O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti “Tasdiqlayman” o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor


Ma’ruza № 7 Yurakning tuzilishi, funksiyasida fiziologik jarayonlar



Download 6,21 Mb.
bet40/130
Sana20.07.2022
Hajmi6,21 Mb.
#831131
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   130
Bog'liq
2 5190905505534448806

Ma’ruza № 7
Yurakning tuzilishi, funksiyasida fiziologik jarayonlar.
Reja:

  1. Organizmning ichki muhiti.

  2. Qonning miqdori va tarkibi, qon plazmasi va shaklli elementlari.

  3. Qon aylanishi va uning yoshga bog‘liq xususiyatlari.

  4. Qon aylanishining boshqarilishi.

Tayanch so‘zlar: plazma, leykotsit, eritrotsit, trombotsit, gormon, limfa, arteriya, vena, buferlik, albuminlar, globulinlar, fibrinogen, fibrin. gazlar almashinuvi.
7.1 Organizmning ichki muhiti.
Qon tizimi juda murakkab bo‘lgan bir nechta tizimlardan tashkil topgan. Ularga qonning o‘zi, qon yaratuvchi a’zolar, qon emirilishini ta’minlovchi a’zolar va bu tizimni boshqaruvchi mexanizmlar kiradi. Qon, limfa va to‘qima suyuqliklari organizmning ichki muhitini tashkil qiladi. Qon kuchsiz ishqoriy muhitga ega bo‘lgan suyuqlik bo‘lib, solishtirma og‘irligi 1,054-1,066 ga teng. Qon va to‘qima suyuqligi o‘rtasida moddalar, gormonlar, gazlar va biologik faol moddalarning suvda erigan holdagi almashinuvi tinimsiz sodir bo‘ladi. Qon bir qancha funksiyalarni bajaradi: transport, nafas, trofik (oziqlantiruvchi), ekskretor, termoregulyasiya, himoya gumoral boshqaruv va h.k. Qon ikki qismdan: suyuq plazma va shaklli elementlar-eritrotsitlar, leykotsitlar va trombotsitlardan iborat.


7.2.Qonning miqdori va tarkibi, qon plazmasi va shaklli elementlari.
O‘sib borayotgan organizmda qon miqdori o‘zgarib boradi. Qon miqdori tana massasiga nisbatan hisoblanganda bolalarda kattalarga nisbatan ko‘proqdir. YAngi tug‘ilgan bolalarda qon tana vaznining 14,7%, bir yoshli bolalarda — 10,9%, o‘smirlarda — 7% tashkil qiladi (6-jadval). Bolalarda qonning miqdori nisbatan yuqori bo‘lishining asosiy sababi — bu yoshda modda almashinuvining jadal sur’atda bo‘lishidir. Kattalarda 60 — 70 kg vaznga 5.0 — 5.5 litr qon to‘g‘ri keladi. Odatda, qonning bir qismi qon tomirlarida aylanib yuradi, qolgan qismi qon saqlovchi organlarda — depolarda (taloq tomirlari, teri, jigar va o‘pkalar) saqlanib turadi. Zaruriyat tug‘ilganda, masalan, qon yo‘qotilganda, jismoniy ish bajarilayotganda depodagi qonlar ham qon tomirlariga o‘tib o‘z vazifasini bajaradi.5
Qon plazmasi. Arterial qonga ivishdan saqlovchi vosita qo‘shib, bir shisha idishda saqlasak, u ikkita har xil rangdagi suyuqliklarga ajraladi. YUqori sarg‘ish rangli suyuq qavati — plazma va pastki to‘q qizil rangli quyuq cho‘kma qavariq— shaklli elementlardir. SHaklli elementlar — qon hujayralarining hayotiy vaqti har xil va uzoq emas. Qon shaklli elementlari qizil ilikda, limfa tugunlarida va taloqda hosil bo‘ladi.
Qon plazmasi va shaklli elementlarning hajmiy nisbatida taxminan 55% ini plazma, 45% ini shaklli elementlar tashkil qiladi. Bolalarda shaklli elementlar ko‘proq. Qon plazmasi tarkibida suv 91,5%, glyukoza 0,12% va oqsillar 7-8% ni tashkil qiladi. Plazmada xossalari va funksiyalari bilan bir-biridan farq qiluvchi oqsillar uch guruhga bo‘linadi — albuminlar (4,5%), globulinlar (2-3%) va fibrinogenlar (0,4-0,2). Oqsillar qon bosimini bir me’yorda ushlab turishda muhim rol o‘ynaydi.
Qon plazmasida oqsildan boshqa azotli birikmalar: aminokislotalar, polipeptidlar, mochevina, siydik kislotasi, kreatinin va ammiak bor. Plazmadagi qoldiq azot deb ataluvchi nooqsil azotning miqdori 30-40 mg% ni tashkil qiladi. Uning yarmi mochevinaga to‘g‘ri keladi. Buyraklar etarli ishlamaganda qon plazmasida qoldiq azot juda ko‘payib ketadi. Kon plazmasida azotsiz organik moddalar: organizm hujayralari uchun asosiy energiya manbai glyukoza (80-120 mg% yoki 4,4-6,7 mmol/l) va organizm hujayralarining faoliyati natijasida hosil bo‘lgan turli organik kislotalar, sut kislotasi ham bor.

Download 6,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish