Tayanch tushunchalar: didaktika, ta’lim nazariyasi, didaktikaning obyekti, predmeti, maqsadi va vazifalari, pedagogik jarayon, didaktik kategoriyalar, tizim, g‘oyalar, bilim, ko‘nikma va malaka.
Mavzuning qisqacha bayoni: didaktika (ta’lim nazariyasi, yunoncha “didaktikos” – “o‘rgatuvchi”, “didasko” – “o‘rganuvchi”) – ta’limning nazariy jihatlari, ta’lim jarayonining mohiyati, tamoyillari, qonuniyatlari, o‘quvchi – o‘qituvchi faoliyati, ta’limning maqsadi, mazmuni, shakllari, metodlari, vositalari, natijasi, ta’lim jarayonini takomillashtirish yo‘llari va hokazo muammolarni tadqiq etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |