O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti “Tasdiqlayman” o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor



Download 6,21 Mb.
bet35/130
Sana20.07.2022
Hajmi6,21 Mb.
#831131
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   130
Bog'liq
2 5190905505534448806

Nazorat savollari
1. Tayanch-harakat a’zolarining tarkibiy qismlari va hayotdagi ahamiyatini tushuntiring.
2. Suyaklarning rivojlanish bosqichlarini tushuntiring.
3. Muskullar tizimi va uning yoshga bog‘liq xususiyatlarini tushuntiring.
4. Tayanch-harakat a’zolarining rivojlanishida jismoniy mashqlarning roli qanday?
5. Muskullarning ish bajarishi (statik va dinamik ish) nima?

Mavzu bo‘yicha foydalanilgan adabiyotlar.

  1. B.A.Sodiqov, L.S.Qo‘chqorova, SH.Q.Qurbonov “Bolalar va o‘smirlar fiziologiyasi va gigienasi” T. 2005 y.

  2. K.T.Almatov, L.S.Klemesheva “Ulg‘ayish fiziologiyasi” T. 2004y.

  3. O.T.Alyaviya, SH.Q.Qodirov va boshqalar «Normal fiziologiya» T.2007y.


Ma’ruza №6
Ichki sekretsiya bezlarining yosh xususiyatlari
Reja:

  1. Ichki sekretsiya bezlarining ahamiyati va umumiy tushunchalar.

  2. Gipofiz va epifezbezlar.

  3. Qalqonsimon va paraqalqonsimon bezlar.

  4. Ayrisimon bez va buyrak usti bezlari.

Tayanch so‘zlar. Ichki sekretsiya, endokrin, garmon, bez, Klod Bernar, ichki sekretsiya bezlari, aralash bezlar, tashqi bezlar, miya bezlari, epifiz, gipofiz, qalqonsimon bez, qalqon oldi bezi, ayrisimon bez, me’da osti bezi, buyrak usti bezi, jinsiy bezlar, jinsiy tarbiya, Bazedov kasalligi, qandli diabet.


6.1 Ichki sekretsiya bezlarining ahamiyati va umumiy tushunchalar.
Organizm faoliyati asosan nerv sistemasi orqali boshqarilib qolmasdan, bundan tashqari gumoral yo‘l bilan ham boshqarilishi qadim zamonlardan ma’lum bo‘lgan. Organizm hayot faoliyatida hosil bo‘lgan ximiyaviy moddalar qon tomirlariga va hujayra suyuqligiga tushadi. Hujayra suyuqligiga tushgan ximiyaviy moddalar organlar faoliyatiga ta’sir etib, ularni o‘zaro munosabatlarini ta’minlaydi. Odam va hayvon organizmi ko‘p sondagi turli xil organlardan tashkil topgan bo‘lib, ammo bu organlar xayron qolarli darajada, bir-biri bilan kelishilgan holda ishlaydi. Ana shunday organizm qismlarining ajoyib munosabatda bo‘lib ishlashi natijasida organizm bir butun bo‘lib tashqi muhitning o‘zgaruvchan yashash sharoitiga moslashadi.
Organizm funksiyalarining doimiy kelishilgan holda ishlashini ta’minlovchi murakkab boshqarish sistemasi, uning ichki hayoti va tashqi muhitdagi xulq-atvoriga bog‘liqdir.
Evolyusiya jarayonida, shunday o‘ziga xos organlar sistemasi hosil bo‘ldiki, bu sistema murakkab kimyoviy moddalar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan bo‘lib, xatto, hayot jarayonlarini ham boshqara oladi. Bu ichki sekretsiya bezlaridir.
Ichki sekretsiya bezlarining chiqarish yo‘llari bo‘lmaydi, shuning uchun, ular endokrin bezlar deb ham ataladi. Bu so‘z grekcha endo-ichki va krino-ajratish, chiqarish so‘zlaridan olingan.
Ichki sekretsiya bezlari yoki endokrin bezlardan ishlanib chiqqan suyuqlik qonga quyiladi. Ular gormon ishlab chiqaradi. Ichki sekretsiya bezlariga qalqonsimon, qalqonsimon bez atrofidagi bezchalar, ayrisimon bez, me’da osti bezi, buyrak usti bezlari, gipofiz, epifiz va jinsiy bezlar kiradi. Me’da osti, jinsiy bezlar aralash bezlar hisoblanadi, chunki ular ham gormon, ham sekretsiya ishlab chiqaradi.
Ichki sekretsiya bezlari gormoni qon bilan butun organizmga tarqaladi. Gormonlar moddalar almashinuvini, ya’ni organlar faoliyatini kuchaytiradi yoki susaytiradi. SHuningdek, ular kishining jismoniy, ruhiy rivojlanishiga, balog‘atga etishiga va boshqa ko‘pgina funksiyalarga ta’sir etadi.
Gormonlar faqat fiziologik jarayonlarga emas, balki morfologik jarayonlarga ham ta’sir etadi. Gormonlarning organlar funksiyasiga ta’siri fizik-kimyoviy sharoitda ta’sir etishi, yuqori va past haroratga chidamliligi bilan ta’riflanadi. Ko‘pchilik gormonlar sof holda olingan, ba’zilari organizmdan tashqarida laboratoriyada sintez qilingan.
Ichki sekretsiya haqidagi tushuncha birinchi marta fiziologiyaga Klod Bernar tomonidan kiritilgan. Klod Bernar 1855 yilda maxsus tekshiruv o‘tkazib, jigarning ovqat hazm qilish organlariga o‘t suyuqligi chiqarib berishini va qonga glikogen chiqarishini aniqlangan.
Ichki sekretsiya bezlarining funksiyasi vegetativ nerv sistemasining faoliyatiga bog‘liq bo‘lib, bosh miya po‘slog‘ining idora qiluvchi, hamda nazorat etuvchi roliga bo‘ysunadi.
Bajaradigan vazifasiga ko‘ra odam organizmida 3 xil bezlar bo‘ladi:
1. Tashqi sekretsiya bezlari. Ularga ter, sut so‘lak (quloq oldi, til osti va jag‘ osti) hamda oshqozon va ichaklarning shilliq qavatidagi shira ajratuvchi bezlar kiradi. Bularda ishlab chiqariladigan suyuqliklar tashqi muhitga chiqariladi. SHuning uchun tashqi sekresiya bezlari deyiladi.
2. Ichki sekretsiya bezlari. Bular odam tanasining turli qismlarida joylashgan bo‘lib, ularda ishlab chiqariladigan suyuqliklar organizmning ichki muhitiga, ya’ni, qon va limfaga quyiladi. SHuning uchun, bu bezlar ichki sekretsiya bezlari deyiladi. Bunga gipofiz, epifiz, qalqonsimon, qalqon oldi, ayrisimon, buyrak usti bezlari kiradi.
3. Aralash bezlar. Bularning to‘qimasi ikki qismdan iborat bo‘lib, bir qismida ishlab chiqariladigan suyuqlik xuddi tashqi sekretsiya bezlaridagiga o‘xshab, tashqi muhitga chiqariladi, ikkinchi qismida ishlab chiqariladigan suyuqlik esa xuddi ichki sekretsiya bezlaridagi singari organizmning ichki muhitiga, ya’ni qon va limfaga quyiladi. Aralash bezlarga oshqozon osti va jinsiy bezlar kiradi.
Ichki sekretsiya yoki endokrin bezlar joylashgan o‘rniga ko‘ra 4 ta guruhga bo‘linadi:

  1. Miya bezlari: Bularga epifiz va gipofiz bezi;

  2. Bo‘yin va ko‘krak qafas bezlari: bularga qalqonsimon bez, qalqon oldi bezi, ayrisimon bez;

  3. Qorin bo‘shlig‘i bezlari: Bularga me’da osti bezi va buyrak usti bezi kiradi.

  4. CHanoq bezlari:. Bunga jinsiy bezlar kiradi.

Ichki sekretsiya bezlaridan ajralib chiqadigan gormonlar faoliyati fanda yaxshi o‘rganilgan.

Download 6,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish