248
-
aholining uy, tomorqa va yordamchi xo’jaligida jamg’arilgan mol-
mulk. Moddiy-buyumlashgan boylik o’sishining asosiy omillari sifatida
quyidagilarni ajratib ko’rsatish mumkin:
- mehnat unumdorligining o’sishi;
- ishlab chiqarish samaradorligining ortishi;
- milliy daromadda jamg’arish me’yorining ortishi.
Moddiy-buyumlashgan boylik ishlab chiqarishning natijasi va shart-
sharoiti hisoblanadi. Buning ma’nosi shuki, bir tomondan mahsulotdan
milliy boylik tomon harakatda boylikning iste’mol
qilingan qismining
qoplanishi va uning ko’payishi ro’y beradi. Boshqa tomondan milliy
boylik ishlab chiqarishning moddiy shart-sharoiti, uning moddiy-
texnikaviy asosi hisoblanadi. Bunda ishlab chiqarishning o’sish sur’ati va
miqyosi milliy boylikdan foydalanish xususiyatiga bog’liq bo’ladi.
Milliy boylikning boshqa qismi tabiiy boyliklar ishlab chiqarishning
omili bo’lib
ishtirok etadi, uning shart-sharoitini va inson faoliyatining
tashqi muhitini tashkil qiladi. Tabiiy boylikning asosi tabiat mahsuli
bo’lib, uning vujudga kelishi tabiat qonunlari asosida ro’y bersada, ulardan
foydalanish jamiyat rivojiga ham bog’liq bo’ladi. Foydali qazilma
boyliklar, o’rmonlar, suv va yer resurslari tabiatan mavjud bo’lsada, ishlab
chiqarishda faol qatnashadi.
Tabiat in’omlari o’zlarining dastlabki ko’rinishida
tabiiy boylik
bo’lib, shu holatida inson faoliyatining natijasi hisoblangan ijtimoiy boylik
tarkibiga kirmaydi. Buning ma’nosi shuki, tabiiy boyliklar jamiyat uchun
faqatgina potentsial boylik hisoblanadi. Ular inson mehnatining ta’siri
oqibatida real boylikka aylanadi.
Milliy boylik nafaqat moddiy ishlab chiqarish sohalarida yaratiladi.
Uning bir qismi nomoddiy ishlab chiqarish sohalarida vujudga keltiriladi
va jamiyatning nomoddiy boyligi hisoblanadi. Nomoddiy sohalarda
ashyoviy-buyum shakl bilan bog’liq bo’lmagan alohida turdagi iste’mol
qiymatlar hosil qilinadi. Ular ham moddiy ishlab chiqarish sohalarining
faoliyat qilishi va rivojlanishi uchun,
shuningdek, bevosita aholining
turmush darajasini ta’minlash va oshirib borish uchun zarur bo’ladi.
Bunday boyliklarga ta’lim, sog’liqni saqlash, fan, madaniyat, san’at, sport
sohalarida vujudga keltiriladigan nomoddiy qimmatliklar kiradi. Uning
tarkibida tarixiy yodgorliklar, arxitektura obidalari,
noyob adabiyot va
san’at asarlari alohida o’rin tutadi. Jamiyatning nomoddiy boyliklarida
madaniyat va san’atning rivojlanish darajasi, jamiyat a’zolarining
to’plagan ilmiy bilimlari va intellektual darajasi, ishlovchilarning
249
ixtisosligi
va malakaviy bilim darajasi, sog’liqni saqlash, ta’lim va
sportning rivojlanish darajasi o’z ifodasini topadi.
Shunday qilib, milliy boylik moddiy buyumlashgan va tabiiy
boyliklardan ancha keng tushuncha bo’lib, o’z tarkibiga jamiyatning
nomoddiy tavsifdagi qimmatliklarini ham oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: