O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti



Download 3,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/164
Sana31.12.2021
Hajmi3,29 Mb.
#200128
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   164
Bog'liq
ingliz tili amalij gramatikasi (1)

Cho`lpon  (1897-1938)-ko`p  qirrali  iste’dod  sohibi  edi.  Cho`lpon  ehtirosli  va  yoniq 
asarlari  bilan  o`zbek  xalqining  milliy  ongini  uyg‘otishda,  uning  yangicha  ma’naviyatini 
shakllantirishda katta xizmat qildi. 


 
231 
20-yillarda Cho`lpon bolsheviklar olib borgan siyosatga nisbatan muxolifatga o`tgani va 
bu  qarashlarini  yashirmay,  she’rlarida  oshkora  kuylagani  tufayli,  uni  millatchiga  chiqarib 
qo`ydilar. Qo`yilgan aybnomalarini isbotlash uchun asosiy dalil sifatida “Buzilgan o`lkaga” 
she’rini  keltirdilar.  Chindan  ham  bu  she’rda  sovet  voqeligini  madh  etish  yo`q.  Bu  tom 
ma’noda  vatanparvarlik  tuyg‘usi  bilan  sug‘orilgan  she’r.  She’rda  ulug‘  o`lka  boshiga 
tushgan  fojealar,  haqsizliklarga,  adolatsizlikka  qarshi,  ona  yurtning  erki  va  ozodligi  uchun 
kurashga undovchi misralar bor. 
Adibning  “Kecha  va  kunduz”  romanida  Turkistonning  zulmga,  jaholatga,  adolatsizlik 
va haqsizlikka to`la hayotini ochib bergan. 
Turkistonning  tuganmas  dardlarini,  jarohatlarini  anglash  va  anglatish,  uni  birlikka, 
erkka,  mustaqillikka  chorlash  va  bu  yo`ldagi  fidoyilik  har  uch  adib  ijodining  mushtarak 
jihatini tashkil qiladi.  
Hamza  o`z  she’rlarida  faqat  ma’rifatga  chaqirish  bilan  cheklanmaydi,  u  qadimiy 
Turkistonning  siyosiy-ijtimoiy  ahvolini  o`ylaydi,  muxtoriyat  g‘oyalarini  ulug‘laydi. 
Masalan, uning “Turkiston muxtoriyatiga” degan she’rida “islom davlati”ni bir sanjoq ostida 
birlashishga  chaqiradi,  “arab,  turk,  qobil,  hindiston”  kabi  xalqlardan  tashkil  topgan  “islom 
millatini ahillikka, ittifoq bo`lib ish yuritishga” undaydi.  
Mustabid  tuzum  yillari  respublikamizda  adabiyot  bilan  bir  qatorda,  milliy  san’at  ham 
rivojlandi.  1918  yilda  Hamza  Farg‘onada  “O`lka  Sayyor”  siyosiy  truppasini  tashkil  etdi. 
M.Qori - Yoqubov, Y.Egamberdiyev, H.Islomov, M.Kuznetsovalar shu teatr qaldirg‘ochlari 
bo`ldilar.  O`sha  yili  Mannon  Uyg‘ur  Toshkentda  “Turon”  jamiyati  qoshida  teatr  tuzdi.  Bu 
guruh keyinchalik O`lka Davlat namuna teatriga aylandi. Teatrning birinchi aktyorlari-Abror 
Hidoyatov, Muzaffar Muhamedov, Obid Jalilov, Fatxulla Umarov, Sayfi Olimov, Ma’suma 
Qorieva, Bosit Qoriev, Ziyo Saidlardir. Mannon Uyg‘ur vatanparvarlik va ma’rifatparvarlik 
g‘oyalari  bilan  sug‘orilgan  Fitrat,  G‘ulom  Zafariy,  Cho`lpon,  Qodiriy,  ozarbayjon 
dramaturgi Husayn Jovid asarlarini sahnalashtirdi.  
  Shu  yillarda  Qori  ¨qubov  tomonidan  birinchi  bo`lib  o`zbek  xalq  musiqa  ansambli 
tashkil  etildi.  1926-yilda  esa  yuzaga  kelgan  birinchi  o`zbek  davlat  konsert  etnografik 
ansambliga atoqli o`zbek xonanda, aktyor, sozandalari jalb etilib, 1929-yilda uning zaminida 
Samarqandda  O`zbek  davlat  musiqali  teatri  tashkil  topdi.  Aynan  o`sha  davrlarda  atoqli 
o`zbek ijrochilari chet el gastrollarida bo`lishgan: Tamaraxonim va Qori ¨qubovlar Parij va 
Berlin(1925)da katta muvaffaqiyat qozonishgan. 1936 yilda O`zbek davlat filarmoniyasining 
tashkil etilishi  ijrochilik  san’atini  ma’lum darajada tizimlanishiga asos  bo`ldi. O`zbek xalq 
cholg‘u asboblari orkestri, ashula va raqs ansambllari, xor kapellasi, simfonik orkestr uning 
tarkibida ish boshladi.  
Oktabr  to`ntarishidan  so`ng,  respublikamizda  bir  qancha  ilmiy  va  o`quv  muassalari 
tashkil  etildi.  Xususan,  1918  yilda  tashkil  etilgan  Turkiston  Xalq  Universiteti  qoshida  bir 
qancha  ilmiy-tadqiqot  institutlari  faoliyat  ko`rsata  boshladilar.  Tuproqshunoslik  va 
geobotanika, biologiya, zoologiya, pedagogika va psixologiya, fizika-matematika, ekologiya 
ilmiy-tadqiqot institutlari shular jumlasidandir. 
Shuningdek,  respublikada  20-yillar  oxiri-30  yillar  boshida  Tropik  tibbiyot  instituti, 
Tibbiy  parazitologiya  va  gelmintologiya  ilmiy-tadqiqot  instituti,  Suv  xo`jaligi  tajriba-
tadqiqot instituti va boshqa ilmiy muassasalar tashkil qilindi. 
30-yillarda respublikamiz hamda mintaqada ilm-fan ravnaqiga munosib hissa qo`shgan 
mahallliy  millatga  mansub  olimlar  yetishib  chiqdilar.  Ular:  T.Qori-Niyoziy,  T.Sarimsoqov, 
S.Sirojiddinov, O.Sodiqov, N.Dolimov, T.Zohidov, U.Oripov, S.Umarov va boshqalardir. 
Ilmiy-tadqiqot  muassasalari  tarmog‘i  va  ilmiy  kadrlar  sonining  jadal  o`sishi,  olimlar 
oldiga  yangi  vazifalarning  qo`yilishi,  ilmiy-tadqiqot  ishlariga  rahbarlik  qilish  va  ularni 
muvofiqlashtirib  turish  ishlarini  takomillashtirishni  taqozo  qildi.  1932  yilda  Fan  qo`mitasi 
ta’sis etilib, 1940 yilda uning negizida Ittifoq FA O`zbekiston filiali (O`zFAN) tuzildi. Shu 
davrdan  O`zFAN  O`zbekistonning  ilmiy-tadqiqot  markaziga  aylandi.  Uning  tarkibiga 


 
232 
geologiya,  botanika,  kimyo,  suv  xo`jaligi  muammolari,  tarix,  til  va  adabiyot  institutlari; 
tuproqshunoslik,  zoologiya,  fizika  va  matematika  sektorlari;  Toshkent  astronomiya 
observatoriyasi; iqtisodiy tadqiqotlar va kartografiya byurosi kiritildi.  
  1943-yilda O`zFAN asosida O`zbekiston Fanlar Akademiyasi (O`zFA) tashkil etildi, 
uning birinchi prezidenti etib akademik Toshmuhammad Niyozovich Qori-Niyoziy saylandi.  
  O`zbek  matematika  atamashunosligi  asoschisi,  taniqli  matematik  Toshmuhammad 
Qori  Niyoziy  zamonaviy  o`zbek  matematik  tafakkurining  shakllanishi  va  rivojiga  bebaho 
hissa  qo`shgan  olimdir.  Uning  Beruniy  mukofotiga  sazovor  bo`lgan  uch  jildlik  “Asosiy 
matematik analiz kursi” nomli asarining ilmiy qimmati oliy matematikadan birinchi o`zbek 
tilidagi  original  qo`llanma  ekanligidadir.  O`zbekiston  xalqlarining  madaniy  hayoti  tarixiga 
oid  ilmiy  ishlar,  o`zbek  matematika  va  astronomiya  ilmlari  tarixi,  xususan,  Ulug‘bekning 
astronomiya maktabiga oid asarlai ham Qori Niyoziy qalamiga mansubdir. 

Download 3,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   164




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish