Avvalambor, markaziy nerv sistemasiga juda katta ziyon etkaziladi. Bunda
ayniqsa bolalar aziyat chekadilar. Kishi tez - tez asabiylashadigan bo‘lib qoladi,
diqqatini bir joyga jamlash qiyin kechadi, stresslarga berilish darajasi oshadi.
Yurak - tomir sistemasi va yuqori nafas olish yo‘llari kasalliklari vujudga keladi,
immunitet pasayib ketadi.
Lekin quyidagi Maslahatlarga amal qilsangiz, bu dardlarni chetlab o‘tishingiz
mumkin:
- Monitordan 40-50 sm masofada bo‘ling;
- Sifatli himoyasi bo‘lgan yaxshi monitor
sotib oling;
- Monitoringizdagi tasvir yetarli darajada aniq bo‘lsin;
- Tez-tez nam latta bilan Kompyuterni artib turing, chunki chang, ayniqsa
monitordagi chang nurni o‘zida to‘plash qobiliyatiga ega;
Belingizda ahyon-ahyonda bo‘lsa-da og‘riq
sezsangiz, to‘g‘ri o‘tirishni
o‘rganishingiz zarur, yumshoq mebelni tanlamang. Qattiq stul yuki kursida
o‘tiring, shunda gavdangizning og‘irligi umurtqa pog‘onasiga tushmaydi.
Mebelga bo‘lgan talablar:
Oyoqlar polda turishi uchun stulning balandligi tizzalarning uzunligiga
mos kelishi lozim.
Bo‘yi pastlar oyoqlari tagiga kurscha qo‘yib olganlari ma‘qul.
Oyoqlaringiz bukilib qolmasligi uchun stol tagida yetarlicha joy bo‘lishi
kerak.
Oyoq uchlari va tovonlar polda tekis tursin.
Qo‘llarning holati.
Qo‘llar bo‘shliqda bo‘lmay, doimo biron narsaga tayanib turishi kerak.
Sichqoncha bilan ishlayotganda, qo‘lning tirsak va
bilak qismlari doimo stolga
tegib tursin. Shunda yelka kamari mushaklariga uncha og‘irlik tushmaydi, bu esa
bo‘yin osteoxondrozi kasalligining oldini oladi.
Belingiz og‘rimasligi uchun quyidagi qoidalarga amal qiling:
Uzoq o‘tirib ishlashga majbur bo‘lsangiz, har 15-20 daqiqada tanangizga bir
oz dam bering, oyoqlaringiz holatini o‘zgartiring.
Doimo stul yoki kursi suyanchig‘iga suyanib o‘tiring.
To‘g‘ri o‘tiring, boshingizni pastga ko‘p egmang, tana mushaklari
zo‘riqmasligi uchun gavdangizni to‘g‘ri tuting.
Qog‘ozdagi matn bilan uzoq vaqt ishlashingizga to‘g‘ri kelsa,
stol ustiga
qog‘oz uchun moslama (pyupitr) qo‘ying yoki uni ekranga biriktirib
qo‘ying.
Bunda matn yetarlicha balandlikda bo‘lishiga va gavdangiz bilan oldinga
engashib o‘tirmasligingiz uchun qulay bo‘lishiga ahamiyat bering.
Zo‘riqmay, bemalol o‘tirish juda muhimdir. Buning uchun belingiz va
suyanchiq orasiga yupqagina valik qo‘yib oling.
Boshingizni to‘g‘ri ushlang.
Bir xil holatda uzoq o‘tirmang. Vaqt-vaqt bilan holatingizni o‘zgartirib
turing, bir oz dam olish uchun o‘rningizdan turing, 1-1.5
soat davomida
o‘tirib ishlaganingizdan so‘ng, o‘rningizdan turib, 5 daqiqa badan tarbiya
bilan shug‘ullaning, hech bo‘lmasa kursi suyanchig‘iga o‘zingizni tashlab,
mushaklaringizni bo‘sh qo‘ying, bir necha marta chuqur nafas oling.
Do'stlaringiz bilan baham: