O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti



Download 3,69 Mb.
bet30/258
Sana30.01.2022
Hajmi3,69 Mb.
#419288
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   258
Bog'liq
Мажмуа Умумий педагогика Ибрагимовга

Individual yondashuv tarbiyachidan quyidagilarni talab qiladi:

  • tarbiyalanuvchi temperamentining individual xususiyatlarini, qarashlarini doimiy o‘rganib borish va yaxshi bilish;

  • tafakkurining shakllanganlik darajasi, motivlari va qiziqishlari, hayotga va mehnatga munosabatlari to‘g‘risida aniq tasavvurga ega bo‘lish;

  • har bir tarbiyalanuvchining istiqboldagi rivojlanishini ta’minlash maqsadida ularni imkoniyatlari darajasida tarbiyaviy tadbirlarga jalb etib borish;

  • tarbiyalanuvchining shaxsiy faolligidan samarali foydalanish;

  • o‘zini-o‘zi tarbiyalashga katta e’tibor berish, bu borada tarbiyalanuvchiga amaliy yordam ko‘rsatish;

  • mustaqillik, tashabbuskorlik kabi fazilatlarni rivojlantirib borish;

  • o‘smirlarning ta’lim jarayonida, sportda o‘z kuchi va imknoniyatlarini zo‘riqishlardan saqlagan holda me’yorda safarbar etishlariga erishish;

  • bir tarbiyalanuvchiga nisbatan qo‘llaganda yaxshi samara beradigan metod boshqaga nisbatan kutilgan natija bermasligini nazarda tutish;

  • bugungi kunda yoshlarning axborotlarni olish imkoniyatlari oshganligi natijasida ularning dunyoqarashi kengayib borayotganligini inobatga olib, o‘zi ustida betinim ishlash, siyosat san’at va madaniyatga oid bilimlarini boyitib borish;

  • individual yondashuv tamoyili faqat tarbiyasi og‘ir bolalargagina emas, barcha tarbiyalanuvchilarga nisbatan amal qilish lozim.

6 . Bu ta’lim-tarbiya jarayonining yakuniy natijasi oila, maktab mahalla, davlat va nodavlat notijorat tashkilotlarining hamkorligi darajasiga bog‘liq bo‘lishdan bizni ogoh qiluvchi tamoyildir. Bolalikda oilaning tarbiyaviy ta’siri kuchli bo‘lib, keyinroq maktabda ta’limning boshqa turlarida muhitning, pedagoglarning va tengdoshlarning ta’siri kuchayib boradi. Ammo oila, maktab, mahalla yoshlar tarbiyasini o‘zaro hamkorlikda amalga oshirmas ekan, bu borada kutilgan natijalarga erishish qiyin.
Ushbu tamoyilni ro‘yobga chiqarishda quyidagi jihatlarga e’tiborni qaratish maqsadga muvofiq:

  • ota-onalar farzandlarining individual-psixologik xususiyatlarini yaxshi bilishadi. Shu boisdan pedagog o‘z faoliyatida birinchi navbatda o‘quvchi yoki tarbiyalanuvchining ota-onasi bilan aloqani mustahkamlashi va yaqin hamkorlik qilishi muhim;

  • pedagogik faoliyatda sinf jamoasining tarbiyaviy ta’siridan ham samarali foydalanish, o‘quvchilar o‘rtasida o‘zaro ishonchga asoslangan do‘stona munosabatlarni yo‘lga qo‘yish lozim;

  • ushbu tamoyilni amalga oshirish uchun pedagoglar yagona ta’sir tizimini sinfdan va maktabdan tashqari o‘tkaziladigan tarbiyaviy tadbirlarda ham joriy etishlari zarur;

  • maktab, sinf (guruh) rahbari, oila, mahalla, davlat va nodavlat notijorat tashkilotlari bilan yo‘lga qo‘yilgan hamkorlik aloqalarini muvofiqlashtirib borish maqsadga muvofiq.

Ushbu tamoyil to‘g‘risida so‘z yuritar ekanmiz, bu borada Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning quyidagi so‘zlarini keltirish o‘rinlidir: “Maktab, ta’lim-tarbiya masalasi davlat va jamiyat nazoratida bo‘lishi Asosiy qonunimizda belgilab qo‘yilgan. Shu bilan birga, bu keng jamoatchilik ishtiroki va qo‘llab-quvvatlashini talab qiladigan umummilliy masaladir”.
Tarbiyaning yosh avlodni jamiyat talablari asosida shakllantirishdan iborat asosiy maqsadiga erishish uchun bola shaxsining har tomonlama – axloqan, jismonan va aqlan barkamol, mehnatsevar inson bo‘lib yetishishiga erishish zarur. Bu vazifalarni amalga oshirish uchun pedagogika fanida tarbiya jarayoni shartli ravishda turlarga bo‘linadi.
Tarbiyaviy ishlarning xususiyatiga va yo‘nalishiga ko‘ra turlarining o‘ziga xos jihatlariga qisqacha to‘xtalib o‘tsak. Tarbiyaning tarbiyachi – tarbiyalanuvchi o‘rtasidagi munosabatlari hamda institutsional belgilari bo‘yicha turlarini mustaqil ravishda o‘rganamiz va amaliy mashg‘ulotda ularni batafsil tahlil qilamiz.

Download 3,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish