uning  hayotini  ayrim  ma’lumotlar 
bilan izohlashadi. 
 
1360-1361 
yillarda 
Mo`g‘uliston 
hukmdori 
hoqon 
Tug‘luq 
Temur 
Movarounnahrning ichki hayotiga rahna sola boshlaydi. Uning bosqinchilik tadbirlari O`rta 
Osiyolik  mustaqil  hukmdorlarga  ma’lum  bo`lganidan  keyin  ular  sarosimaga  tushib 
qolganlar.  Shular  qatoriga  Kesh  amiri  Hoji  Barlosni  ham  kiritish mumkin.  Tug‘luq  Temur 
Xo`jandni  ishg‘ol  etish  niyatida  Sirdaryodan  o`tganidan  so`ng  Movaraunnahr  amirlari  va 
Hoji Barlos qo`rquvdan o`z jonlarini xalos etish uchun Amudaryodan o`tib Xurosonga ketib 
qoldilar. 
 
1360-1370-yillarda  Movaraunnahr  siyosiy  hayotida  Amir  Temur  bilan  bir  qatorda 
ta’sir o`tkazgan shaxslardan yana biri Amir Qozog‘onning nabirasi amir Husayn edi. Balx va 
uning  atrofidagi  yer-mulklar  uning  tasarrufida  edi.  1361-yilda  Amir  Temur  amir  Husaynga 
yaqinlashgan  edi.  Endi  ikkala  hukmdor  birlashib,  mo`g‘ul  xonlariga  qarshilik  ko`rsatish 
imkoniga  ega  bo`ldilar.  Ma’lumki,  Amir  Temur  mo`g‘ul  hokimiga  qaram  edi.  Vaqti  kelib, 
Movaraunnahrni  boshqarishni  Tug‘luq  Temur  o`z  o`g‘li  Ilyosxo`jaga  topshirdi.  Mustaqil 
bo`lishga harakat qilib yurgan Amir Temur yangi hukmdorga itoat etmadi. Buning oqibatida 
yangi  ziddiyat  yuzaga  chiqdi.  Amir  Xusayn  bilan  Sohibqiron  Temurning  bir-birlari  bilan 
juda  yaqinlashgan  va  yaxshi  munosabatda  bo`lgan  davrlar  1361-1365-yillarni  o`z  ichiga 
oladi. 
 
Amir  Temurning  hayotida  ro`y  bergan  va  bir  umrga  unga  tan  jarohatini  muhrlagan 
voqea 1362 yilda Seyistonda bo`lib o`tgan. Amir Temur jang vaqtida o`ng qo`lini tirsagidan 
va  o`ng  oyog‘idan  kamon  o`qi  tegishidan  qattiq  jarohatlanadi.  Buning  oqibatida  u  bir  umr 
oqsoqlanib  yuradi.  Shu  bois  undan  dahshatga  tushgan  dushmanlari  Amir  Temurni  hasad 
bilan “Temurlang” deb atashgan. 
 
Tug‘luq  Temur  o`limidan  so`ng  1363-yilda  Movaraunnahr  tuprog‘idan  haydalgan 
Mo`g‘ul  xoni  Ilyosxo`ja  yangidan juda katta lashkar bilan  avvalgi  mulklarini egallab olish 
maqsadida  Movaraunnahr  tomon  harakat  qila  boshlaydi.  Mo`g‘ul  xoni  ayniqsa  o`zining 
raqiblariga  nisbatan  qahrli  kayfiyatda  ekanligi  ham  ma’lum  edi.  Temur  va  Amir  Husayn 
bo`lg‘usi qaqshatqich to`qnashuvga imkon boricha harbiy kuchlarni yig‘dilar. Tarixda “Loy 
jangi”  nomi  bilan  kirgan  mazkur  jang.  Chinoz  bilan  Toshkent  o`rtasida  1365-yilning 
bahorida  ro`y  bergan.  Amir  Temur  va  Amir  Husayn  Chirchiq  daryosi  bo`yidagi  bu  jangda 
mag‘lubiyatga uchraganlar. Mazkur mag‘lubiyat  sabablarini, har xil bayon etishadi. Ayrim 
solnomachilar  mo`g‘ul  xonining  g‘olib  chiqishida  Amir  Husaynning  sust  va  layoqatsizlik 
bilan harakat qilishi deb izohlaydi. Ehtimol shundandir, yoki mo`g‘ul xoni qo`shinining soni 
ko`pligi hamda yaxshiroq tayyorlanganligi bu yutuqning asosiy omili bo`lsa kerak. 
 
Qayta urinish behuda ekanligini anglab yetgan Amir Temur jang maydonini tark etib, 
qolgan-qutgan  askarlari  bilan  Samarqand  tomon  qaytib  ketgan.  Samarqand  shahriga 
kelgandan  so`ng  bu  yerda  ham  uzoq  turmasdan  avvaliga  Keshga  so`ngra  Amudaryo  orqali 
Balxga o`tib ketadi. Yuqorida ta’kidlab o`tganimizdek, bu paytda Movarounnahrning bosh 
amiri  Husayn  edi.  Biror  qarorga  kelish  esa  uning  irodasiga  bog‘liq  bo`lgan.  Shu  sababli 


 
139 
Amir  Temur  ham  uning  ko`rsatmasi  bilan,  ko`p  hollarda  Husaynning  roziligi  bilan  ish 
tutishga  majbur  edi.  Samarqand  shahri,  qolaversa,  butun  Movaraunnahr  o`z  holiga  tashlab 
qo`yildi.  Mo`g‘ul  xoni  changalidan  qutilish  samarqandliklarning  o`ziga  bog‘liq  edi.  Bu 
sharoitda Samarqand mudofaasini sarbadorlar o`z qo`llariga oldilar. 
 
Sarbadorlar  mo`g‘ullar  zulmidan  ozod  bo`lish  yo`lida  o`zlarini  qurbon  qilishga 
tayyor edilar. Sarbadorlar harakati XIV asrning 30-yillarida Eronda ijtimoiy-siyosiy harakat 
sifatida 
paydo 
bo`lib, 
50-60-yillarda 
Movarounnahrga 
ham 
yoyildi. 
Harakat 
qatnashchilarining  asosiy  maqsadi  mo`g‘ul  istilochilari  va  zulm  o`tkazuvchi  mahalliy 
qatlamlarga qarshi kurash edi. 
 
Xurosondagi singari Samarqandda ham bu harakat qatnashchilarning ijtimoiy tarkibi 
aynan  bir  xil  bo`lgan.  Hunarmandlar,  do`kondorlar  ayrim  madrasa  mudarislari  va  talabalar 
mazkur harakatga faol qo`shildi. Ilyosxo`ja to`g‘ridan-to`g‘ri Samarqandga tomon yo`l oldi. 
Shahar  jome’  machitiga  yig‘ilgan  aholi  oldida  sarbadorlarning  bo`lajak  rahbaridan  biri 
bo`lgan,  madrasa  mudarrisi  Mavlonozoda  chiqib,  shaharning  har  bir  a’zosidan  katta 
miqdorda soliq va to`lov  yig‘ib, uni  o`z bilganicha sarf etib  yurgan hukmdorning shaharni 
o`z holiga tashlab qo`yganligini uqtirib o`tadi. 
 
Mudofaa rahbarligiga Mavlonozoda qatoriga Mavlono Xo`rdak Buxoriy va Abu Bakr 
Kalaviy  ham  qo`shildilar.  Mudofaa  tashkil  etilganligidan  xabarsiz  mo`g‘ullar  hukmdorsiz 
shaharni  himoyasiz  deb  o`ylashardi.  Ularning  asosiy  qo`shinlari  shaharga  kiraverishdagi 
bosh  ko`chadan  hujum  qiladilar.  Xavf-xatardan  shubhasi  bo`lmagan  bosqinchilar 
Mavlonozoda  kamonchilari  bilan  pistirmada  turgan  joyga  yaqinlashganlarida  to`satdan 
kamon  o`qlariga  duch  keladilar.  Shahar  mudofaachilari  mo`g‘ullarga  uch  tarafdan  hujum 
qildilar.  Birinchi  hamladayoq  shaharni  egallaymiz  deb  o`ylab  bostirib  kirgan  mo`g‘ullar 
katta talofat ko`rib, orqaga chekinishga majbur bo`ldilar. 
 
Samarqandliklarning  ishlab  chiqqan  harbiy  rejasi  puxta  chiqdi  va  o`z  samarasini 
berdi.  Bir  necha  hujum  samarasiz  tugagach,  mo`g‘ullar  shahar  atrofini  qurshab  olib  uzoq 
vaqt  qamal  qilish  rejasini  o`ylab  chiqdilar.  Lekin  lashkar  safida  yuqumli  kasallik  tarqaldi. 
Buni  ot  vabosi  (o`lati)  deb  atashadi.  O`lat  oqibatida  Ilyosxo`ja  qo`shinlariga  mansub 
otlarning  katta  qismi  qirilib  ketdi.  Ilyosxo`ja  katta  yo`qotishlar  bilan  dastlab  Samarqandni 
keyin esa Movaraunnahrni tashlab ketishga majbur bo`ldi. 
 
Bu  paytda  Keshda  bo`lgan  Amir  Temur  bu  xabarni  Amudaryo  bo`ylarida  bo`lgan 
Amir  Husaynga  etkazdi.  1366-yilning  bahorida  ular  Samarqandga  etib  keladilar  va 
sarbadorlar  rahbarlarini  o`z  huzurlariga  chorladilar.  Uchrashuv  Samarqanddagi  Konigil 
degan joyda bo`ldi. Bu erda sarbadorlarning rahbarlari bilan kelishmovchilik  yuz beradi  va 
ular  qatl  etiladi.  Amir  Temurning  iltimosi  bilan  faqat  Mavlonozoda  omon  qoldirilib, 
Xurosonga  jo`natiladi.  Sarbadorlar  harakati  bostirilgandan  so`ng  Amir  Husayn  va  Amir 
Temur  o`rtasidagi  munosabatlar  keskinlashadi.  Bunga  Amir  Husaynning  sarbadorlarga 
nisbatan adolatsizligi ham bir qadar sabab bo`lgan edi.  
 
1366-1370-yillar  oralig‘ida  Amir  Temur  o`z  e’tiborini  ichki  ishlarga  qaratdi.  Amir 
Husayn  va  Amir  Temur  o`rtasidagi  ziddiyatlar  1370-yilda  Husaynning  o`ldirilishi  va  Amir 
Temurning  taxtga  o`tirishi  bilan  yakunlandi.  Movaraunnahrning  amaldagi  xoni  Chingizxon 
avlodiga  mansub  bo`lgan  Suyurg‘otmish  qo`liga  o`tdi.  Davlat  boshqaruv  tizimi  esa 
Movaraunnahr  amiri  nomini  olgan  Amir  Temir  qo`lida  qoldi,  hamda  Kesh  shahridan 
Samarqandga ko`chib, uni o`z davlatining poytaxtiga aylantirdi. 
 
Amir  Temurning  Movarounnahrdagi  birlashtirish  siyosati  boshlangan  edi.  U 
Amudaryo  va  Sirdaryo  oralig‘ida  turgan  yerlarni  o`ziga  bo`ysundirib,  o`ziga  itoat  ettirdi. 
Farg‘ona, Shosh viloyatlarini o`z tasarrufiga kiritish unga qiyin bo`lmadi. Sirdaryoning quyi 
oqimidagi  Oltin  O`rdaga  qarashli  erlarni  egallashda  u  bu  erlardagi  ichki  sulolaviy 
urushlardan foydalandi. 
 
Amir Temur Xorazmni ham  qaytadan Movaraunnahrga kiritishga intildi. 1372-yilda 
Husayn  Sufi  Amir  Temurga  boj  to`lamasdan,  buning  ustiga  Sohibqiron  tomonidan 


 
140 
yuborilgan  elchiga  shunday  javob  berdi:  “Men  mamlakatni  qilich  bilan  fath  etganman, 
shuning uchun ham uni faqat qilich bilan olish mumkin”. 
 
O`sha  yili  Amir  Temur  Xorazmga  qo`shin  tortib  keladi.  Urganchga  borish  uchun 
Qiyot  shahri  orqali  o`tish  kerak  edi,  bu  shahar  bir  oz  qarshilik  ko`rsatgandan  keyin  Temur 
qo`shini  tomonidan  ishg‘ol  qilinadi.  Qiyotning  qo`ldan  ketishi  Xusayn  Sufiga  kuchli  ta’sir 
ko`rsatadi.  U  Amir  Temur  bilan  yarashishga,  uni  talablarini  bajarishga  rozi  bo`ladi.  Lekin 
ayrim hokimlar Amir Temurning tez baland martabaga erishishini ko`rolmay Husaynni unga 
qarshi  gij-gijlay  boshladilar.  Husayn  ularning  yordamiga  ishonib  Amir  Temurga  qarshi 
chiqadi, ammo uning tomonidan tor-mor  etiladi. Shundan so`ng  Husayn  Urganch qal’asiga 
berkinadi va tezda vafot etadi. Uning o`rniga akasi Yusuf So`fi (1372) hokimiyatga keladi va 
Amir  Temur  bilan  yarash  shartnomasi  tuzadi.  Lekin  u  yarash  shartlarini  xiyonatkorona 
buzib,  Amir  Temur  qaytib  ketgandan  keyin  Qiyot  shahrini  bosib  oladi  va  unga  qarshi 
ochiqdan-ochiq  dushmanlik  harakatlariga  o`tadi.  Shundan  so`ng  Amir  Temur  Xorazmga 
ikkinchi  marotaba  yurish  qilishga  majbur  bo`ladi.  (1373-1374-y.).  Ammo  bu  harbiy 
to`qnashuvgacha  bormaydi,  chunki  Yusuf  Amir  Temurga  tavba  qilib  yarash  shartlarini 
so`zsiz bajarishga va’da beradi. Bu ikkinchi yurish natijasidan Janubiy Xorazm Amir Temur 
davlati tarkibiga kiradi. 
 
1374-yildan keyin Amir Temur Xorazmga uch marotaba yurish qildi. Buning sababi 
Oltin O`rda xoni To`xtamishning Xorazmga da’vosi tufayli edi. 
 
1387-1388-yillarda  To`xtamish,  Amir  Temurning  Movaraunnahrda  yo`qligidan 
foydalanib,  Xorazmga  hujum  qildi.  Xorazm  hokimi  bo`lgan  Sulaymon  So`fini  Amir 
Temurga  qarshi  qo`zg‘olon  ko`tarishga  undadi.  Sulaymon  So`fi  bunga  rozi  bo`ldi.  Bu 
voqealar  Amir  Temurni  1388-yili  Xorazmga  yana  yurishga  majbur  etdi.  Temur  Urganchni 
ishg‘ol qildi va sufiylar sulolasini tugatdi. 
 
Shu  vaqtdan  buyon  Xorazm  Amir  Temur  davlati  tarkibiga,  keyin  esa  Temuriylar 
davlati  tarkibiga  kirgan.  Shunday  qilib,  Yettisuvdagi  va  Sirdaryo  etaklaridagi  yerlardan 
tashqari, Turkiston yerlarining hammasi Amir Temur qo`liga o`tdi. 
 
Amir  Temurning  harbiy  yurishlari  tarixda  “uch  yillik”  (1386-1388)  “besh  yillik” 
(1392-1396)  “yetti  yillik”  (1399-1405)  urushlar  deb  nom  olgan.  Temur  1381  yilda  Hirotga 
yurish  qiladi.  Bu  davrda  Hirotni  kurdlar  sulolasi  boshqarar  edi.  Ularning  hukmdori 
G‘iyosiddin  Pir  Ali  Temurga  qattiq  qarshilik  ko`rsatmadi.  Lekin  1383  yilda  Hirotda 
qo`zg‘olon ko`tarildi. Qo`zg‘olon bostirildi va kurdlar sulolasi qulashi bilan sarbadorlarning 
so`nggi hokimi bo`lgan Ali Muayyod ixtiyoriy suratda o`z yerlari va hokimiyatini Temurga 
topshirdi. XIV asrning 80-yillari o`rtasiga kelib butun Xuroson Amir Temur ixtiyoriga o`tdi. 
“Uch  yillik”  urush  davrida  Amir  Teur  Ozarbayjon,  Tabriz,  Mozandaron,  G‘ilonni 
bo`ysundiradi. Shundan keyin u Kavkazga yurish boshlab, Tiflis, Arzirum va Van qal’asini 
egalladi. 
 
Shunday  qulay  payt  kelganidan,  ya’ni  Amir  Temurning  Erondaligidan  foydalangan 
To`xtamish Movaraunnahrga Qamariddin etakchiligida qo`shin yubordi. 
 
1388-yil  yanvarida  Amir  Temurning  qaytishini  kutgan  dushman  orqaga  qayta 
boshladi.  Amir  Temur  amirlari  Husayn,  Shayx  Ali  Bahodir  va  boshqalarga  dushmanni  daf 
qilishni topshirdi. Ular Sirdaryo bo`yidagi Sarisuv degan joyda dushmanni quvib yetib unga 
katta  talofat  yetkazdilar.  To`xtamish  1388-yil  oxirida  Amir  Temurga  qarshi  qayta  hujum 
boshladi.  Amir  Temur  esa  urushga  tayyorlanish  uchun  Sagoron  (Kattaqo`rg‘on)da 
qarorgohini  tikib,  qo`shinlarini  jangovar  holatga  keltirdi.  Amir  Temur  dushmanning  orqa 
tarafidan  hujum  qilish  uchun  Qo`ng‘i  o`g‘lon,  Temur  Qutlug‘  o`g‘lon,  Shayx  Ali  Bahodir 
qo`mondonligidagi  qo`shinlarni  yuboradi.  Hujum  muvaffaqiyatli  bo`ldi.  Dushman  tor-mor 
etilib, To`xtamish zo`rg‘a qochib qutuldi. 
 
1393-1394-yili Amir Temur Sheki (Ozarbayjonning shimoliy qismi)da turgan paytda 
To`xtamish Kavkazorti viloyatlariga hujum qildi. Amir Temur Shekidan chiqib Qura daryosi 
bo`ylab  yurdi.  Oltin  O‘rdaliklar  Amir  Temur  qo`shinlari  kelayotganini  eshitib  chekinishga 


 
141 
majbur  bo`ldilar.  1395-yil  aprelida  Amir  Temur  va  To`xtamish  o`rtasida  urush  harakatlari 
yana  boshlanib  ketdi.  Jangning  asosiy  qismi  o`ng  qanotda  bo`ldi.  Ushbu  qanotda  mushkul 
vaziyat  paydo  bo`lgan.  Amir  Temur  zahira  qo`shin  bilan  jangga  kirdi  va  dushmanni 
chekinishga majbur qildi. To`xtamish uchinchi jangdan keyin hokimiyatdan ajraldi. 
 
To`xtamish qo`shinining Terek daryosi bo`yida tor-mor etilishi va 1395 yilda Saroy 
Berkaning  xaroba  qilinishi  Oltin  O`rdaga  juda  kuchli  zarba  bo`ldi.  Shundan  keyin  u  o`zini 
o`nglay olmadi. 
 
Amir  Temurning  bir  mamlakatga  qilgan  yurishlari  uning  boshqa  mamlakatlarga 
qilgan yurishlari bilan ketma-ket borganligini urush voqealari ko`rsatib turadi. Amir Temur 
Ozarbayjonga  bir  necha  marotaba  hujum  qilib  bordi  va  1387-yilda  uni  bo`ysundirishga 
muyassar  bo`ldi.  Armaniston  va  Gruziyani  Amir  Temur  1392  yilda  bo`ysundiradi. 
Temurning uzoq Hindistonga yurishi 1398-yilda tamomlandi. 
 
Sohibqiron Amir Temurning harbiy mahorati shunda ediki, u o`z dushmanlarini erkin 
nafas olishga qo`ymagan. 1400-yilda Amir Temur qo`shinlari turk sultoni Boyazid I va Misr 
sultoni  Faraj  bilan  kurash  olib  bordilar.  1402-yilda  Amir  Temur  Anqara  yonida  Boyazid 
bilan ikkinchi marta to`qnashdi va uni tor-mor etdi. 
 
Amir  Temur  o`z  qo`shinlari  bilan  1404-yilning  oxirida  Xitoyga  qarab  yo`lga 
chiqqandi. O`sha yili qish O`rta Osiyo tarixida eng qahraton qish bo`lgan. Sirdaryoning suvi 
1  metga  muzlagan,  askarlardan  ko`pini  quloq-burunlarini,  qo`l-oyoqlarini  sovuq  olgan  edi. 
Amir  Temurning  o`zi  ham  ko`p  o`tmay  shamollab  qoladi.  1405-yil  yanvar  oyining 
o`rtalarida  O`trorda  to`xtashga  qaror  qilishadi  va  bu  erda  18-fevral  kuni  buyuk  jahongir 
Sohibqiron Amir Temur vafot etdi. 
 
Amir Temur 35 yil davomida harbiy yurishlar qiladi. Bu yurishlar natijasida u buyuk 
davlat  tashkil  qilishga  erishdi.  Uning  tarkibiga  Movarounnahr,  Xorazm,  Kaspiy  atrofidagi 
viloyatlar, hozirgi Afg‘oniston, Eron, Turkiya, Hindiston, Iroq, Janubiy Rossiya, Kavkaz va 
G‘arbiy Osiyoning bir qator mamlakatlari kiradi. Amir Temurning muvaffaqiyatiga  avvalo 
uning  nodir  harbiy  iste’dodi  sabab  bo`ldi.  Amir  Temur  qo`shinida  qat’iy  tartib  va  intizom 
o`rnatilgan  edi.  Har  bir  jang  rejasini  va  barcha  qismlar  uchun  yo`l-yo`riqlarni  o`zi  ishlab 
chiqardi.  Uning  harbiy  iste’dodi  Anqara  yaqinida  Sulton  Boyazidga  qarshi  jangda  ayniqsa 
yorqin  namoyon  bo`ldi.  Armiyaning  yuragini  va  qo`mondonlik  o`zagini  barlos  urug‘i 
vakillari  tashkil  etardi.  Shu  davr  voqealarining  shohidi  bo`lganlarning  guvohlik  berishicha 
barloslar  harbiy  qo`nimsizlikka  nihoyatda  chidamli,  yoydan  o`q  uzishga  juda  usta,  o`z 
hukmdorlariga sodiq va sabr-toqatli bo`lganlar.  
 
Mustaqillik  sharofati  hamda  Respublikamiz  Prezidenti  I.Karimov  tashabbusi  bilan 
sovetlar davrida unut bo‘lgan buyuk Sohibqironning pok nomi qayta tiklandi. Tarixiy adolat 
qaror topib, 1996 yili Sohibqironning 660 yillik tavallud yoshi butun jahonda keng miqyosda 
nishonlandi. 
 
  

Download 3,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   164




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish