O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti



Download 3,69 Mb.
bet26/258
Sana30.01.2022
Hajmi3,69 Mb.
#419288
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   258
Bog'liq
Мажмуа Умумий педагогика Ибрагимовга

Tayanch tushunchalar: tarbiya nazariyasi, tarbiya jarayoni, shaxsga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar, avtoritar va erkin tarbiya, tarbiya tamoyillari, tarbiyaning turlari, tarbiya vositalari, tarbiya metodlari.
Mavzuning qisqacha mazmuni: mavzuda tarbiya nazariyasi o‘rganadigan obyekt – tarbiya jarayonining mazmun-mohiyati, o‘ziga xos xususiyatlari haqida so‘z yuritiladi. Shuningdek, tarbiyaning jamiyat va inson hayotida tutgan o‘rni va ahamiyati, uning asosiy tamoyillari, turlari, metodlari hamda vositalari to‘g‘risida tahliliy ma’lumotlar berilgan. Ma’ruzada bolani shaxs sifatida o‘zini–o‘zi tarbiyalashini tashkil etish masalalari ham o‘z aksini topgan.

Tarbiya nazariyasi pedagogika fanining tarkibiy qismi bo‘lib, tarbiya jarayonining mazmunini, o‘ziga xos xususiyatlarini va uni tashkil etishning nazariy muammolarini o‘rganadi.


Tarbiya nazariyasi quyidagi muammolarni tadqiq qiladi:
a) shaxsning shakllanish jarayonida tarbiyaning mohiyatini ochib berish;
b) tarbiyaviy ishning mazmunini aniqlash;
v) tarbiya metodlarini ishlab chiqish;
g) bolalarning shaxsiy sifatlarini rivojlantirishga qaratilgan tarbiyaviy ish tizimini shakllantirish.
Pedagogika fanidagi singari, tarbiya nazariyasida ham ilgaridan mavjud bo‘lgan eski qarashlar va yangidan paydo bo‘layotgan qarashlar o‘rtasida qarshiliklar mavjudligi ko‘zatiladi. Jamiyat hayoti, turmush sharoitlari va shaxslararo munosabatlar yangi mazmun kasb etishi bilan tarbiya mazmuni va metodlari, unga bo‘lgan munosabat ham o‘zgarib boradi. Zero, jamiyatdagi o‘zgarishlar tarbiyachi va tarbiyalanuvchining ham shaxsiy sifatlariga o‘zining ta’sirini ko‘rsatmay qolmaydi.
O‘zbekistonda yoshlar tarbiyasining asosiy masalasi xususida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevningquyidagi fikrlari e’tiborga molik: “...mamlakatimizning taqdiri va kelajagi uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga, bu yo‘lda bor bilim va salohiyatini safarbar etishga qodir bo‘lgan, azmu shijoatli yoshlarni tarbiyalab voyaga yetkazish – biz uchun eng muhim masaladir”.
Tarbiya nazariyasining asosiy tamoyillari va qoidalarini asoslashda falsafa, psixologiya, dinshunoslik, tarix, etika, estetika, sotsiologiya fanlarining yutuqlaridan foydalaniladi. Tarbiya nazariyasi Sharq va G‘arb mutafakkirlarining ilmiy merosi, xalq pedagogikasi, milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida boyib, rivojlanib boradi.
Tarbiyaga oid nazariy qarashlar va g‘oyalar tarbiya amaliyotiga o‘zining bevosita ta’sirini ko‘rsatadi. Avtoritar (kuch bilan bo‘ysundirishga asoslangan) tarbiya nazariyasi tarixida eng keng tarqalgan yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Avtoritar tarbiyaga qadimgi Spartada mavjud bo‘lgan tarbiya amaliyoti yorqin misol bo‘la oladi: Xususan, chaqaloq dunyoga kelishi bilanoq, jismoniy holatidan kelib chiqib, unga nisbatan yashash yoki hayotidan mahrum bo‘lish yuzasidan qabila oqsoqollari tomonidan tegishli qaror qabul qilingan. Ota-onalar ixtiyoriga qaytarilgan sog‘lom chaqaloq yetti yoshga to‘lganidan so‘ng yana qabila yetakchilari ixtiyoriga topshirilib, yetuk jangchi bo‘lib yetishguniga qadar o‘ta og‘ir sinovlar vositasida tarbiyalangan.
Nemis pedagogi Fridrix Gerbart (1776-1841) avtoritar tarbiyani ilmiy asoslashga, bolalarni boshqarishning yangi nazariyasini yaratishga urinadi. Uning fikriga ko‘ra, boshqaruv bolaning xulq-atvorini belgilaydi, tashqi tartibni ushlab turishga xizmat qiladi. Bolalarni jazo choralari vositasida qo‘rqitish, taqiqlar joriy etish, masalan, tushlikdan mahrum qilish, qamab qo‘yishni Gerbart boshqaruv usullari deb hisoblaydi.
Fransuz ma’rifatparvari Jan Jak Russo (1712-1778) erkin tarbiya nazariyasini ilgari suradi. Russo va uning tarafdorlari bola shaxsini hurmat qilish, tarbiya jarayonida tabiiy rivojlanishini rag‘batlantirishga chaqiradi. Keyinchalik ular bola tarbiyasini uning o‘ziga qo‘yib berish g‘oyasini targ‘ib qila boshlashdi.
Pedagogika, psixologiya fanlarining yutuqlari asosida shuni qayd etish lozimki, bugungi kunda tarbiya nazariyasiga ko‘ra har ikkala qarash ham rad etiladi. Ikki tomonlama jarayon sifatida tarbiya o‘rtamiyona – demokratik yondashuvni talab qiladi. Tarbiyaga demokratik yondashuv kattalarning kichiklar bilan iliq, do‘stona munosabat o‘rnatishga intilishi, kichiklarning mustaqil tashabbuslarini imkon qadar qo‘llab-quvvatlashga xizmat qilishi tarzida namoyon bo‘ladi, ushbu yondashuv tarbiyaning amalda ikki tomonlama xususiyatga ega bo‘lishiga xizmat qiladi.

Download 3,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish