SQL turlari yoki rejimlari
Yuqorida ta’kidlib o’tilganidek SQL3 tili tarkibida xisoblash jarayonini boshqarish imkonini beruvchi IF ... THEN ...ELSE, GO TO, DO ... WHILE kabi buyruqlar mavjud emas. Bunday masalalar dasturiy yo’l bilan (dasturlash tili yoki masalalarni boshqarish tili) yoki interaktiv xolda (foydalanuvchining so’rovlari asosida) amalga oshiriladi. Imkoniyati cheklanganligi sababli (xisoblash jarayonini boshqarish imkoniyati) SQL tili 2 ta usulda qo’llanilish mumkin. Birinchi usulda interaktiv ishlash nazarda tutiladi. Bunda foydalanuvchi SQL operatorlarini terminaldan beradi. Ikkinchi usulda protsedurali tildagi dasturga SQL tili operatorlari kiritiladi.
Bu usullar ba’zi adabiyotlarda ma’lumotlar bazasi bilan ishlash texnologiyasi yoki rejimi yoki SQLturlari deb ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |