O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti



Download 3,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet106/164
Sana31.12.2021
Hajmi3,29 Mb.
#200128
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   164
Bog'liq
ingliz tili amalij gramatikasi (1)

badriddinovchilar ustidan sud boshlanadi. “Badriddinovchilik”-O`zbekiston SSR Oliy sudining 
prokurori  Shamsutdin  Badriddinov  nomi  bilan  bog‘liq  ish.  Sh.Badriddinovga  “Milliy  ittihod” 
tashkiloti  a’zolari  va  bosmachilar  bilan  aloqa  bog‘lagan,  Munavvar  Qori  va  S.Qosimovning 
yaqin  do`sti  va  ham  fikri  bo`lgan  degan  ayblar  qo`yilgan  Sh.Badriddinov  va  uning  5  tarafdori 
ustidan  sud  jarayoni  1932-yil  5-may-15  iyunda  Toshkentda  bo`lib  o`tadi.  Ana  shu  sudda  fosh 
etuvchi nutq bilan so`zga chiqqan Olimov ismli guvoh Cho`lponning ham nomini g‘ayrli niyatda 
tilga  oladi.  Bu  uning  1937-yilda  qamoqqa  olinishiga  sabab  bo`ladi.  “Cho`lpon  o`z  oldiga  sovet 
hokimiyatini  qurol  bilan  ag‘darib  tashlash  va  O`zbekiston  muzofotida  burjua  davlatini  barpo 
etish  maqsadini  qo`ygan,  aksilinqilobiy  millatchilik  tashkilot  a’zosi  bo`lgan...,  sovet 
hokimiyatiga  qarshi  kurash  uchun  milliy  kadrlar  tayyorlagan...,  tashkilotning  topshirig‘iga 
muvofiq  aksilsho`roviy-millatchilik  ruhidagi  she’rlarni  yozgan.  Xorijiy  razvedka  organlarining 
ayg‘oqchilari  Shohid  eson  Musayev,  Fitrat  va  G‘ozi  Olim  Yunusov  bilan  doimiy  aloqada 
bo`lgan...”  degan  soxta  aybnomalar  asosida  sovetlarning  jazo  organlari  tomonidan  1938  yil  4 
oktabrda qatl etiladi. 


 
235 
O`zbek romanchiligining asoschisi - Abdulla Qodiriy 20-yillarda “O`tkan kunlar” dan keyin, 
“Mehrobdan chayon” asarlarini yaratib, o`zbek romanchiligini jahon madaniyati darajasiga olib 
chiqdi.  Biroq,  sovet  rejimi  uning  “O`tkan  kunlar”  asari  kitobxonlarni  sovet  voqeligidan 
uzoqlashtiradi  va  unda  millatchilik  qarashlari  ochiq  aks  etgan  deb  tanqid  ostiga  olishadi  va  bu 
uning 1937-yilda  qamoqqa olinishi uchun asos  bo`lib xizmat  qiladi. Adabiyotimizning eng sara 
arboblari qatorida A.Qodiriy ham 1938-yil 4-oktabrda otiladi. 
Taniqli  o`zbek  shoiri,  dramaturg  va  tarjimon  Usmon  Nosir  o`zining  “Yurak”,  “Mehrim, 
“Norbo`ta,  “Naxshon”  va  boshqa  she’riy  dostonlari  bilan  shuhrat  qozongan.  Shuningdek,  u 
Dobrolubov,  Lermontov  asarlarini  o`zbek  tiliga  tarjima  qilgan.  Usmon  Nosir  ham  1944-yilda 
sovet rejimining begunoh qurboni bo`lgan. 
O`zbekiston  Prezidenti  I.A.Karimov  ta’kidlaganidek,  respublika  NKVDsi  “uchlik”  lari 
tomonidan  1937-39-yillarda  41  mingdan  ziyod  kishi  qamoqqa  olinib,  ulardan  6  ming  920  tasi 
otib tashlangan edi. 
Millatning  ilg‘or  taraqqiyparvar  ziyolilari  qatag‘on  qilinishi  oqibatida  xalqimiz  ularning 
noyob asarlarini o`qishdan uzoq vaqt mahrum bo`ldi.  
Ma’lumki,  sovet  hukmronligi  davrida  din  davlatdan  ajratilgan,  deb  e’tirof  etilgan, 
nomigagina  vijdon  erkinligi  e’lon  qilingan  bo`lsa-da,  aslida  diniy  e’tiqod  goh  oshkora,  goh 
pinhona  tarzda  ta’qibu  tazyiqqa  olinar  edi.  Holbuki  jamiyatsiz  din,  dinsiz  jamiyat  bo`lishi 
mumkin  emas.  Sovet  tuzumida  bunga  mutlaqo  e’tibor  berilmas  edi.  Balki,  iloji  boricha,  dinga, 
diniy  tarbiyaga  to`sqinlik  ko`p  bo`lib,  jamiyatdan  ularni  siqib  chiqarishga  harakat  qilingan. 
Sovetlarning e’tiqodi dahriylik edi.  
30-yillar  boshi  dindor  va  e’tiqodli  kishilarga  zo`ravonlik  va  siyosiy  qatag‘onlikning 
cho`qqisi bo`ldi.  
Hatto  Alloh  taoloning  uyi  hisoblanmish  masjidlar  xudosizlar  uyiga,  ateizm  muzeyiga 
aylantirilgan.  Ushbu  siyosat  oqibatida  ko`plab  qo`hna  masjidlar  uzoq  vaqtgacha  qarovsiz  qolib 
ketdi,  yangi  masjidlar  qurish  to`g‘risida  esa  hatto  so`z  bo`lishi  mumkin  emas  edi.  Bu  davrda 
O`zbekistondagi diniy ulamolarning asosiy qismi qamoq lagerlariga jo`natildi.   
  Inson  huquqlari  amalda  poymol  etildi.  Qamoqxonalarda  mahbuslar  shafqatsiz  jismoniy 
jazolarga mahkum etildilar.  
 
20-30 yillardagi mustabid tuzumning qatag‘onlik siyosati jiddiy va fojeali oqibatlarga olib 
keldi.  Milliy  ziyolilarning  jismonan  yo`q  qilinishi  oqibatida  milliy  madaniyat  to`la-to`kis 
rivojlana  olmadi.  Millatning  aql-idrokli  kishilari  mahv  etilgach,  hamma  “yo`lboshchi”ning 
itoatkor  quliga  aylantirildi.  Shunday  qilib,  har  qanday  o`zgacha  fikrni  kuch  bilan  bo`g‘adigan, 
ommaviy  o`zboshimchalik  va  zo`rlik  bilan  Vatanga  sodiq  necha  o`n  minglab  kishilarni  qirib 
tashlagan mustabid tartibot qaror topdi va kuchaya bordi. 
 

Download 3,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   164




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish