O’zbеkiston aloqa va axborotlashtirish



Download 2,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet209/292
Sana18.02.2022
Hajmi2,51 Mb.
#456589
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   292
Bog'liq
iqtisodiyot nazariyasi

taqsimlash omillari 
ham ta’sir qiladi. Ishlab 
chiqarish salohiyatidan maqsadga muvofiq foydalanish uchun nafaqat 
resurslar iqtisodiy jarayonga to’liq jalb qilingan bo’lishi, balki juda 
samarali ishlatilishi ham zarur. Resurslarning o’sib boruvchi hajmidan real 
foydalanish va ularni kerakli mahsulotning mutloq miqdorini oladigan 
qilib taqsimlash ham zarur bo’ladi. 
13.2 - chizma. Real mahsulot o’sishini aniqlab beruvchi omillar
Real mahsulot ikki asosiy usulda:
1) resurslarning ko’proq hajmini jalb etiliti; 
2) ulardan ancha unumli foydalanish yo’li bilan ko’paytirilishi 
mumkin (13.2-chizma): 
Amaliy hayotda iqtisodiy o’sishni susaytirib turuvchi omillar ham 
mavjud bo’ladiki, ular mehnat muhofazasi, atrof-muhitning ifloslanishi 
kabi holatlar natijasida kelib chiqadi. Keyingi yillarda respublikamizda 
davlat tomonidan atrof-muhit ifloslanishining oldini olish, xodimlar 
1.Band bo’lganlar soni 
2.Ishlagan kishi-soatlarining 
o’rtacha miqdori 
1.Texnika taraqqiyoti 
2.Kapital qo’yilmalar hajmi 
3.Ta’lim va malaka tayyorgarligi 
4.Resurslarni joylashtirish 
samaradorligi 
5.Boshqa omillar 
Mehnat 
sarflari 
Mehnat 
unumdorligi 
Ishlab 
chiqarishning real 
hajmi 


241 
mehnat sharoitini yaxshilash va sog’lig’ini muhofaza qilishni tartibga 
solishda muhim tadbirlar amalga oshirildi. Bu o’z navbatida iqtisodiy 
o’sish sur’atiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Chunki bunday tadbirlarni amalga 
oshirish tegishli xarajatlarni taqozo qiladi. Shu orqali mehnat 
unumdorligini oshirish uchun zarur bo’lgan mablag’lar boshqa tomonga 
jalb qilinadi. 
 
3. Iqtisodiy o’sish modellari
Iqtisodchi olimlarning iqtisodiy o’sish omillarini o’rganish, hamda 
uning kelgusidagi natijalarini bashorat qilish borasidagi tadqiqotlari 
pirovardida turli iqtisodiy o’sish modellarining yaratilishiga olib keldi. Bu 
modellar o’z mazmuniga ko’ra bir-birlaridan farqlansada, ularning asosida 
ikkita nazariya - makroiqtisodiy muvozanatning keynscha (keyinchalik 
neokeynscha) nazariyasi, hamda ishlab chiqarishning klassik (keyinchalik 
neoklassik) nazariyasi yotadi. 
Iqtisodiy o’sishni tahlil qilishda neoklassik nazariya namoyondalari 
quyidagi noto’g’ri nazariy shartlarga asoslanadilar: 
1) mahsulot ning qiymati barcha ishlab chiqarish omillari tomonidan 
yaratiladi; 
2) ishlab chiqarish omillarining har biri o’zining keyingi qo’shilgan 
mahsulot iga tegishli ravishda mahsulot qiymatini yaratishga hissasini 
qo’shadi. Shunga ko’ra, bunga javoban barcha keyingi qo’shilgan 
mahsulotga teng keluvchi daromad ham oladi; 
3) mahsulot ishlab chiqarish va buning uchun zarur bo’lgan resurslar 
o’rtasida miqdoriy bog’liqlik mavjud; 
4) ishlab chiqarish omillarining erkin tarzda amal qilishi hamda ular 
o’rtasida o’zaro bir-birining o’rnini bosish imkoniyati mavjud. 
Biz oldingi boblarda aytganimizdek, neoklassik va boshqa ayrim 
yo’nalishdagi nazariyotchilar bu yerda ham ikkita uslubiy xatoga yo’l 
qo’yadilar: 
1) ular ishlab chiqarish omillarining barchasi bir xil qiymat yaratadi, 
ular qiymatni yaratishda baravar ishtirok etadi, deb hisoblaydilar. Xolbuki, 
barcha ishlab chiqarish vositalari hech qanday yangi qiymat yaratmaydilar, 
balki o’zlarining qiymatlariga teng miqdordagi qiymatni jonli mehnat 
yordamida yangi yaratilgan mahsulotga o’tkazadilar. Lekin barcha omillar 
yaratilgan va o’sgan (ko’paygan) mahsulotning nafliligini yaratishda 
qatnashadilar; 


242 
2) ular doimo barcha omillar ichida jonli mehnatning faol rol 
o’ynashini, qolganlari esa passiv rol o’ynashini unutadilar. Chunki hech 
bir tabiiy resurs, kapital resurslari jonli mehnat tomonidan harakatga 
keltirilmasa, o’zicha harakatga kela olmasligi, irib-chirib o’z joyida ham 
jismonan, ham qiymati yo’q bo’lib ketishi, ularning qiymati faqat jonli 
mehnat tomonidan saklab qolinishi million yillardan beri milliard martalab 
tasdiqlanib kelmokda. Lekin negadir ularning bunga e’tibor bergisi 
kelmaydi. 
Neoklassik model’ ko’p omilli hisoblanib, amerikalik iqtisod chi 
P.Duglas va matematik CH.Kobb yaratgan ishlab chiqarish funktsiyasi 
asos qilib olingan. Kobb-Duglas modeli orqali ishlab chiqarish hajminint 
o’sishida ishlab chiqarish turli omillarining ulushini aniqlashga harakat 
qilinib, u quyidagicha ifodalanadi: 
bu yerda:

- ishlab chiqarish hajmi; 
K
α
-kapital sarflari; 
L
β
- ishchi kuchi sarflari; 
A, α, β
- ishlab chiqarish funktsiyasining koeffitsientlari: 

- mutanosiblik koeffitsienti; 
α
 
va 
β
- ishlab chiqarish hajmining ishchi kuchi va kapital sarflari 
bo’yicha elastiklik koeffitsienti. 
Elastiklik koeffitsienti bir ko’rsatkich miqdorining o’zgarishi 
natijasida boshqa bir ko’rsatkich miqdorining o’zgarishi darajasini 
ifodalaydi. Shunga ko’ra, α
 
koeffitsienti kapital sarflarining 1%ga o’sishi 
ishlab chiqarish hajmining necha foizga o’sishini, β koeffitsienti esa ishchi 
kuchi sarflarining 1%ga o’sishi ishlab chiqarish hajmining necha foizga 
o’sishini ko’rsatadi. α
 
va β ning yig’indisi ishchi kuchi va kapital 
sarflarining bir vaqtning o’zida 1%ga o’sishi ishlab chiqarish hajmining 
necha foizga o’sishini ko’rsatadi. 
CH.Kobb va P.Duglas o’z tadqiqotlarida AQSH qayta ishlash 
sanoatining 1899-1922 yillar mobaynidagi ish faoliyatini tahlil qilib, 
ishlab chiqarish funktsiyasining ko’rsatkichlarini aniqlatshga harakat 
qilganlar: 
75
,
0
25
,
0
01
,
1
L
K
Y



Bu ko’rsatkichlar shunianglatadiki, o’sha davrda AQSH qayta ishlash 
sanoatida kapital sarflarining 1%ga oshirilishi ishlab chiqarish hajmini 


243 
0,25%ga, ishchi kuchi sarflarining 1%ga oshirilishi esa ishlab chiqarish 
hajmini 0,75% ga oshishiga olib kelar ekan. 
Keyinchalik Kobb-Duglasning ishlab chiqarish funktsiyasini golland 
iqtisodchisi yan Tinbergen yanada takomillashtirib, unga yangi omil - 
texnika taraqqiyoti ko’rsatkichini kiritdi. Natijada ishlab chiqarish 
funktsiyasi formulasi quyidagi ko’rinishni opli: 
n
a
a
e
L
AK
Y


1
bu yerda: 
e
n
 
- vaqt omili. 
Ishlab chiqarish funktsiyasiga vaqt omilining kiritilishi endilikda 
nafaqat 
miqdor, 
balki 
«texnika 
taraqqiyoti» 
atamasi 
orqali 
uyg’unlashuvchi sifat o’zgarishlari - ishchi kuchi malakasining o’sishi, 
innovatsiya jarayonlarining kuchayishi, ishlab chiqarishni tashkil etishning 
takomillashuvi, Jamiyat miqyosida ma’lumotlilik darajasining oshishi va 
boshqalarni ham aks ettirish imkonini berdi. 
Iqtisodiy o’sishning keynscha modeli makroiqtisodiy muvozanatning 
keynscha nazariyasini rivojlantirish va unga tanqidiy yondashish natijasida 
vujudga kelgan. Bu modellar orasida ingliz olimi R.Harrod va amerikalik 
olim Ye.Domarning iqtisodiy o’sish modellari e’tiborga molik 
hisoblanadi. 
Har ikkala modelning umumiy jihatlari mavjud bo’lib, ular 
quyidagilar orqali shartlanadi: 1) ular neoklassik modellardan farqli 
o’laroq bir omilli modelь hisoblanadi. ya’ni bu modellarda milliy 
daromadning o’sishi faqat kapital jamg’arishning funktsiyasi hisoblanib, 
kapital samaradorligiga ta’sir ko’rsatuvchi ishchi kuchi bandligining 
oshishi, FTT yutuqlaridan foydalanish darajasining o’sishi, ishlab 
chiqarishni tashkil etishning yaxshilanishi kabi boshqa barcha omillar 
nazardan chetda qoldiriladi; 2) ishlab chiqarishning kapital sig’imi ishlab 
chiqarish omillari narxlarining nisbatiga bog’liq bo’lmay, faqat ishlab 
chiqarishning texnik sharoitlari orqali aniqlanadi. 
Neokeynscha modelda investitsiyalarning o’sishi iqtisodiy o’sish va 
uning sur’atlarini belgilovchi omil hisoblanib, u bir tomondan, milliy 
daromadning o’sishiga imkon yaratadi, ikkinchi tomondan esa, ishlab 
chiqarish kuvvatlarini kengaytiradi. O’z navbatida daromadning o’sishi 
bandlikning oshishiga imkon yaratadi. Investitsiya hajmining ko’payishi 
natijasida kengaygan ishlab chiqarish quvvatlari daromadning o’sishi 
orqali to’liq ishga tushirilishi lozim. 
Shunga ko’ra, Ye.Domarning modelida quyidagi tenglik orqali 
muvozanatning ta’minlanishi shart qilib qo’yiladi: 


244 

Download 2,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   292




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish