4.4. Hid, ta’m va teri analizatorlari.
Hid bilish organi. Hidni nafas yo‘lidan chetda, yuqori burun chig‘anog‘ining o‘rta qismi va burun to‘sig‘ining shilliq pardasida joylashgan maxsus hujayralar idrok etadi. SHuning uchun isli moddalar aralashgan havodan odatdagicha nafas olinganda tezroq etib boradi. Hujayralarning ikkitadan o‘simtasi bo‘ladi. O‘simtalarning biri kimyoviy ta’sirotlirni idrok etsa, ikkichisi qo‘zg‘alishni bosh miyaga o‘tkazadi. Hidli ba’zi moddalar hid bilish hujayralargagina emas, balki uchlik nerv oxirlarini ham ta’sirlantiradi, shuning natijasida nafas organlariga aloqador reflekslar (aksa urish, nafasning to‘xtab qolishi) kelib chiqadi. Ba’zi moddalar, masalan, qalampirmunchoq hidi faqat hid bilish hujayralarini ta’sirlantirsa, boshqa moddalar, ammiak efir uchlik nerv oxirlariga ham ta’sir qiladi. Odamda hid bilish asosan ovqat va nafas olinadigan havoning tarkibini aniqlashda muhim ahamiyatga ega. Nafas olinadigan havo burun yo‘llari (pastki va o‘rta yo‘l) orqali gazlar harakatining fizik qonunlariga muvofiq hid bilish sohasiga o‘tadi va shu tariqa hidli moddani etkazib keladi.
Hidli moddalarning har bir zarrachasini tegishli hujayralar qabul qiladi. Buning isboti shuki, ayrim dorilar, bir xil hidlarni idrok etishni susaytirib qo‘ygani holda boshqa hidlarni idrok etishga halaqit bermaydi. Kichik yoshdagi bolalar hidni odatda katta yoshli odamlarga qaraganda yaxshiroq sezadi, lekin hidlarni ajratish hali nomukammal bo‘ladi.
YUqorida sanab o‘tilgan sezgi organlari singari kishining butun tanasi bo‘ylab joylashgan teri orqali sezish retseptorlari ham kishi bilish faoliyatida katta ahamiyatga ega.
Ta’m bilish analizatorining retseptor qismi, asosan, tildagi bargsimon, zamburug‘simon va tarnovsimon so‘rgichlarda maxsus piyozchalar holida joylashgan. YAna ular kam bo‘lsada, yumshoq tanglay va halkumda ham uchraydi. Ta’m sezuvchi piyozchalar tayanch va sezuvchi hujayralardan tashkil topgan. Sezuvchi hujayralarning uchida tuklar bo‘ladi, ulardan ketgan tolalar beshinchi (uch shoxli) va to‘kqizinchi (til—tomoq) juft bosh miya nervlari tarkibida bosh miya yarim sharlarining po‘stloq qismigacha ko‘tariladi. Ta’m sezadigan hujayralar doim yangilanib turish xususiyatiga ega. Masalan, ta’m bilish hujayralari-organizmdagi eng kam umr ko‘ruvchi epitelial hujayralardir, o‘rtacha har 250 soatda eski hujayra yangisi bilan almashiniladi. Har bir ta’m bilish hujayralarida uzunligi 10-20mkm bo‘lgan 30-40 ta nozik mikrovorsinkalar bo‘ladi. Bu mikrovorsinkalar retseptor qo‘zg‘alishida muhim ahamiyatga egadir. Ayniqsa, bu borada tilning uch qismidagi hujayralar diqqatga sazovordir.Qayd qilingan hujayralar to‘rt xil, ya’ni nordon, shirin, sho‘r va achchiq ta’mlarni farqlashga moslashgan bo‘lib, shundan tilning uchida shirin mazani, tubida esa achchiqni sezadiganlari qalin joylashgan. Har xil mazani sezish endi tug‘ilgan bolalarda ham mavjud bo‘lib, ular shirin mazaga emish va yutinish reflekslari bilan javob bersa, achchiq, sho‘r va nordon mazaga aftini burishtiradi. Ta’m sezish bolalarda 8 — 9 yoshlargacha rivojlanib boradi va 10 yoshga kelib katta odamlardagidek to‘liq shakllanadi.
Teri sezgilari ko‘pincha teri-muskul sezgilari deb ham ataladi. Bu sezgi turi narsalarning silliq yoki g‘adir-budirligini, qattiq yoki yumshoqligini, haroratini sezishga imkon beradi. Muskullardagi va paylardagi sezuvchi nerv uchlari predmetning og‘ir-engilligini sezishga xizmat qiladi. SHuning uchun ham buni teri-muskul sezgilari deb aytiladi. Bu sezuvchi nuqtalar tananing turli uchastkalarida har xil zichlikda joylashganligi uchun tananing ayrim qismi, ya’ni, barmoq uchlari o‘ta sezgir bo‘lsa, boshqa qismi, masalan, badanning qorin terisi va orqa kurak qismi kam sezadigan bo‘ladi. Ko‘rlar shu xususiyat tufayli barmoqlari bilan deyarli sezilmaydigan g‘adir-budirlikni ham sezib harflarni o‘qiydilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |