O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti


Xususiy  shaxslarga  tegishli  mulk



Download 3,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/164
Sana31.12.2021
Hajmi3,29 Mb.
#200128
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   164
Bog'liq
ingliz tili amalij gramatikasi (1)

Xususiy  shaxslarga  tegishli  mulk:  hukmdor  tabaqa  xonadoni,  dehqon-
zodagonlarga,  sayyidlar,  sipohsolor,  badavlat  savdogarlarga  tegishli  mulklar  hisoblangan. 
Shartli yer egaligi ham bo‘lgan.  
 
Vaqf  mulklari:  diniy  muassasalar  va  madrasalarga  tegishli  mulk.  Bu  mulkni 
muassasa mutavallisi boshqargan.  
Jamoa mulki: yaylov, tog‘ yonbag‘irlaridagi lalmi yerlar. 
 
Xiroj hajmi shariat va davlat qonunlari asosida belgilangan. Somoniylarning birgina 
Buxoro va Karmana viloyatlari xirojidan tushgan daromadi 116866 dirxamni tashkil qilgan.  
 
Somoniylar  davrida  yerlar  qaytadan  taqsim  qilindi.  Yer  egalarining  yangi  guruhi 
tashkil  topdi.  Ularning  ko‘pi  sipohiylardan  chiqqan  edi.  Masalan,  Alpteginning  Xurosonda 
va Movarounnahrda 500 qishlog‘i bo‘lib, biror shahar yo‘q ediki, unda uning qasri yo bog‘i, 
yoxud karvonsaroyi bo‘lmasa. Uning tasaruffida minglab otlar va chorva mollari bo‘lgan.  
 
Somoniylar  davrida  qudratli  markazlashgan  davlatning  vujudga  kelishi  natijasida 
Movaraunnahr va Xurosonda ma’lum barqarorlik qaror topdi. Bu holat mamlakat iqtisodiy 
hayotiga  katta  ta’sir  ko‘rsatdi.  Dehqonchilik,  hunarmandchilik  va  savdo  tez  sur’atlar  bilan 
rivojlana  boshladi.  Movaraunnahr  va  Xuroson  bu  vaqtda  Sharqning  iqtisodiy  jihatdan  eng 
rivojlangan  o‘lkalaridan  hisoblangan.  Tarixchilar  va  geograflar  bu  borada  juda  yaxshi 
ta’riflar  yozib  qoldirganlar.  Ular,  bu  yerlar  juda  serhosil,  tabiiy  boyliklarga  boy,  unda 
ko‘plab qishloq va shaharlar borligini, aholi uchun kerakli hamma narsalar mavjudligini zo‘r 
ehtiros bilan bitganlar.  
 
Xuroson  va  ayniqsa,  Movaraunnahr  dehqonchilik  o‘lkalari  qatoriga  kirgan.  Bu 
yerlarda  dehqonchilik  asosan  sun’iy  sug‘orishga  asoslangan.  Ko‘plab  soy  va  daryolardan 
chiqarilgan  katta-kichik  kanallar  mavjud  bo‘lgan.  Buxoro  vohasida  Shopurkon,  Shohrud, 
Karmana, Poykand, Samarqand vohasida Barj (Darg‘om), Barmsish, Buzmadisoy, Ishtixon 
kabi kanallar shahar va qishloqlarni suv bilan ta’minlagan. Bundan tashqari bunday kanallar 
Xorazm,  Qashqadaryo,  Farg‘ona  va  Shoshda  ham  bo‘lgan.  Manbalarga  qaraganda  Shosh 
aholisi  xalifa  Mutasimga  (833-842)  murojaat  qilib  vohada  suv  yetishmasligi  tufayli  kanal 
qurilishiga  yordam  so‘ragan.  Sun’iy  sug‘orishga  asoslangan  dehqonchilikdan  tashqari 
lalmikor dehqonchilik ham yaxshi yo‘lga qo‘yilgan.  
 
Dalalarda bug‘doyning turli  navlari,  arpa, sholi  va boshqa boshoqli  ekinlar ekilgan. 
Qishloq  xo‘jaligida  paxta  yetishtirishga  alohida  ahamiyat  berilgan.  Paxta,  ayniqsa, 
Zarafshon,  Qashqadaryo  va  Marv  vohasida  ko‘p  ekilgan.  Bog‘dorchilik  ham  yaxshi 
rivojlangan.  Bog‘larda  olma,  shaftoli,  nok,  behi,  anor,  anjir,  yong‘oq  kabi  turli  mevalar 
yetishtirilgan.  Uzum  yetishtirish  yaxshi  yo‘lga  qo‘yilgan.  Ayniqsa,  Samarqand,  Marv, 
Hirotda  yetishtirilgan  uzumlar  juda  qadrlangan.  Umuman  Xuroson  va  Movaraunnahrning 
mevalari o‘zining turli navlari va yuqori sifatliligi bilan butun Sharqda dong taratgan. Juda 
ko‘p quruq mevalar Yevropaning turli shaharlariga jo‘natilgan.  
 
Umuman, Somoniylar davrida Xuroson va Movaraunnahr qishloq xo‘jaligining turli 
tarmoqlari xususan, dehqonchilik yaxshi rivojlangan. Somoniylar davrida dehqonchilik bilan 
bir  qatorda  hunarmandchilik  ham  keng  sur’atlar  bilan  tarqalgan.  Shahar  aholisining  ko‘p 
qismi  hunarmandchilikning  turli  sohalari  bilan  mashhur  bo‘lishgan.  Manbalarda  qayd 
qilinishicha,  Movaraunnahrda,  ayniqsa  to‘qimachilik  yaxshi  taraqqiy  qilgan.  Bu  yerlarda 


 
89 
ipak  va  jundan  tayyorlangan  turli-tuman  gazlamalar  o‘zining  yuqori  sifatliligi,  bejirim  va 
nafis  naqshlari  bilan  ajralib  turgan.  Buxoroning  Zandana,  Samarqanddagi  Vedar  va 
Surxondaryodagi  Darzangi  to‘qimachilarining  mahsulotlari  faqatgina  Movaraunnahr  va 
Xurosondagina  emas,  balki  Iroq,  Еron  va  Hindistonda  ham  ma’lum  bo‘lgan.  Xususan, 
Narshahiyning  yozishicha,  Zandanada  tayyorlangan  gazlamalarga  Sharq  bozorida  ehtiyoj 
juda  katta  bo‘lgan.  Ibn  Xavqal  va  Muqaddasiyning  qayd  etishicha,  Vedarda  tayyorlangan 
yuqori  sifatli  gazlamalar  aholining  yuqori  tabaqalari  orasida  juda  qadrlangan.  Bu 
gazlamalardan  asosan  amirlar,  vazirlar,  turli  amaldorlar,  qozilar  o‘zlariga  liboslar 
tiktirganlar. Vedar gazlamasi hatto Xuroson parchasi ham deb atalgan. Gazlamalarning turli 
navlari bundan tashqari Keshda, Nasafda, Dabusiyada va ko‘pgina boshqa shaharlarda ham 
tayyorlangan.  
 
Kulolchilik  ham  Somoniylar  davrida  o‘z  taraqqiyotining  eng  yuqori  bosqichlariga 
ko‘tarilgan.  Kulolchilik  charxini  yanada  mukammallanishi  natijasida  idishlarni  bezashda 
sirlardan foydalanishni kashf etilishi bu borada katta yutuq bo‘ldi. Natijada idishlarni turlari 
ham,  shakllari  ham  ko‘paydi.  Ularning  sifati  keskin  darajada  oshdi.  Idishlar  turli  rangdagi 
sirlar bilan bezatila boshlandi. Manbalarda qayd qilinishicha, ayniqsa, Samarqand, Binket va 
Marv  kulollari  tayyorlagan  idishlar  o‘zining  bejirim  shakli,  yuqori  sifati,  ajoyib  va  nafis 
naqshlari bilan ajralib turgan. Еpigrafik naqsh bilan bezatilgan turli-tuman idishlar ayniqsa, 
diqqatga  molikdir.  Shu  davrga  oid  shaharlarda  olib  borilgan  arxeologik  izlanishlarga 
qaraganda,  kulollar  shaharlarda  mahalla-mahalla  bo‘lib  yashaganlar.  Mana  shunday 
mahallalar Samarqandda, Marvda, Aхsikatda, Termizda ochib o‘rganilgan. 
 
Bu  davrda  shishasozlik  ham  keng  rivojlangan.  O‘rta  Osiyo  shishasozlari  turli 
shakldagi  katta-kichik  shisha  idishlarni  tayyorlaganlar.  Idishlar  asosan  ko‘kimtir  va  shaffof 
rangdagi  shishalardan  tayyorlangan.  Ularning  ma’lum  qismi  naqshlar  bilan  bezatilgan. 
Shishasozlarning  ustaxonalari  Niso,  Marv,  Termiz,  Poykant  kabi  shaharlarda  ochib 
o‘rganilagan.  O‘rta  Osiyo  shishasozlarining  mahsulotiga  boshqa  o‘lkalardan  ehtiyoj  katta 
bo‘lgan.  
 
Somoniylar  davrida  metallurgiya  sohasida  ham  katta  yutuqlar  qo‘lga  kiritilgan. 
Yozma  manbalar  va  olib  borilgan  arxeologik  qazish  ishlarga  qaraganda  bu  davrda  kon 
sanoati taraqqiyotida katta o‘zgarishlar ro‘y bergan. Bu davrda Badaxshonda kumush, oltin, 
billur, lojuvard kabi qimmatbaho metall va toshlar qazib olish davom etgan. Ustrushonaning 
Mink  tumanida  katta  miqdorda  temir  rudasi,  Buttamda  oltin,  kumush,  mis  va  boshqa 
metallar,  Tuzkon  ko‘lida  tuz,  Farg‘onadagi  Nokad  degan  joydan  oltin,  kumush,  Isfara 
yaqinida  toshko‘mir  qazib  olingan.  Farg‘onada  neft  ham  borligi  yozma  manbalarda  qayd 
qilingan.  
 
O‘rta  Osiyoda  somoniylar  davrida  qog‘oz  ishlab  chiqarish  ham  yaxshi  rivojlangan. 
Qog‘oz ishlab chiqarish bo‘yicha eng yirik markaz Samarqand bo‘lib, undagi qog‘ozlarning 
mahsuloti  faqat  О‘rta  Osiyo  yoki  Sharqda  emas,  balki  Yevropada  ham  mashhur  bo‘lgan. 
Samarqand qog‘ozining olti navi manbalarda qayd qilingan.  
 
Yuqorida  qayd  qilingan  hunarmandchilik  turlaridan  tashqari  somoniylar  davrida 
O‘rta  Osiyoda  toshtaroshlik,  zargarlik,  duradgorlik  kabi  sohalar  ancha  rivoj  topgan. 
 
Somoniylar  davrida  kuchli  va  mustaqil  davlatnig  paydo  bo‘lishi  dehqonchilik, 
hunarmandchilikning  rivojlanishi,  shaharlarning  taraqqiyoti  o‘z  navbatida  ichki  va  tashqi 
savdoni  yanada  uzviylashuviga  va  taraqqiyotiga  olib  keldi.  Avvalo,  shahar  va  qishloqlar 
o‘rtasidagi savdo kengaydi. Ikkinchi tomondan shahar va qishloqlarni qo‘shni ko‘chmanchi 
xalqlar va boshqa davlatlar bilan aloqasi rivojlandi.  
 
Yozma  manbalarda  qayd  qilinishicha,  bozorlar  katta-kichik  shaharlarda  va  hatto 
qishloqlarda bo‘lgan. Ayniqsa, karvon yo‘llari bo‘ylab joylashgan, shaharlarda bir nechtadan 
bozorlar  bo‘lgan.  Buxoro,  Xo‘jand,  Nasaf,  Kesh,  Termiz,  Hirot,  Marv,  Nishopur 
shaharlaridagi bozorlar katta va juda gavjum bo‘lgan. Istahriyning yozishicha, Samarqandda 
Movarounnahrning bosh bozorlari joylashgan. Bu yerga hamma yerdan savdogarlar kelgan. 


 
90 
Movarounnahrda  tayyorlangan  mahsulotlarning  katta  qismi  Samarqandga  keltirilgan  va 
undan keyin boshqa o‘lkalarga tarqalgan. Ichki va tashqi savdoda ayrim kichik shaharlarning 
ham o‘rni katta bo‘lgan. Bu borada Poykand shahri muhim ahamiyat kasb etadi. Manbalarda 
yozishlishicha bu shaharda somoniylardan oldin ham savdogarlar Xorazm, Kaspiy bo‘yidagi 
o‘lkalar va Xitoy bilan oldi-sotti ishlari olib borishgan. Shahar hokimlari savdogarlar uchun 
hamma  shart-sharoitlarni  tug‘dirib  berishga  harakat  qilganlar.  Shaharda  o‘nlab  karvon 
saroylar  mavjud  bo‘lgan,  ular  bozorga  yaqin  joylarda  joylashgan.  Savdo  rastalari 
karvonsaroyning o‘zida ham bo‘lgan. Karvon saroylar yo‘llarda ham qurilgan.  
 
Bozorlarda  sotiladigan  mollar  avvalo  mahalliy  aholining  ehtiyojini  qondirishga 
qaratilgan.  Hunarmandlar  o‘z  mollarini  sotib  oziq-ovqat  mollarini  xarid  qilishgan,  o‘z 
navbatida  dehqonlar  hunarmandchilik  mollarini  xarid  qilishgan.IX-X  asrlarda  O‘rta 
Osiyoning  iqtisodiy  hayotida  savdo-sotiq  katta  ahamiyatga  ega  edi.  Bu  borada 
ko‘chmanchilar  bilan  chegaradosh  bo‘lgan  shaharlarning  ahamiyati  katta  bo‘lgan. 
Ko‘chmanchilar  shaharlarga  kelib,  dehqonchilik  va  hunarmandchilik  mahsulotlarini  xarid 
qilganlar, teri va boshqa chorvachilik mahsulotlarini sotganlar.  
 
O‘rta Osiyolik savdogarlar o‘z mollarini arab xalifaligi tarkibiga kirgan davlatlarga, 
Kavkazga,  Xazar  va  Bulg‘oriyaga,  Xitoy  va  Hindistonga  olib  borib  sotganlar.  O‘rta 
Osiyodan Xitoy bilan O‘rta Yer dengizini birlashtiruvchi va Janubi-Sharqiy Yevropaga olib 
boruvchi  karvon  yo‘llari  o‘tgan.  Ayniqsa,  O‘rta  Yer  dengizi  bilan  bog‘lovchi  karvon  yo‘li 
ancha gavjum bo‘lgan. Bu yo‘l Bag‘dod, Hamadon, Nishopur, Marv, Amul, Buxoro, Nasaf, 
Kesh, Samarqand, Ustrushona, Choch, Bolasog‘un orqali Xitoyga olib borgan. Xitoyga O‘rta 
Osiyodan otlar va shisha buyumlar olib borilgan. Xitoydan esa turli-tuman ipak gazlamalar 
keltirilgan.  Xazar,  Bulg‘or  va  Rus  yerlariga  O‘rta  Osiyodan  quruq  mevalar,  turli-tuman 
gazlamalar, guruch va kumush chiqarilgan. O‘z navbatida janubi-sharqiy Yevropadan O‘rta 
Osiyoga mo‘yna, mis, teri, qoramol, qullar keltirilgan. Janubi-sharqiy Yevropa bilan bo‘lgan 
savdo aloqalarida xorazmlik savdogarlarning o‘rni katta bo‘lgan.  
 

Download 3,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   164




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish