Interaktiv rejimda ma’lumotlar bazasi bilan ishlashda foydalanuvchi muloqat rejimida ishlaydi, ya’ni SQL tilidagi so’rovni kiritadi va natijani oladi, yani so’rovni kiritadi va natijag ega bo’ladi va x.k.
Kiritilgan SQL rejimida boshqa dasturlash tillarida yaratigan dastur tarkibiga kiritiladi. Bu ma’lumotlar bazasi bilan boshqa algoritmik tillarda yaratilgan amaliy dasturlar orqali ishlashni ta’minlaydi. Biroq bu yerda qo’shimcha dasturiy vosita kerak bo’ladi. U dasturlash tili bilan SQL operatorlari o’rtasidagi interfeysni ta’minlab beradi.
SQL tili relyatsion ma’lumotlar bazasi bilan ishlashiga qaramasdan “munosabat” atamasi o’rniga “jadval” atamasi, “kortej” va “atribut” atamalari o’rniga “satr” va “ustun” atamalari ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |