To‘rtinchidan, aynan mana shu aholi ilk shaharlar madaniyatini rivojlantirish jarayonida
o‘lkamiz hududlaridagi ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning boshqaruvchilari bo‘lib, ularning
ilk dehqonchilik manzilgohlari va dastlabki shaharsozlik madaniyatining yaratuvchanligi
xususiyatini ham alohida ta’kidlash maqsadga muvofiqdir.
Turli arxeologik madaniyatlar keng tarqalgan O‘rta Osiyo hududida so‘nggi bronza
va ilk temir davrida kuzatiluvchi manzara muayyan tarixiy-madaniy jarayonlar o‘ta
murakkab kechganligini ko‘rsatadi. Shimol chorvadorlari madaniyati - bu bronza davrining
Andronov- madaniyati bo‘lib, Qozog‘iston hududlarini to‘la qamrab olib g‘arbda Volga orti
cho‘llarigacha, sharqda Minusinsk havzasigacha cho‘ziladi. Chorvadorlar madaniyatining
izlari o‘sha davrning ko‘pgina qo‘rg‘onlaridan aniqlangan bo‘lib, ulardan ko‘p sonli bronza
va sopol buyumlar, mehnat va jangovar qurollar hamda san’at asarlari topilgan. Ular
qadimiyligi jihatdan Old Osiyodan keyinda turadi.
Qadimda O‘rta Osiyoning shimoliy va janubiy viloyatlari aholisi bilan markaziy
hududlar aholisining murakkab etnomadaniy aloqalari qizg‘in rivojlanib bu aloqalar
mahalliy aholi hayotida katta ahamiyatga ega bo‘lgan boshqa o‘xshash madaniyatlar
taraqqiyotiga ham ta’sir o‘tkazgan.
Ma’lumki, O‘zbekiston qadimgi tarixining juda katta davri yozma manbalarsiz,
arxeologiya va antropologiyaga oid manbalarga tayangan holda o‘rganiladi. Qadimgi Sharq
yozma manbalaridan (Hind, Ossuriya va Eron manbalari) ma’lumki, mil. avv. II ming
yillikning o‘rtalari va oxirlari (bronza davri) - O‘rta Osiyo, Afg‘oniston, Hindiston va Eron
tarixi - hind-eron qabilalari yoyilishi bilan bog‘liq bo‘lgan. Hind-eron qabilalari dastlab juda
keng hududlarda - Volga, Ural va Janubiy Sibir oralig‘idagi yerlarda yashaganlar.
Tadqiqotchilarning fikrlariga qaraganda, O‘rta Osiyoda aholi joylashuvi etnik
hududlarining ajrala boshlashi mil. avv. IX-VIII asrlarga oid bo‘lishi mumkin. Mil. avv. VI
asrda Erondagi ahmoniylar sulolasi podsholari yurtimizda yurish qilganda bu xalqlarning
ajralib borish jarayoni butunlay tugagan va turli xalqlarning hududiy joylashuv chegaralari,
viloyatlarning ma’muriy chegaralari ahmoniylardan ancha oldingi davrda paydo bo‘lgan.
Ming yillar davomida O‘zbekiston hududlarida yashab o‘tgan qabilalar va elatlarning
tarixi hamda madaniyati izsiz yo‘qolib ketmagan. Ushbu elatlarning ayrimlari
ajdodlarimizning yirik guruhlarini tashkil etib, eng qadimgi yozma manbalarda tilga olingan.
Ushbu manbalarning guvohlik berishicha, mil. avv. VII-VI asrlarda O‘zbekistonning
dehqonchilik vohalarida so‘g‘diylar, baqtriyaliklar va xorazmiylar yashaganlar. O‘rta Osiyo
va Qozog‘istoning tog‘lari, dashtlari va cho‘llarida yashagan saklar va massagetlar
chorvador qabilalardir.
Mil. avv. I ming yillikning birinchi yarmida yurtimiz hududlarida joylashgan turli
xalqlar qadimgi sharq-eroniy tillar shevalarida gaplashganlar. Ularning etnik qiyofasi va
tillari bir-biriga yaqin bo‘lgan. Shuning uchun ham so‘g‘dlar, baqtriylar, xorazmiylar, sak-
massagetlar qarindosh xalqlar bo‘lib, bir-birlarini tushunganlar. Ayniqsa, dehqonchilik bilan
shug‘ullanib o‘troq xo‘jalik yuritgan aholining moddiy va ma’naviy madaniyat bir-biriga
ancha o‘xshash bo‘lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |