O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti


Abu  Rayhon  B eruni ysiz



Download 3,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/164
Sana31.12.2021
Hajmi3,29 Mb.
#200128
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   164
Bog'liq
ingliz tili amalij gramatikasi (1)

Abu  Rayhon  B eruni ysiz   (973 -1048 - y.)  t as avvur  qilis h  mumkin  em as .  U  o‘z  
zamonasi ning  barcha  fanlari  -  fizika,  m at ematika,  ast ronom i ya,  geodezi ya,  
tarix,  geogr afi ya  va  bir  necha  boshqa  fanlarni  puxta  egallagan  olim   bo‘l gan. 
U  362  hijri y  yi l i  (973 - y.)  Xorazmning  qadim gi  Kat  s hahri da  t ug‘i ldi.  O‘sha 
davrda  Kat  shahri  Xorazmshohl ar  -  Afri g‘i yl ar  sulol as ining  po yt axti  bo‘li b, 
O‘rta  Osiyoning  Xitoy,  Hindiston,  Yaqin  Sharq  davlatlari,  Kavkaz  va 
Sharqiy  Yevropa  davlatlari  bilan  bog‘lab  turuvchi  savdo  va  madaniy 
markazlaridan  bi ri  edi .  Afsuski ,  Beruni yning  zam ondoshi   Ibn  S inoniki ga 
o‘xshagan  tarjimayi  holi  bizgacha  yetib  kelmagan.  Shuning  uchun  u 
boshlang‘ich  ta’limini  kimdan,  qachon  olganligi  haqida  aniq  ma’lumotlar 
yo‘q.  Ammo,  bir  narsa  aniqki,  u  yoshligidanoq  ilm -fanga  juda  ham  qiziqqan, 
qobiliyatli, mehnatkash bo‘lgan.   
 
U o‘z ona tili xorazm tilidan tashqari yana bir qancha tillarni -so‘g‘diy, 
fors,  hind,  yunon  va  qad im gi  yaxudi y  til larni  ham  o‘rgangan.  U  Hi ndistonda 
bo‘lar  ekan,  tez  orada  nafaqat  Hindiston  tarixi,  madaniyati,  hatto  sanskrit 


 
102 
tilini  ham  o‘rganadi.  Xorazmdagi  Ma’mun  akademiyasining  eng  ko‘zga 
ko‘ringan  faol  ishtirokchilaridan  biriga  aylanadi.  Shu  bilan  b irga  u  shoh 
Ma’mun  II  ning  eng  yaqin  maslahatchisi  sifatida  mamlakat  siyosiy  ishlarida 
ham  faol  qatnas hadi.   
 
Beruni y  Urganchda  yashagan  davrda  Ibn  Sino  bilan  yozi shma  olib 
borgan.  Biz gacha  ularning  s avol -j avobl ari dan  18  t asi  yeti b  kel gan.  Bu 
yoz ishm al ar  B eruni yning  tabi at  fals afasi   va  fizika  masalal ari  bilan  qanchal ik 
qiziqqanli gidan 
guvohl ik 
beradi. 
Savol -j avobl arni ng 
mazm unida 
Ari stot elni ng  aql  bilan  hi s  eti sh  orqali  chiqargan  xulos alari ga  Beruni y 
o‘zining  tuzatish  va  tajriba  orqali  aniqlagan  xulosalarin i  qarshi  qo‘ygan.  Ibn 
Sino esa Aristotelni himoya qilgani ma’lum bo‘ladi.  
 
Beruniy  Xorazmda  yashagan  vaqtda hali  juda  yosh bo‘lishiga  qaramay, 
Kat  shahrida  muhim  astronomik  kuzatishlar  o‘tkazgan.  Bu  kuzatishlar  uchun 
o‘zi  asboblar  ixtiro  qilgan.  Beruniy  22   yoshida  o‘zi  tug‘ilib  o‘sgan  vatanni 
tashlab  ketishga  majbur  bo‘ladi  va  avval  Rayga,  keyin  Jurjonga  keladi.  Bu 
yerda  m as hhur  tabi b,  ast ronom,  fa yl asuf  Abu  S axl  Is o  al -M asixi y  bil an 
tanishadi  va  undan  ta’lim  oladi.  Beruniy  o‘zining  mashhur  asarlaridan  biri  
bo‘lmish  “Qadimgi  xalqlardan  qolgan  yodgorliklar”  asarini  Jurjonda  yoza 
boshl agan.   
 
Tarixdan  ma’lumki,  1017 -yilda  Mahmud  G‘aznaviy  Xorazmni  bosib 
oladi  va  Beruni yni  ham  Xorazm shoh  s aro yi dagi  bi r  qancha  oliml ar  qat ori 
G‘azna  shahriga  olib  ketadi.  Beruniy  G‘azna  shahrida  1017  yildan  to  1048 
yilgacha  hayot  kechirgani  ma’lum.  Bu  yillar  Beruniy  hayotida  o‘ziga  xos 
davr  bo‘ladi.  Bir  tomondan  g‘urbatda  yashagan  bo‘lsa,  ikkinchi  tomondan 
ilmiy  faoliyatda  juda  ham  mahsuldor  davri  bo‘ladi.  Beruniy  faoliyatini 
o‘rganuvchi  olimlarning  fikricha,  bunday  hol,  ya’ni  davlat  ishlariga 
aralashmagan,  siyosiy  faoliyatdan  chetlashgan  olim  o‘zining  butun  bo‘sh 
vaqtini ilmi y-t adqiqot ishl ari ga s arfla ydi.   
 
Beruniy  tabiat  fanlarining  rivojiga  bebaho  hissa  qo‘shgan  olimdir.  U 
o‘zining  ilmiy  asarlarida  dunyoning  tuzilishi  haqida  fikr  yuritganda 
Ptolem e y  fi kri ga  suyansa  ham,  am alda  yerni ng  harakati  haqi da  Pt ol eme y 
tartibiga  zid  keluvchi  fikrlarni  bayon  qiladi.  U  “Geodeziya”  asarida 
geotsentrizm bilan bog‘liq bo‘lgan ba’zi nazariyalarn ing to‘g‘riligiga shubha 
bilan  qaraganli gi ni   ochiqdan -ochi q  bayon  et adi.  Bu  bil an  u  dun yoning 
geliotsentristik  tuzilishi  haqidagi  nazariyani  ishlashiga  hissa  qo‘shganlardan 
biri  his obl anadi .  
 
Beruniy  o‘z  davrining  katta  matematigi  ham  bo‘lgan.  U  matematika  
masalalariga bag‘ishlangan asarlarida geometriya, arifmetika, algebra, sonlar 
nazariyasi,  trigonometriya  tushunchalarini  ma’lum  tartib  bilan  ta’riflaydi. 
Hozirgi  zamon  tadqiqotchilarining  ko‘pchiligi  Beruniyni  trigonometriya 
fanining  rivojiga  qo‘shgan  his sasini  juda  ham  yuksak  baholashadi.  Ular 
Beruni yning  tri gonomet ri yani ng  m at emat ikada  m ust aqil  fan  s ifatida  qaragan 
olim sifatida ko‘rsatmoqdalar.  
 
Beruni y  1030 - yi lda  “Hi ndis ton”  nomi  bi lan  m ashhur  bo‘l gan  eng  yi rik 
asari ni  yoz adi .  Bu  asar  juda  katt a  ahami y ati ga  ega  bo‘l gan  as ar  bo‘lib,  bu 
haqda  juda  ko‘p  g‘arb  va  sharq  olimlari  o‘zlarining  fikr -mulohazalarini 
bildi rganl ar.  Beruni yning  bu  asari  usti da  20  yil   ish  ol ib  borgan  E.Zaxau 
uning  arabcha  t anqidi y  t eksti  bil an  ingilizcha  t arjim asini  1888 - yilda 
Londond a  nashr  ett i radi.  Ana  shu  olim   “hindshunosli kda  Beruni yga  t eng 
keladigan  biror  olim  na  undan  oldin  va  na  undan  keyin  bo‘lganligini 
bilmaymiz”-degan  edi.  Yirik  arabshunos  olim  R.Rozen  “Hindiston”  asari 


 
103 
qadimgi  va  o‘rta  asr  g‘arb  va  sharq  adabiyotida  “misli  ko‘rilmagan”-deb 
baholaydi.  Hind  olimlaridan  Hamid  Rizo  esa  “O‘rta  asr  va  yangi  zamon 
muall ifl aridan  hech  biri  Hind  m adani yat i ning  chi gal  m as al alarini  ilmi y  ruhda 
tushunish  bo‘yicha  Abu  Rayxon  Beruniy  erishgan  yutuqlariga  erisha  olmadi. 
Beruniyning  “Hindis ton”  asari  klassik  namuna  bo‘lib  qolishi  bilan  birga  o‘z 
muallifining qadimgi hind madaniyati va faniga tortig‘idir” -degan edi. 
 
Abu  Ali  ibn  Sino  (980-1037)  Buxoro  yaqinida  jo yl ashgan  Afshona 
qishlog‘ida  tavallud  topgan.  Otasi  ziyoli,  o‘qigan,  bilimdon  kis hi  bo‘lib  asli 
Balxdan bo‘lgan. Ibn Sino o‘sha davr ziyolilar oilasida hukm surgan turmush 
tarzi  tizimi  bo‘yicha  “Qur’oni  Karim”ni  yoshlik  chog‘idan  yod  ola 
boshl a ydi.  Bu  bil an  kifo yal ani b  qolm asdan  ot as i  unga  fals afa,  hind  hisobi 
kabi  sohalarni  ham  o‘qita  boshlaydi.  Hatto  Abu  Abdulloh  an -Nashali  degan 
kishini  o‘g‘liga  murabbiy  qilib  oladi.  U  o‘spirinlik  yillarida,  16  yoshida 
shunchalik  chuqur  shug‘ullanganki,  hatto  biron -bir  kecha  ham  to‘yib 
uxlamagan  ekan.  Fan  asoslari  bilan  bunday  shug‘ullanish,  ko‘p  vaq tlar 
davomida  amalga  oshirgan  mashaqqatli  mehnat  tez  orada  o‘z  samarasini 
beradi,  u  17  yos hida yoq  olim  si fatida  shakllanib,  t abi b  degan  nom  chi qara 
boshl a ydi.  Mukofot  sifatida  saro y  kutubxonasidan  fo ydal ani sh  imkoni yat i ga 
sazovor bo‘ladi. 
 
Biz  ko‘rib  chiqa yotgan  davr  siyosiy  tarixi  o‘ziga  xos  xususiyatlarga 
ega  edi .  Bu  vaqt da  i kki  s ulol a  (Qoraxoni yl ar  va  Somoni yl ar)  tarix  sahnasida 
hukm ronlik  uchun  kurash  olib  bormoqda  edi .  M aml akatdagi   bunda y 
beqarorlik  fan  arboblarining  faoliyatiga  o‘z  ta’sirini  o‘tkazmas dan  qolmas 
edi.  Ibn  Sino  ham  o‘sha  davrda  Xorazmda  fan  va  madaniyat  xomiysi  sifatida 
nom  chiqargan  Ma’mun  (999 -1016)  saroyiga  boradi.  U  yerda  o‘sha  davr 
mashhur  ol im,  fa yl asufl ari  Abusaxl  M asixi y,  tabib  Abul  Xa yi r  Xommar, 
qomus i y  olim  sifati da  but un  dun yod a  t an  olingan  Abu  R a yhon  Beruni y  va 
boshqa  mas hhur  oli mlar  bor  edil ar.  Am mo  olim ning  tinch  ij odi  bu  yerda  ham 
ko‘pga cho‘zilmaydi. Xorazmni Mahmud G‘aznaviy egallagach u Hamadonga 
jo‘naydi.  O‘sha  davrda  Hamadon  hukmdori  Shams  ad -Davla  degan  kishi 
bo‘lib, u kasal bo‘lib qoladi. Ibn Sino Buxoro amirini davolaganidek uni ham 
tuzatib  yuboradi  va  evaziga  vazir  etib  tayyorlanadi.  O‘sha  davrda  ham  saroy 
fisqu-fasod,  is yonl ar  u yasi  edi.  Ana  shunda y  fis qu -fas odlar  t ufa yl i  u 
zindonga  t ashl anadi.  Isfaxon  hukmdori  Alou ddavla  Ham adonni  bosib  ol gach, 
u zindondan ozod qil inadi.  
 
Ibn  Si noni ng  zamondoshi ,  uni ng  shogi rdi  J urjoni yni ng  yozi shicha  u 
jismoniy 
jihatdan 
juda 
baquvvat 
bo‘lgan. 
Biroq 
shaharma -shahar 
darbadarlikda  yuris h,  yuqorida  qa yd  qil ganimizdek,  kechalari  uxlam as dan 
uzluksiz  ishlash  va  ta’qib  ostiga  olishlar  olimning  salomatligiga  ta’sir 
ko‘rsatadi va u 428  xijriy  yilning  ramazon oyida, 1037  yilning iyun oyida 57 
yoshi da vafot et adi .  
 
Ibn  Sino  haqiqiy  ensiklopedik  olim  bo‘lib,  o‘z  davrining  deyarli 
barcha  fanl ari  bilan  muvaffaqi yatl i  ravi shda  shug‘ull angan  va  ularga  oid 
ilmi y  as arl ar  yarat gan.  Turli  manbalarda  uning  450  dan  ort iq  as arlari  qa yd 
qilingan  bo‘lsa  ham,  zamonlar  o‘tishi  bilan  ularning  ko‘pi  yo‘qolib  ketgan 
va biz gacha faqat  242 t asi  yet ib kel gan.  
 
Ibn  Si noni ng  t og‘larni  pa ydo  bo‘lishi  to‘g‘risidagi  juda  ajo yi b  fikrl ari, 
minerologiya  va  geologiya  fanlariga  qo‘shgan  hissasi  juda  salmoqlidir. 
Jumladan,  u  minerollarni  to‘rt  guruhga  bo‘lib,  ularning  original 
klassifikatsi yas ini  t aklif  et adi.  Bu  kl assi fikatsi ya   t o  X IX  as rgacha  de yarli  
o‘zgarishsiz  saqlanib  keldi.  Olimning  minereologiya  sohasidagi  ishlarining 


 
104 
muhimligi  ta’kidlanib,  1956-yilda  O‘zbekistonda  topilgan  mineral  Avitsenit 
deb atal gan.  
 
Ibn  Sino  botanika  masalalari  bilan  ham  ko‘p  shug‘ullangan.  Chunki 
tabobatda  ishl atil adigan  dorivor  moddal arning  aks ari yati   o‘simli klardan 
olinadi.  M as hhur  s hved  bot ani gi  Karl   Li nne y  (1707 -1778)  Ibn  Sinoning 
botanika  sohasidagi  xizmatlarini  ta’kidlab,  tropik  mamlakatlarda  dengiz 
suvida  ham  o‘suvchi  va  doimo  yashil  holda  qo ladigan  bir  daraxtni  Avitsenna 
deb  atadi. Ham  G‘arbda, ham Sharqda  “Avitsenna” va  “Shayxur -Rayis” nomi 
bilan  shuhrat  qozongan  bobokalonimiz  haqiqatan  ham  mustaqil  O‘zbekiston 
yoshlari  qalbida  o‘z  tarixi  va  bobokalonlari  bilan  faxrlanish  his -tuyg‘ularini 
u yg‘ot adi .  
 
Abu  Abdulloh  Ja’far  Rudakiy  (960-1041-y.)  taxminan  960-yilda 
Samarqand  yaqinida  joylashgan  Panjrudak  qishlog‘ida  tug‘ilgan.  Shuning 
uchun  ham  shoirning  taxallusi  shu  tug‘ilgan  qishlog‘ining  nomidan  kelib 
chiqib  Rudakiy  bo‘lib  hisoblanadi.  Yana  bo shqa  manbalarda  aytilishicha, 
o‘sha  davrda  xalq  cholg‘u  asboblari  orasida  “rud”  nomli  musiqa  asbobi 
bo‘lib,  shoir  uni  chalishni  juda  yaxshi  o‘rgangan,  shuning  uchun  ham  shoir 
taxallusini  shu asbobdan ol gan deb ham hisobl a ydil ar.  
 
Rudaki yning  tarjim ai  holi g a  bag‘i shl angan  barcha  manbalarda  uni  
kambag‘al  oiladan  ekanligi,  yoshligidayoq  musiqa  asboblarini  yaxshi 
chalishni  va  ashula  aytishni  sevganligi  qayd  etiladi.  Yosh  shoirning  o‘zi 
she’rlar  yozishi  va  musiqaga  bo‘lgan  bunday  muhabbati  tez  orada  uni 
mashhur  qi lib  yuboradi.  Bu  davrda  she’ri yat ,  a yni qs a,  s aro y  she’ri yat i, 
qasidanavislik,  ya’ni  shaxsga  madhiya  o‘qib,  ko‘klarga  ko‘tarib  maqtash 
keng  avj ol gan edi.  Qasidanavislikdan  asosi y maqs ad, uning  mohi yati m aqtov 
kimning  shaxsiga  qaratilgan  bo‘lsa,  o‘sha  kis hini  shaxsni  ulug‘lashtirish 
bo‘lgan.  Rudakiy  esa  ma’lumotlarga  qaraganda,  qasida  to‘qishga  usta 
bo‘lgan.  Shuning  uchun  ham  bo‘lsa  kerak,  uning  Somoniylar  saroyiga  taklif 
qiladil ar.  U  davrda  hokimi yat  t epasi da  Nasr  ibn  Ahm ad  turardi.Shu  davrdan 
boshl ab,  uni ng  ha yo tida  s aro y  davri  boshlanadi.  Saro y  ha yot i  o‘zini ng  o‘ta 
murakkabli gi   bil an  ajrali b  t urgan,  fi squ -fas odl arga  to‘l a  bo‘l gan.  Rudaki y 
qarigan  vaqtida  saroydan  quviladi  va  qolgan  umrini  o‘zining  ona  qishlog‘ida 
faqirlikda  o‘tkazadi.  Saroydan  quvilayotg an  paytda  uning  ko‘ziga  mil  tortib, 
ko‘r qilinadi.  
 
Rudaki y  fors -tojik  s he’ri yatini ng  asoschilaridan  biri  his obl anadi.  XI 
asr  shoi ri  R ashi di yning  a yti shi cha,  R udaki yning  bi r  mi llion  uch  yuz  ming 
bayt  she’ri  borligi  hisoblab  chiqilgan.  Ammo  bizgacha  ming  b ayt,  ikki 
qismda  ellik  ruboiy,  she’rlar,  doston  va  boshqalar  yetib  kelgan,  xolos.  Bu 
asarlarda  shoir  do‘stlik,  muhabbat,  yaxshilik  qilish,  birovning  dilini 
og‘ritmaslik  kabi  ulug‘  insoniy  fazilatlarni  ulug‘laydi.  Doimo  ezgulik 
qilishga chorl a ydi .  
 
Rudaki yn ing  she’ri yati  ha yot  l azzati ,  ha yotning  o‘zi  us tod  ekanl i gi, 
undan  ko‘p  narsalarni  bilib,  o‘rganib  olish  mumkinligini  ta’kidlaydi  va 
shunday  qilish  lozim  ekanligini  uqtirishga  harakat  qiladi.  Hayot  ta’limi 
butunlay  boshqacha  ta’lim  ekanligini,  uni  ba’zida  shirin,  ba’zida  achchiq 
ekanligini  ko‘rsatadi.  Bunday  ta’limni  hech  bir  o‘qituvchi  bera  olmasligini 
uqti radi.   
 
Har bir kishi olmasa hayotdan ta’lim,   
 
Unga o‘rgata olmas hech bir muallim.  
 
Bizgacha  Rudakiy  qalamiga  mansub  “Kalila  va  Dimna”,  “Davroni 
oftob”,  “Si ndnom a”  kabi  poem alardan  parchal ar  yetib  kel gan.  Rudaki yning 


 
105 
asarl ari  haqida  gap  yuri tar  ekanmiz,  uni ng  tili  sodda,  keng  xalq  omm asi ga 
juda  ham  tushunarli  bo‘lganligini  ko‘ramiz.  Shuning  uchun  ham  u  keng  xalq 
ommasi  orqali  shuhrat   topgan.  Uni ng  as arl ari  hozirgi  o‘z bek  tili ga  ham 
tarjim a qil ingan.  

Download 3,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   164




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish