O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti “Tasdiqlayman” o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor


Muskullar va ularning yoshga bog‘liq xususiyatlari



Download 6,21 Mb.
bet33/130
Sana20.07.2022
Hajmi6,21 Mb.
#831131
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   130
Bog'liq
2 5190905505534448806

5.3. Muskullar va ularning yoshga bog‘liq xususiyatlari.
Odam tanasida barcha muskullarni uch guruhga bo‘lish mumkin: tana muskullari, yurak muskullari va ichki a’zolarning muskullari. Odam bajaradigan barcha harakatlar muskullar faoliyati tufayli amalga oshiriladi. Tanada 600 dan ortiq muskullar bo‘lib, ular turli funksiyalarni bajaradilar. Bola tug‘ilib o‘sishi bilan turli muskullar turlicha rivojlanadi, masalan, sut emadigan bolalarda dastlab qorin muskullari rivojlansa, keyinchalik chaynovchi muskullar, bola emaklay boshlashi bilan unda elka, qo‘l va oyoq muskullarining o‘sishi tezroq ro‘y beradi. Bolaning o‘sib rivojlanishi davrida tana muskullari o‘z vaznini 35 marta oshirar ekan. Muskullarning kuchga kirishi 20-25 yoshgacha davom etadi. Muskullarning rivojlanishi esa 25-30 yoshgacha davom etadi. Muskullarda qo‘zg‘aluvchanlik, qisqaruvchanlik va o‘tkazuvchanlik xosdir. Muskullarning qisqaruvchanlik asosini kattalashuvi muskul kuchining ortishiga olib keladi. Muskul kuchining eng jadal kuchayishi qiz bolalarda 10-12 yoshda, o‘g‘il bolalarda 13-14 yoshda sodir bo‘ladi. Turli muskul guruhlari kuchining rivojlanishi notekis sodir bo‘ladi. Belni bukuvchi muskullar kuchi 16 yoshda, qo‘l va oyoqlarni bukuvchi va yoyuvchi muskullar esa 20-30 yoshda maksimumga etadi. Bola hayotining birinchi yilida bukuvchi muskullar yoyuvchilarga nisbatan kuchliroq bo‘ladi. Hayotning 1,5-2 oyida bo‘yinni bukuvchi muskullar tonusi mustahkamlana boshlaydi va bola boshini tik holatda ushlaydi.
Muskullar ikki xil, ya’ni statik va dinamik ish bajaradi. Statik ish odam bir joyda tik turganida, boshni tik ushlab turishda, qo‘llar bilan biror yukni tepaga ko‘tarib turilganda, gimnastik mashqlar bajarilganida amalga oshirilib, bu vaqtda qariyb hamma muskul tolalarida kuchli qisqarish, ya’ni taranglashish kuzatiladi va bunday ish uzoq davom etmaydi. CHunki statik qisqarishda qon tomirlarining davomli qisqarishi qon oqishini qiyinlashtirib, tez charchashni chaqiradi. Dinamik ish u yoki bu a’zo muskullarining navbatlashib qisqarishi natijasida bajariladi, bunda tana bir joydan ikkinchi joyga siljiydi (yurish, chopish), o‘z o‘qi atrofida harakat qiladi (qo‘l, oyoq yordamida biror narsani aylantirish va boshqalar). Navbatlashib qisqarish qon aylanish jarayonining tezlashishiga olib keladi, shuning uchun ham bunday ish davomli bo‘lishi mumkin. Odam tinch turganida ham uning muskullari qisman qisqargan bo‘ladi va bu holatni muskul tonusi deyiladi. Bunday tonus ichki a’zolarni ma’lum holatda saqlab hamda tanani belgilangan vaziyatda ushlab turish uchun kerak. Muskullar tonusi ularga orqa miya motoneyronlaridan vaqt-vaqti bilan kelib turadigan nerv impulslariga javob reaksiyasi sifatida yuzaga keladi.
Endi tug‘ilgan hamda bir — ikki oylik bolalarda muskullar tonusi birmuncha yuqori bo‘ladi va ular 5 va 6 oylik bulishi bilan tonusi pasayib, dastlabki yurish harakatlari uchun zamin tayyorlanadi. Bola yura boshlashi bilan undagi muskullar jadal o‘sa boshlaydi va 2 —3 yoshga kirganida umumiy tana massasining o‘rtacha 23% ini tashkil qiladi. U 8 yoshga qadam qo‘yganida muskullar 27% ni, 15 yoshda 32,6% ni va 17-18 yoshda 44,2% ni tashkil qiladi. Muskul tolalari eniga va bo‘yiga o‘sishi hisobidan vazni ortib boradi. Muskul vaznining ko‘payishi bilan ularning kuchi ham ortib boradi. 7-11 yoshli bolalarda muskullar etarli kuchga ega bo‘lmaydi. SHuning uchun maktablarda jismoniy tarbiya darslarini tashkil qilishda buni inobatga olish lozim. Muskul kuchi o‘g‘il va qiz bolalarda 13-14 yoshga to‘lganda bir-biridan farq qiladi. SHuning uchun o‘g‘il va qizlarning jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanishida buni hisobga olish lozim.
Odamni to‘g‘ri turishini bukuvchi muskullar ta’minlaydi. Belning to‘g‘riligi, to‘g‘ri elkalar, ochiq ko‘krak qafasi, ko‘tarilgan bosh, ya’ni yaxshi gavda tuzilishi va uni tutishi holati – bu salomatlik va go‘zallik hamda ishchanlik qobiliyati hisoblanadi. Katta yoshdagi odamda muskul tolalari miqdori doimiy bo‘lib qoladi. Muskullarning tez va jadal ishlashi ularning yo‘g‘onlashishiga va kuchli bo‘lishiga olib keladi. Doimiy chiniqish mashqlari, jismoniy yuk tolalar diametrining 2 baravar ortishiga sabab bo‘ladi. Sportchilarda skelet muskullari tana massasining 50% ini tashkil qiladi.
Muskullar faoliyatini markaziy nerv tizimi idora qilib turadi. Muskul tolalari qisqarganda yoki cho‘zilganda, nerv impulsi markazga intiluvchi nervlar orqali orqa va bosh miya nerv markazlariga boradi. Bu erdan signal markazdan qochuvchi tolalar orqali bosh miyaning harakat neyronlariga (motoneyronlarga), keyin ularning orqa miya doirasidan chetga chiqadigan tolalari orqali tegishli muskullarga boradi.

Download 6,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish