O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti “Tasdiqlayman” o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor



Download 6,21 Mb.
bet36/130
Sana20.07.2022
Hajmi6,21 Mb.
#831131
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   130
Bog'liq
2 5190905505534448806

6.2. Gipofiz va epifezbezlar.
Gipofiz bosh miya asosidagi turk egarida joylashadi, katta odamda vazni 0,5-0,8 g, chaqalokda 0,1-0,15 g va 10 yashar bolada 0,3 g bo‘ladi. Pubertat davrda u katta odamdagi og‘irlikka etadi.
Morfologik va faoliy tahlil asosida gipotalamus va gipofizni yagona faoliy tizim sifatida qaraladi. Bevosita gipofizda 3 bo‘lak: oldingi, o‘rta va orqa bo‘laklar bo‘ladi. Ulardan dastlabki ikkitasi adenogipofiz (yoki bezsimon gipofiz) va oxirgisi neyrogipofiz deyiladi, chunki ular gipotalamus bilan prinsip jihatidan turlicha bog‘lanishga ega.Gipofizning oldingi bo‘lagi bosh yoki xromofob hujayralardan (55-60%) va xromofil: atsidofil (30-35%) va bazofil (5-10%) hujayralardan tashkil topgan. Adenogipofizning bezsimon hujayralari qon tomirlarga juda boy. Ularning faolligini gipotalamusning boshqaruvchi rilizing-gormon quyidagicha belgilaydi: gipotalamus neyronlarining o‘simtalari kapillyarlar bilan bog‘lanish hosil qiladi va qonga sekret ajratadi, u adenogipofizga o‘tadi va rilizing-gormonlar bezsimon hujayralarga o‘tib, gormonlar sinteziga va ozod bo‘lishiga imkon beradi.
Gipofizning orqa bo‘lagi gipotalamus bilan nerv o‘simtalari orqali birikkan. Bu birikmalarning xususiyati shundan iboratki, gipotalamusda joylashgan nerv xujayralarining aksonlari gipofizda tugallanadi va aksoplazma oqimi bilan gipofizga uning yadrolari sekreti keladi. Gipofiz oldingi bo‘lagining gormonal funksiyasi asosan boshqa periferik endokrin bezlarga ta’sir vositasida amalga oshadi. Adenogipofiz gormonlari trop gormonlar deyiladi, ularga quyidagilar kiradi:
Somatotrop gormon, ya’ni o‘sish gormoni. Ko‘p gormonlardan farqli ravishda turiga oid o‘ziga xoslikka ega. U ona qornidagi hayotning 10 nchi haftasidan xosil bo‘ladi va ta’sir qiladi. Somatotrop gormon jigarda suyaklarning uzunasiga o‘sishiga ta’sir qiladigan somatomedin hosil bo‘lishini rag‘batlantiradi. O‘sish darajasi bilan gormon miqdori o‘rtasida aniq bog‘liqlik mavjud. 20-40 yoshda balog‘atga etiщdan so‘ng epifizar tog‘aylar suyaklanishi ruy berayotganda o‘sish gormoni suyaklarning uzunasiga o‘sishiga ta’sir qilmaydi. U suyak atrofidagi to‘qimalarning o‘sishini kuchaytirish xususiyatiga ega. SHuning uchun ba’zan patologik holatlarda katta odamlarda oyoq-qo‘llar va kalla suyaklari shaklining o‘zgarishiga va qalinlashishiga olib keladi hamda yumshoq to‘qimalar kattalashadi. Bunda til, burun, pastki jag‘, qosh usti ravoqlari, quloq suprasi, lab, qo‘l va oyoq panjalari, tovon suyaklari sezilarli darajada kattalashadi. Suyaklar qalinlashuvi va qovurg‘alar oraliqlarining kattalashuvi hisobiga ko‘krak qafasi hajmi kattalashadi. Bunga akromegaliya kasalligi deyiladi. O‘sish gormonining yoshlikda ishlanish ulushining ortib ketishi gigantizmga sabab bo‘ladi. U, odatda, balog‘atga etish davrida rivojlanadi. Bu kasallik uchun skelet, boshqa a’zolar va to‘qimalarning yoshga mos kelmaydigan nomutanosib jadal o‘sishi xosdir. Somatotrop gormon etishmasa buyi 120-130 sm ga etgandan keyin bola o‘sishdan to‘xtaydi. Bunday gipofizlar pakanalik yoki nanizmda tana proporsiyalari va aqliy rivojlanish gipotireoid pakanalikdan farqli ravishda maromli holda shakllanadi. O‘sish gormoni etishmovchiligi bo‘lgan bolalar tug‘ilganda bo‘yi va uzunligi maromli bo‘ladi, ular 2-4 yoshdan boshlab rivojlanishdan orqada qoladi. Bolalar va o‘smirlarning yosh maromi jihatidan bo‘yi o‘sishidan orqada qolishiga ahamiyat berish kerak. Bunday hollarda gavda uzunligi ko‘pincha oyoq-qo‘llar uzunligidan orqada qoladi. Somatotrop gormon, shuningdek, oqsillar, yog‘lar va uglevodlar almashinuvini idora qilishda ishtirok etadi.
Adrenokortikotrop gormon. U buyrak usti bezlari po‘stlok moddasining o‘sishi va gormonlari faoliyati uchun zarur. Bu gormon buyrak usti bezlaridan tashqari, boshqa a’zolarga ham sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Bu ta’sir gormon ortiqcha sintezlanganda namoyon bo‘ladi. Masalan, terida kuchli pigmentatsiya bo‘ladigan Addison yoki bronza kasalligini ko‘rsatish mumkin. Oraliq miyaning rilizing gormonlar ishlab chiqarish faoliyati buzilishi sababli adrenokortikotrop gormon sekretsiyasi oshganda buyrak usti bezlari giperfarliyati yuz beradi va gipofizar yog‘ ko‘payishi kasalligi kelib chiqadi, unda gavda og‘irligining 50% i yog‘dan iborat bo‘lishi mumkin.
Tireotrop gormon. U qalqonsimon bezning asosiy gormonlari -tiroksin va triyodtironin sintezi va ularning ajralishini quvvatlaydi, bezdagi metabolitik jarayonlarni tezlashtiradi va uning to‘qimasida follikulyar hujayralar o‘sishini ta’minlaydi.
Gonadotrop gormonlar. Ular jinsiy bezlarning gonadotrop faoliyatini idora qiladi. CHunonchi, ular ayollarda tuxum hujayralarining o‘sishi va etilishni va tuxumdondan chiqishini, follikul o‘rnida sariq tana hosil bo‘lishini, tuxumdon follikullari urg‘ochi jinsiy gormonlar - estrogenlar ishlab chiqarishini ta’minlaydi. Erkaklarda gonadotrop gormonlar spermatogenez - erkak jinsiy hujayralari hosil bo‘lishini, erkak jinsiy gormonlari ishlab chiqarilishi va gormonlar ishlab chiqaradigan hujayralar o‘sishini kuchaytiradi.
Laktogen gormon, ya’ni prolaktin. U sut bezlari o‘sishini va sut sekretsiyasini quvvatlab turadi. Onalik instinkti yuzaga chiqishiga va sariq tana, tuxumdonlar faoliyat ko‘rsatishiga imkon beradi, uning gormonlari homilani bachadon devoriga yopishishini ta’minlaydi. Gipofiz oldingi bo‘lagining faoliyati to‘xtaganda barcha a’zolar va to‘qimalarda jumladan, ichki sekretsiya bezlarida va suyak ko‘migi atrofida o‘zgarishlar paydo bo‘ladi.
Gonadotrop, somatotrop va adrenokortikotrop gormonlar pubertat davrda ortiqcha ishlab chiqarilganda o‘sish, balog‘atga etish va yog‘ bosishining tezlashishi kuzatiladi.
Gipofizning o‘rta bo‘lagida melanotrop gormon ishlab chiqariladi: u melanin sintezini quvvatlaydi, pigment hujayralari o‘lchami va miqdorini oshiradi va shu tariqa teri qoplamining rangi o‘zgarishida ishtirok etadi.
Gipofizning orqa bo‘lagidan ikkita gormon, oksitotsin va vazopressin (antidiuretik gormon) ajralib chiqadi. Oksitotsin bachadonning silliq muskullari va kamroq darajada ichak, o‘t pufagi va qovuq, siydik yo‘li muskullarining qisqarishini quvvatlab turadi.
Antidiuretik gormon (vazopressin) buyrak naychalarida suvning qayta so‘rilishini ma’lum darajada quvvatlab turadi, ya’ni ajraladigan siydik miqdorini kamaytiradi. U etishmaganda siydik ajralishi keskin ko‘payadi, bu qandsiz diabetga olib kelishi mumkin. Demak, vazopressin organizmda suv-tuz almashuvining nisbiy doimiyligini ta’minlaydigan omillardan biridir. U, shuningdek, tomirlarni toraytiradi va arterial bosimni oshiradi.
Epifiz, ya’ni g‘uddasimon bez, bosh miya markazida, uchinchi qorincha tubida joylashgan. Og‘irligi taxminan 200 mg bo‘lib, qon tomirlarga juda ko‘p ta’minlangan. Epifiz organizmda biologik soat o‘rnini o‘ynaydi. Epifizning bezsimon hujayralari seratonin va uning hosilasi melatonin ishlab chiqaradi. Melatonin pigment xujayralarga ta’sir qilish yuli bilan terining rangini ochadi, shuningdek, jinsiy bezlar faoliyatini pasaytiradi. Bundan tashqari, melatonin tireotrop gormon, tireokalsitonin, insulin hosil bo‘lishini tormozlaydi. Bularning hammasi epifiz boshqa bezlar bilan o‘zaro chambarchas bog‘liq ekanligidan dalolat beradi. CHunonchi, epifiz ekstrakti paraqalqonsimon bez gipofaoliyatida qonda kalsiy miqdorini maromga soladi, ko‘p miqdorda tiroksin sekretsiyasi bilan bog‘liq qalqonsimon bez kasalligi rivojlanishini kechiktiradi. Epifiz gormonlari etishmaganda yoki bo‘lmaganda qonda jinsiy etilishning tezlashuvi ruy beradi. Epifiz gormonlari fosfor, kalsiy, magniy, tuz-suvlar almashuvini idora qilishda ishtirok etadi. Bez to‘qimasi ishlab chiqadigan K - faktor deb ataladigan modda organizmda kaliy almashinuviga ta’sir kiladi. Kaliy har qanday to‘qimaning eng muhim tarkibiy qismi bo‘lib, uning hayot faoliyatida ishtirok etadi va kaliy almashinuvi buzilishi yurak-tomirlar, asab tizimi, buyrak va boshqa a’zolar ishiga ta’sir ko‘rsatadi.
Epifiz gipofunksiyasida oldingi bo‘lagining gonadotrop gormonlari va xususan testosteron hosil bo‘lishini quvvatlab turadigan lyuteinlovchi gormonni ishlab chiqishi kuchayadi. Natijada, bolalik yoshida jinsiy va jismoniy rivojlanish jadalligi kuzatiladi. Ikkilamchi jinsiy belgilar: soqol, muylov o‘sishi, gavdani tuk bosishi, tovushning past va do‘rildoq bo‘lishi kuzatiladi. Kasallik asosan o‘g‘il bolalarda paydo bo‘ladi.



Download 6,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish