O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti


XIII asr 2-yarmi va XIV asr 1-yarmidagi madaniy hayot



Download 3,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/164
Sana31.12.2021
Hajmi3,29 Mb.
#200128
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   164
Bog'liq
ingliz tili amalij gramatikasi (1)

 
XIII asr 2-yarmi va XIV asr 1-yarmidagi madaniy hayot 
XIII  asr  II-yarmida  XIV  asr  I-yarmida  xo‘jalik,  iqtisodiy  hayotdagi  siljishlar,  savdo-
sotiqning rivojlanishi, qolaversa, Chig‘atoy mo‘g‘ullarining tobora o‘troq hayotga moslasha 
borishi, bosqinchilik vaqtida tanazzulga yuz tutgan madaniy hayotning nisbatan jonlanishiga 
olib  keldi.  Avvalo  shaharsozlik  bilan  bog‘liq  binokorlik  va  me’morchilik  yo‘lga  qo‘yila 
boshlandi.  Mahalliy  diniy  ulamolar  va  dunyoviy  zodagonlar,  gohida  mo‘g‘ul 
zodagonlarining  ba’zilari  qurilish  ishlariga  homiylik  qila  boshlashdi.  Me’morchilikda 
alohida o‘rin tutgan ganchkorlik, g‘isht o‘ymakorligi, koshinpazlik, me’moriy xattotlik qayta 
tiklandi.  Movaraunnahr,  Xorazmda  mahalliy  binokorlar  ishtirokida  xonaqo,  maqbara, 
masjid,  madrasa,  saroy,  minoralar  qad  ko‘tara  boshladi.  Shu  davrlarda  barpo  etilgan 
ko‘pgina me’moriy obidalar u yoki bu ko‘rinishda hozirgi kunlargacha yetib kelgan.  
Jumladan,  Buxorodagi  Sayfiddin  Boharziy  maqbarasini  birinchilardan  barpo  etilgan 
me’moriy bino sifatida ko‘rish mumkin. Taniqli buxorolik shayx Sayfiddin Boharziy nufuzli 
diniy ulamolardan biri bo‘lib, u 1258-yili olamdan o‘tgan edi. Uning qabri ustida tez orada 
katta maqbara va honaqo barpo etildi. 1333-yili Buxoroda bo‘lgan arab sayyohi ibn Battuta 
ushbu  maqbaraga  yuqori  baho  bergan  edi.  Shuningdek,  mana  shu  davrlarda  barpo  etilgan 
Buxorodagi  Qusam  ibn  Abbos  maqbarasi  ziyoratxonasi,  Xo‘ja  Ahmad  maqbarasi,  Qo‘hna 
Urganchdagi  Najmiddin  Kubro  va  To‘rabekxonim  maqbarasi,  masjid  va  2  ta  baland 
minoralar  (minoraning  hozirgacha  saqlangan  qismi  62  metrni  tashkil  etadi,  minoralarning 
bittasi  XX  asr  boshlarida  qulab  tushgan),  Xo‘janddagi  Duvaxon  maqbarasi  (keyinchalik 
vayron  bo‘lgan)  va  boshqalarni  tilga  olib  o‘tish  mumkin.  Qarshidagi  buzilib  ketgan  saroy, 
Ma’sudbek  hukmronligi  davrida  (1238-1289)  Buxoroda  barpo  etilib,  1000  tacha  talabaga 
mo‘ljallangan  “Ma’sudiya”,  “Xoniya”  madrasalari  va  boshqalar  to‘g‘risida  manbalarda 
ma’lumot berib o‘tiladi.  
Ko‘rilayotgan  davr  binokorligi  va  me’morchiligida  pishiq  g‘isht,  koshin,  parchin, 
me’moriy o‘ymakor  g‘ishtlar hamda  ganch va ohak, pista ko‘mir, qumlardan tayyorlangan 
maxsus  qorishmalar  kabi  qurilish  mahsulotlaridan  ham  binolarni  qurishda  hamda  ularni 
me’moriy jihatdan bezashda keng foydalaniladi. Monumental binolarning aksariyati esa bir 
yoki ikki gumbazli, toqu ravoqli va peshtoqli bo‘lgan. Naqshinkor g‘isht, koshinlar, kitoba 
(lavha) bilan naqsh berish an’analari davom ettirilgan. Shuningdek naqshlarning turli tuman, 
guldor  bo‘lishi,  o‘ymakor  amaliy  san’at  qayta  tiklanganligidan  ham  darak  berar  edi. 
Kulolchilik, misgarlik, zargarlikda ham naqsh bilan ishlov berish holati avj oladi. 
 
Shubhasiz,  Chingiz  O‘rdalarining  bosqini  Movarounnahr  va  Xuroson  ilm  fan, 
adabiyot  o‘choqlariga  katta  zarba  bo‘lib  tushadi.  XIII  asr-XIV  asr  oxirlariga  qadar 
mo‘g‘ullar  qadami  yetmagan  yoxud  ularning  ta’siri  kam  bo‘lgan  Dehli  sultonligi,  janubiy 
Yeron,  Kichik  Osiyo,  qisman  Suriya  va  Misrda  ilm-fan,  ma’rifat,  adabiyot  taraqqiy  eta 


 
136 
boshlagan  edi.  Faqatgina  XIV  asr  oxiri-  XV  asr  boshlariga  kelibgina  ma’rifat,  madaniyat 
o`choqlari yana Movarounnahr va Xurosonga ko`chadi. 
  XIII  asr-XIV  asrning  2-yarmida  fors-tojik  adabiyotida  ayniqsa  Jaloliddin  Rumiy 
(1207-1272),  Muslihiddin  Sa’diy  Sheroziy  (1219-1293),  Amir  Xusrav  Dehlaviylarning 
(1253-1325)  o`rni  va  mavqei  ko`tarilib,  ular  jahon  adabiyoti  olamiga  taniladilar.  Asli  Balx 
shahridan  bo`lgan  Rumiy  14  yoshligida  o`z  oilasi  bilan  mo`g‘ul  bosqinidan  qochib  Kichik 
Osiyoning Ko`niya sultonligiga borib qoladi. Ko`niya, Halab, Damashqda tahsil olib, buyuk 
tasavvuf  ilmi  shoiri  va  faylasufi  bo`lib  taniladi.  U  she’riyatda  so`fiy-falsafiy  janrni 
rivojlantirib,  o`zining  36  ming  baytdan  iborat  “Masnaviyi-ma’naviy”  degan  dostonini 
yaratadi.  Sa’diy  esa  islom  olamida  o`zining  “Guliston”  va  “Bo`ston”  asarlari,  g‘azallari, 
ahloqiy  fikrlari  bilan  keng  shuhrat  qozonadi.  Uning  asarlarida  Ona-Vatanga  muhabbat, 
insonparvarlik,  mehr-muhabbat  g‘oyalari  hamisha  barq  urib  turadi.  U  o`z  asarlarida 
kishilarni  o`zaro  hamjihatlik  va  totuvlikka,  hukmdorlarni  adolat  va  insofga  chaqirib,  salbiy 
xususiyatlarni qoralab chiqadi. Sa’diy o`z umrini ona shahri Sherozda tugatgan.  
Xusrav  Dehlaviy  Hindiston  shimoliga  mo`g‘ul  bosqinidan  qochib  borgan  asli  Kesh 
(Shahrisabz)  lik  kishilar  xonadonida  dunyoga  keladi.  U  Dehlida  sulton  saroyida  yashab, 
o`zining  ajoyib  “Xamsa”  dostonini,  Hindistonda  hozirgacha  mashhur  “Xizrxon  va 
Duvalra”ni,  “Miftah  al-futuh”  (G‘oliblik  kaliti)  “Nuh  sipehr”  (Falakning  to`qqiz  gumbazi) 
kabi  asarlarni  yozadi.  XIII  asrning  2-yarmidan  boshlab  tarixnavislik  ham  rivoj  topa 
boshlaydi.  Bu  davrda  asli  G‘ur  viloyatidan  bo`lgan  Abu  Umar  Minhojiddin  Juzjoniyning 
1260-yil  yozilgan  “Tabaqoti  Nosiriy”  (Nosirga  atalgan  tabaqalar),  Oloviddin  Ota  Malik 
Juvayniyning  “Tarixi  jahongo`shaiy”  (Jahon  fotihi  tarixi),  Fayzulloh  Rashididdin 
Hamadoniyning  “Jomý  at-tavorix”  (Tarixlarning  jamlanishi)  Shahobiddin  an-Nasaviyning 
“Siyrat as-sulton Jaloliddin Mankburni” (sulton Jaloliddin Mankburning hayot faoliyati) kabi 
nodir tarixiy asarlari ham jahon yuzini ko`rdi.  
Bu  asarlar  o`z  vaqtida  mo`g‘ullar  istilosi  va  undan  keyingi  davrni  o`rganish  bobida 
birinchi  darajali  manbalar  hisoblanadi.  Bu  paytda  shuningdek,  islom  ahloq-odob  va 
taqvodorligi  asosida  turkiy  tildagi  adabiyot  ham  rivoj  topa  boshladi.  Xorazmdagi  bu 
adabiyotning  bir  vakili  mashhur  faylasuf  shoir  va  mutafakkir  Pahlavon  Mahmud  (1247-
1326)  hisoblanadi.  U  nafaqat  shoir,  mutafakkir  bo‘libgina  qolmay,  Hindiston,  Sheroz, 
Rumda ham beli yerga tegmagan kurashchi polvon ham edi. Xuddi shu ma’noda “Pahlavon” 
taxallusi unga haqli ravishda berilgan. Xalq ichida esa uni yana behad saxovatli, bag‘rikeng, 
adolatli  inson  sifatida  hurmati  katta  edi.  U  g‘oliblikdan  tushgan  mukofotlarni  yetim-yesir, 
nogironlarga hadya etar, po‘stindo‘zlik hunaridan kelgan daromadini atrofidagi kambag‘allar 
bilan baham ko‘rar edi. O‘z yonidan hatto Xiva yaqinida maqbara ham barpo etadi. Uning 
mardligi,  tantiligi,  haqparvarligi  to‘g‘risida  bizning  kunlarimizga  qadar  turli  hikoyat, 
rivoyatlar  ham  yetib  kelgandir.  Uning  insonga  xos  bo‘lgan  ajoyib  fazilatlarni  ulug‘lovchi 
ruboiylari  xalq  orasida  keng  tarqalgan  bo‘lgan.  U  inson  aql-zakovati,  ahloqiy  kamolati  va 
ahloqiy pokligini qadrlaydi.  Turkiy  tilda  ijod  qilgan  yana  bir  shaxs,  bu  nomi  bizga  hali 
yaxshi  tanish  bo‘lmagan  Nosiriddin  Burhonuddin  Rabg‘uziydir.  U  XIII  asr  oxiri-  XIV  asr 
boshlarida  yashab,  ijod  qilgan.  Bizgacha  uning  birgina  “Qissayi  Rabg‘uziy”  (Qissasul 
anbiyo) asari yetib kelgan. Bu asarda muallif o‘zini “Rabot o‘g‘uzining qozisi Burhon o‘g‘li 
Nosiriddin”  deb  tanishtiradi.  Ushbu  asar  islom  dinini  qabul  qilgan  mo‘g‘ul  beklaridan  biri 
bo‘lmish  Nosiriddin  To‘qbug‘aning  iltimosiga  ko‘ra  hijriy  709  (milodiy  1309-1310)  yilda 
yozilgan.  Ushbu  asar  72  qismdan  iborat  bo‘lib,  payg‘ambarlar  (Dovud,  Sulaymon, 
Muhammad) haqidagi qissalar, diniy rivoyat va hikoyatlar, xalq og‘zaki ijodi, tarixiy asarlar, 
diniy kitoblar asosida bayon etilgan diniy-falsafiy, tarixiy, ahloqiy asardir. Ushbu asar xalq 
orasida,  baxshi  va  oqinlar  orasida  hamisha  mashhur  bo‘lib  kelgan.  Asarda  bayon  etilgan 
ahloqiy  fazilatlar,  ta’lim-tarbiya,  ma’rifat  xususida  fikrlar  hozirgi  kunga  qadar  o‘zining 
dolzarb ahamiyatini yo‘qotmagan.    


 
137 
Bu paytga kelib turkiy adabiyot rivoji bilan bir qatorda, tasavvuf, din ilmlarining ham 
rivojlanishi  ko‘zga  tashlanadi.  Tasavvuf  ilmining  mashhur  namoyondasi,  naqshbandiylik 
tariqatining  asoschisi  Bahovuddin  Naqshband  (Sayid  Muhammad  ibn  Jaloliddin)  (1318-
1389)-avvalo  o‘z  mehnati  bilan  halol  kun  ko‘rish  g‘oyasini  yoqlaydi.  Uning  “dil  ba  yoru, 
dast  ba  kor”  (ya’ni  diling  xudoda  bo‘lsinu,  qo‘ling  mehnatda  bo‘lsin)  degan  shiori 
keyinchalik juda mashhur bo‘lib ketdi. Uning nomi xalq orasida ma’lum va mashhur bo‘lib 
ketib,  Buxoro  yaqinidagi  qabri  musulmonlar  ziyoratgohlaridan  biriga  aylanib  qolgan  edi. 
Mustaqillik  inoyati  bilan  bu  ajdodimizning  nomlari  qayta  tiklanib,  uning  qabri  joylashgan 
yer obod va ko‘rkam ziyoratgoh tusini oldi.   

Download 3,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   164




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish