O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti



Download 3,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/164
Sana31.12.2021
Hajmi3,29 Mb.
#200128
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   164
Bog'liq
ingliz tili amalij gramatikasi (1)

 
 
 


 
39 
 
“Avesto”. Madaniy hayot 
 
 
Olib  borilgan  tadqiqotlar  natijalariga  qaraganda,  ilk  temir  davri  O‘rta  Osiyoda 
yashagan  xalqlar  va  qabilalar  orasida  keng  tarqalgan  va  asosiy  din  zardo‘shtiylik  edi.  Bu 
diniy ta’limotning  asoschisi Zaratushtra va bu dinning muqaddas kitobi  “Avesto” haqidagi 
bahs va munozaralar tadqiqotchilar orasida hozirgacha davom etmoqda. 
 
Zaratushtra  (o‘rta  fors  tilida  “oltin  tuyali”,  “oltin  tuya  yetaklagan  odam”)  tarixiy 
shaxs  bo‘lib,  Spitama  avlodidan  kelib  chiqqan.  Zaratushtraning  otasi  Pourushasp  qohinlar 
avlodidan bo‘lgan. Zaratushtra tug‘ilgan joy haqida aniq ma’lumotlar yo‘q. Uning tug‘ilgan 
yilini tadqiqotchilar keng sanalar bilan (mil. avv. 1500-1000 yillardan boshlab, mil. avv. VII-
VI  asrlargacha)  bog‘laydilar.  Sosoniylar  davri  (III-VII  asr)  zardo‘shtiylar  an’analariga 
e’tibor beradigan bo‘lsak, Zaratushtraning hayoti mil. avv. VII-VI asrning boshlariga to‘g‘ri 
keladi. Ko‘pchilik tadqiqotchilar bu sanani to‘g‘ri deb hisoblaydilar. 
 
Zaratushtra tug‘ilgan joy hamda “Avesto” paydo bo‘lgan hudud haqida ham olimlar 
orasida yagona fikr yo‘q. Bir guruh olimlar Zaratushtrani hozirgi Ozarbayjon, yana bir guruh 
qadimgi Baqtriyada, boshqa guruh olimlar Xorazmda va Eronda tug‘ilib faoliyat ko‘rsatgan 
va “Avesto” ham shu hududlarda paydo bo‘lgan deb hisoblaydilar. 
 
Zaratushtraning yangi ta’limoti o‘z vatanida tarafdorlarini topmaganligi sababli u o‘z 
yurtidan ketishga majbur bo‘lgan. Zaratushtra diniy  ta’limotini birinchi bo‘lib qabul qilgan 
tarafdorlar  qadimgi  Baqtriya  podshosi  Kavi  Vishtasp,  malika  Xutaosa  va  ularning  yaqin 
qarindoshlaridir.  Zaratushtra  o‘z  g‘oyalarida  qonli  qurbonlik  qilishni  qat’iyan  qoralaydi.  U 
yana shuni ta’kidlaydiki, odamzod yashashga haqli bo‘lib, bu huquqdan uni mahrum qilishga 
hech kimning haqqi yo‘q. 
 
Zaratushtra o‘z g‘oyalarini targ‘ib qila boshlagan davr O‘rta Osiyo va Eron xalqlari 
tarixida  eng  muhim  davr  edi.  Ibtidoiy  jamoa  munosabatlari  o‘zgarib,  davlatchilik  tizimi 
munosabatlari  qaror  topmoqda  edi.  Yangi  din  esa  bu  o‘zgarishlarni  o‘zida  aks  ettirib, 
tug‘ilayotgan  sinfiy  jamiyatga  xizmat  qilar  edi.  U  birlashishga  va  kuchli  markazlashgan 
hokimiyat  tuzishga,  o‘sha  davrda  o‘troq  dehqonchilik  bilan  shug‘ullanuvchi  vodiy  aholisi 
uchun  “xudoning  qamchisi  (tig‘i)”  hisoblangan  ko‘chmanchi  xalqlarga  qarshi  keskin 
kurashga chaqirdi. 
 
Zardo‘shtiylarning  diniy  falsafasi  qarama-qarshi  kuchlarning  kurashiga  asoslangan. 
Bu kurash yorug‘lik, yaxshilik kuchlari xudosi Axuramazda, qora va zulmat kuchlari xudosi 
Axriman o‘rtasida boshlanib jamiyat va insonlar orasida davom etgan. 
 
Zaratushtra ta’limotiga ko‘ra jamiyat  yaxshilik va  yomonlikdan iborat. Shuningdek, 
bu ta’limotga ko‘ra insonlar hayotining asosiy mazmuni doimo xayrli ishlar qilish, bir-biriga 
mehr-oqibatli,  xushmuomala  bo‘lish  va  olijanob  fazilatlardan  iborat.  Zardo‘shtiylarda  to‘rt 
unsur - olov, yer, suv va havo muqaddas hisoblangan va ular doimo ardoqlanib kelingan. 
 
Zardo‘shtiylar  o‘limni  dunyoda,  jamiyat  taraqqiyotida  eng  yovuz  narsa  deb 
hisoblaganlar. Shuning uchun ham ular muqaddas yerga o‘likni ko‘mmaganlar hamda o‘ziga 
xos  ko‘mish  marosimlariga  amal  qilganlar.  O‘likni  (odam,  hayvon)  yerga  ko‘mish  qattiq 
jazolangan.  Zardo‘shtiylar  o‘likni  maxsus  joylarda  saqlab,  hayvonlar  va  qushlar  ular 
suyaklarini  tozalaganidan  so‘ng  tozalangan  suyaklarni  tosh,  loy  yoki  ohakdan  yasalgan 
maxsus “astadon” (“ossuariy”)larga dafn etganlar. 
 
Zaratushtra  dini  vaqt  o‘tishi  bilan  asta-sekin,  eron  tiliga  mansub  xalqlar  o‘rtasida 
tarqalar  ekan  o‘z  asosini  saqlagan  holda  biroz  o‘zgaradi.  Axuramazda  va  Axrimandan 
tashqari “Avesto” bir qator boshqa xudolar - Mitra, Xouma, Anaxita, Ashi va Zurvon kabi 
ulug‘ xudolar faoliyati haqida ham hikoya qiladi. 
 
Zardo‘shtiylik  Sosoniylar  davrida  (mil.  III-VII  asrlar)  uzil-kesil  rasmiylashgan.  Bu 
davrda  zardo‘shtiylik  adabiyoti  ham  keng  tarqaldi.  Dastlabki  paytlarda  zardo‘shtiylik 
dinining muqaddas matnlari avlodlarga og‘zaki  yetkazilgan va Zaratushtra o‘limidan so‘ng 


 
40 
bir  necha  asr  o‘tgach  ma’lumotlar  to‘planib  yagona  matn  yozilgan.  “Avesto”  shu  tariqa 
yuzaga kelgan. Bir qator olimlar zardo‘shtiylik aqidalariga tayanib “Avesto”ni ilk sosoniylar 
(III-IV asrlar) davriga bog‘lasalarda, shunga qaramay uning birinchi tahriri mil. avv. I asrda 
bo‘lib o‘tgan deb hisoblanadi. “Avesto” (“Asos”, “Asosiy matn”) jumlasi ham o‘sha paytda 
paydo bo‘ladi. 
 
Olib  borilgan  tadqiqotlar  natijalariga  qaraganda,  ilk  temir  davri  O‘rta  Osiyo 
hududlarida  madaniy  hayot,  milliy  urf-odatlar,  an’analarning  rivojlanganligini  kuzatishimiz 
mumkin. Shunday an’analardan biri Navro‘z bayramidir. 
 
Navro‘z  qadim  avlodlarimizdan  bizgacha  yetib  kelgan  muqaddas  urf-odatlardan 
bo‘lib,  uni  bayram  qilish  O‘rta  Sharq  va  O‘rta  Osiyoda  qadimdayoq  rasm  bo‘lgan.  Asrlar 
o‘tishi  bilan  Navro‘z  bilan  bog‘liq  an’analar  xalqlar  va  elatlar  o‘rtasidagi  iqtisodiy  va 
madaniy aloqalarning rivojlanishi zaminida keng  yoyila borib, ko‘p o‘lkalarning an’anaviy 
milliy bayramiga aylandi. 
 
Narshaxiyning  ma’lumot  berishicha,  “Navro‘z  -  Yangi  yil  bayramini  o‘tkazish” 
an’analari  boshlanganiga  uch  ming  yildan  o‘tgan.  Ingliz  olimasi  M.Boys  fikricha, 
zardo‘shtiylarda  “olov  hamda  ezgulik  homiysi  Asha  Vahishta  sharafiga  bahoriy  udum  - 
Navro‘zni  o‘tkazish  an’anasi  paydo  bo‘lgan”.  Beruniyning  yozishicha,  “Navro‘z  yangi 
yilning birinchi kuni bo‘lib, uning forscha nomi ham shu ma’noni taqozo etadi. Yeronliklar 
o‘tmish  zamonlarda  yillarni  qabisali  oylarga  bo‘lishgan.  Bu  vaqt  quyoshninng  Saraton 
burjiga kirish paytiga to‘g‘ri kelar edi. So‘ngra u orqaga surilgach, bahorda keladigan bo‘ldi. 
Endi  u  butun  yil  unga  xizmat  qiladigan  bir  vaqtda,  ya’ni,  bahor  yomg‘irining  birinchi 
tomchisi tushishidan gullar ochilguncha, daraxtlar gullashidan mevalari yetilguncha o‘simlik 
unib  chiqa  boshlashidan  takomillashguncha  davom  etgan  vaqtda  keladi.  Shuning  uchun 
Navro‘z olamning boshlanishi va yaratilishiga dalil qilingan.” 
 
Demak,  Navro‘z  3-3,5  ming  yillar  ilgari  paydo  bo‘lgan  bo‘lib,  asrlar  davomida 
yangicha  qarashlar  va  an’analar  bilan  boyib  bordi.  Shu  bilan  birga  uning  tarkibida 
ajdodlarimining  qadimgi  mifologik  tasavvurlari  va  hayot  tarzi  bilan  aloqador  marosim  va 
urf-odatlar ham saqlanib qoldi. 

Download 3,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   164




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish