O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti


G‘aznaviylar va Saljuqiylar



Download 3,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/164
Sana31.12.2021
Hajmi3,29 Mb.
#200128
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   164
Bog'liq
ingliz tili amalij gramatikasi (1)

G‘aznaviylar va Saljuqiylar  
 
 
G‘azna  shahrini  Xurosonning  siyosiy  markaziga  aylanishi  X  asrning  ikkinchi 
yarmiga to‘g‘ri keladi. G‘aznaviylar davlatining asoschisi Sobuqtegin bo‘lib, bu davlat uning 
o‘g‘li  Mahmud  G‘aznaviy  davrida  musulmon  olamining  eng  kuchli  davlatiga  aylandi.  Bu 
davlatning  hududi  Mahmud  G‘aznaviyning  istilochilik  yurishlari  tufayli  shimoliy  va 
shimoliy-g‘arbiy  Hindistondan  Chag‘aniyon  va  Xorazmgacha  cho‘zilgan  bo‘lib,  unga 
Eronning katta qismi ham kirgan edi. Mahmud G‘aznaviy Movaraunnahrdagi qoraxoniylar 
siyosatiga va ayniqsa Xorazmga katta ta’sir ko‘rsatar edi. O‘z davrining iqtidorli sarkardasi 
va qattiqqo‘l hukmdori bo‘lgan Mahmud G‘aznaviy 1030-yilda vafot etadi. Shundan so‘ng 
taxtni  uning  o‘g‘li  Ma’sud  (1030-1041)  egallaydi.  Lekin  Ma’sud  otasi  tuzgan  davlatni 
butunligicha saqlab qololmadi. 
 
Mahmud  G‘aznaviyga  rasman  tobe  bo‘lgan,  lekin  amalda  mustaqil  boshqariladigan 
Xorazm  shohi Xorun ibn Oltintosh 1034-yilda  Xorazmni butunlay mustaqil deb e’lon qildi 
va katta qo‘shin bilan Xurosonga yurish qildi. Lekin Sulton Ma’sud tomonidan sotib olingan 
kishilar  Xorazm  shohi  Xorunni  o‘ldiradilar.  Uni  qo‘llab-quvvatlagan  qoraxoniylar  qo‘shini 
yana  Samarqandga  qaytib  ketadi.  Shundan  so‘ng  Sulton  Ma’sud  qoraxoniylar  bilan 
muzokaralar olib boradi  va shu  yo‘l  bilan  g‘aznaviylar hokimiyatiga bo‘lgan xavfni  bir oz 
kamaytiradi. 
 
G‘aznaviylar  sultoni  Ma’sud  Xurosonga  yurish  qilgan  turkiy-saljuqiylar  bilan  ko‘p 
bor  jang  olib  borishga  majbur  bo‘ldi.  Mahmud  G‘aznaviyning  ruxsati  bilan  shimoliy 
Xurosonga  joylashib  olgan  saljuqiylar  bu  davrga  kelib,  g‘aznaviylar  uchun  katta  xavf 
tug‘dira  boshladi.  1035-yilda  saljuqiylarning  Xurosonga  yangi  hujumi  boshlanadi. 
Nishopurdan  Niso  shahriga  yetib  kelgan  g‘aznaviylar  qo‘shini  saljuqiylarga  zarba  bergan 
bo‘lsa-da,  Saljuqiyning  nevarasi  Tog‘rul  va  Changri  boshchiligidagi  turkmanlar  kechasi 
G‘aznaviylar qarorgohiga hujum qiladi va g‘alaba qozonadi. 1037 yil aprel oyida turkmanlar 
Mari  viloyatini  uzil-kesil  egallashga  erishdilar  va  Bag‘dodda  xalifaga  hokimiyat  uchun 
yorliq berishni so‘rab elchi jo‘natadilar. Shu tariqa Xurosondagi  yangi davlatga-Saljuqiylar 
davlatiga asos solindi. 
 
Keyingi  yillar  turkmanlar  Tog‘rul  boshchiligida  bir  qancha  zarbalar  berib, 
Xurosonning  katta  qismini  bosib  oldilar.  Shundan  so‘ng  Ma’sud  katta  qo‘shin  bilan 
saljuqiylar  ustiga  yurish  qildi.  1040-yilda  Mari  yaqinidagi  Dandanakon  degan  joyda  hal 
qiluvchi jang bo‘lib, bunda Ma’sud armiyasi qattiq mag‘lubiyatga uchradi. Jangdan zo‘rg‘a 
qochib  qutulgan  Ma’sud  tez  orada  (1040-y.)  vafot  etdi.  Uning  vorislari  g‘aznaviylar 
davlatining avvalgi qudratini tiklashga muvaffaq bo‘la olmadilar. 
 
G‘aznaviylarga  tegishli  Xuroson  asta-sekin  saljuqiylar  qo‘liga  o‘tdi.  Saljuqiylar 
davlatining  bosh  sultoni  bo‘lib,  Tog‘rulbek  (1038-1063-y.)  saylandi.  U  katta  istilochilik 
yurishlari  olib  borib,  Balxni,  Iroqning  shimoli,  Ozarbayjonni,  Kurdistonni  va  Qo‘histonni 
ham  bosib  olishga  erishdi.  1055-yilda  u  katta  qo‘shin  bilan  Bag‘dodga  kirib  keldi  va 
xalifadan o‘z nomiga xutba o‘qitishni talab etdi. Shundan so‘ng xalifa diniy hokimiyatni o‘z 
qo‘lida  saqlab  qolib  dunyoviy  hokimiyatni  sulton  unvoni  bilan  Tog‘rulbekka  topshirdi. 


 
94 
Saljuqiylar  davlatining  poytaxti  qilib  Tog‘rulbek  Ray  shahrini  tanladi.  Uning  hukmronligi 
davrida  saljuqiylar  Kavkazda  Vizantiya  qo‘shinlariga  ham  katta  zarba  berdilar.  U 
Movaraunnahrda hukmronlik qilayotgan qoraxoniylar bilan do‘stona munosabatlar o‘rnatdi. 
Lekin  uning  vorisi  Alp  Arslon  (1063-1072)  Amudaryoning  o‘ng  sohilidagi  yerlarga  bir 
necha bor harbiy yurishlar uyushtirdi. Vizantiya imperatori Roman IV Diogen qo‘shinlarini 
mag‘lub etdi. Undan keyin taxtga o‘tirgan Malikshoh (1072-1092) 1089-yilda qoraxoniylar 
o‘rtasidagi ichki nizolardan foydalanib Buxoro va Samarqandni egalladi va katta o‘lja bilan 
orqaga  qaytdi.  Lekin  Qoraxoniylar  Saljuqiylarning  yarim  vassaliga  aylandilar. 
Malikshohning  o‘limidan  keyin  Saljuqiylar  davlatida  taxt  uchun  o‘zaro  kurashlar  qizib 
ketadi  va  1118  yilda  hokimiyat  buyuk  saljuqiylar  sulolasining  so‘nggi  yirik  vakili  Sulton  
Sanjar  (1118-1147)  qo‘liga  o‘tadi.  Uning  davrida  Saljuqiylar  davlatining  poytaxti  Marv 
shahriga ko‘chirildi. U Movarounnahrdagi qoraxoniylarning ichki ishlariga, siyosatiga katta 
ta’sir o‘tkaza olishga erishgan saljuqiylardan edi. 1141-yilda qoraxitoylar bilan Sulton Sanjar 
va  uning  vassali,  ittifoqdosh  qoraxoniy  Mahmudxonning  birlashgan  qo‘shinlari  o‘rtasida, 
Samarqand yaqinidagi Qatvon cho‘lida bo‘lib o‘tgan jangda qoraxitoylarning g‘alaba qilishi 
Saljuqiylar  davlatini  ancha  zayiflashtirdi.  Saljuqiylarning  mag‘lubiyatidan  Xorazmshoh 
Qutbiddin  Muhammad  Otsiz  ustalik  bilan  foydalanib,  1141-yilning  qishida  saljuqiylarning 
poytaxti  Marvni  bosib  oldi,  1142-yilda  esa  Nishopurga  yurish  qildi.  Lekin  Sulton  Sanjar 
Xorazm  qo‘shinlarini  Xurosondan  quvib  chiqardi  va  Xorazmshoh  Otsizni  yana  o‘ziga 
bo‘ysundirishga  erishdi.  Sulton  Sanjarning  harakatlariga  qaramasdan  Saljo‘qiylar  davlati 
o‘zining  avvalgi  qudratini  yo‘qota  bordi.  Saljo‘qiylarga  hal  qiluvchi  zarbani  Balx  va 
Xuttalon  viloyatlarida  yashovchi  ko‘chmanchi  Guz  qabilalar  berdilar.  Ular  Sulton  Sanjar 
qo‘shinlarini  tor-mor  etib,  uni  asir  oldilar.  Guzlar  himoyasiz  qolgan  Marv,  Nishopur 
shaharlarini  talab,  o‘t  qo‘ydilar.  Sulton  Sanjar  1156-yilda  asirlikdan  qochishga  muvaffaq 
bo‘lsa ham saljuqiylar davlatini tiklay olmadi va bir yildan keyin vafot etdi.  

Download 3,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   164




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish