Ilmiy nazariya ijodiy jarayoning shakli va natijasi sifatida.
Ijodiy ilmiy bilish jarayoni sinov, kuzatish yoki eksperiment jarayonida ilmiy faktlar olishning empirik darajasida bostshanib, so’ng keyingi, yanada teran, nazariy darajada davom etadi.
Ilmiy bilish va ijodning nazariy darajasi ilmiy izlanish avvalgi — empirik darajada aniqlagan ilmiy axborotni har tomonlama analizdan o’tkazish, anglab etish va talqin qilishdan boshlanadi. Ilmiy ijod nazariy darajada alohida faktlar, hodisalarni bilishdan ularningteran mazmuni, mohiyatini, ob’ekt mavjudligining immanent ichki mantig’ini anglab etishga o’tadi.
Nazariy darajada dastlab olimning ijodiy tafakkuri olingan empirik bilimning mohiyatini to’liq va teran tushunish imkonini beradigan ozmi-ko’pmi haqkqatnamo farazlar, taxminlar, gshyutezalarni ilgari suradi. So’ng olimning tirishqoq aqli sinovdan o’tmagan farazlar va gipotezalarni yaroqsizga chiqaradi, o’rganilayotgan ob’ektning xossalari bilan uning rivojlanishining ichki va tashqi shartlari o’rtasida ma’lum bog’lnqlik va qonuniyatlarni aniqlashga harakat qiladi. Masalan, fizik tadqiqotlarda quyidagi omillar: o’zgarishi fizik ob’ektning xulq-atvori xususiyatiga bevosita ta’sir etadigan aaqt, temperatura, bosim bunday shartlar vazifasini bajaradi. Biologik tadqiqotlar bilan bog’liq holda, masalan, populyastion genetikada atrof-muhit omillari mana shunday shartlar bo’lib xizmat qilishi mumkin. Etolog olimlar (xayvonlarning xulq-atvorini o’rganuvchi biologlar) Kanadaniag shimolidagi qo’riqxonada silovsin va quyonlarning hayotshsh bir necha o’n yillar mobaynida kuzatib, quyidagi muhim qonuniyatni aniqladilar: «yirtqichlar» (silovsinlar) vaularning «qurbonlari» (quyonlar) populyastiyalarining bir hududda yashashi ularning birining soni ikkinchisining soniga o’zaro moslashishiga olib kelgan. Quyonlar tez va geometrik progressiyada ko’payadi. Bu silovsinlar ko’payishi uchun qulay tashqi sharoit yaratadi - em ko’p bo’lgani uchun silovsinlar soni ham tez ko’payib boradi. Silovsinlar populyastiyasi sonining ko’payishi - bu quyonlar uchun noqulay tashqi omildir. Shuning uchun h_am ularning soni kamaya boshlaydi, bu esa, oqibat natijada, silovsinlar sonining ham kamayishiga olib keladi. Silovsinlar sonining kamayishi quyonlarning tez ko’payishi uchun juda qulay omildir, shuning uchun ham ularning populyastiyasi tez ko’paya boshlaydi va «yirtqich-qurbon» sxemasi bo’yicha murakkab o’zaro ta’sir stikli yana takrorlanadi. Mazkur qonuniyatning aniqlanishi natijasida italiyalik matematik Vito Volterra bunday hodisaning izchil matematik modelini yaratish hamda mazkur modelni va uni tavsiflovchi tenglamalarni matematik analizdan o’tkazish asosida populyastion genetikada yashash uchun kurash matematik nazariyasini ta’riflashga muvaffaq bo’ldi.
Ilmiy farazlar va gipotezalarni verifikastiya (M.Shlik, G.Reyxenbax, R.Karnap, F.Frank, A.Tarekiy va boshqalar) yoki falsifikastiya (K.Popper, T.Kun, I.Lakatos, P.Feyerabend, J.Agassi, L. Laudan va boshqalar) tartib-qoidalari yordamvda tekshirish yaroqsiz gipotezalarni chetga surish va ularning orasidan haqi^atga yaqinlarini tanlab olish imkonini beradi. Sinovdan o’tgan gipotezalar nazariy bilish tuzilishida o’z maqomini o’zgartiradi: ehtimol tutilgan bilimdan ular haqqoniy bilimga aylanadi va ilmiy qonun yoki qonuniyat maqomiga ega bo’ladi. Qonun - bu ilmiy bilish tuzilishidagi barqaror, takrorlanuvchi, zarur, bir variantli, muhim hodisadir.Ilmiy qonunni o’rganish o’rganilayotgan hodisaning mohiyati va sabablarini analizdan o’tkazish va tushunib etish imkonini beradi.
Fanda nazariy bilish gipotezalarni ilgari surish hamda qonunlar va qoidalarni ta’riflash bilan kifoyalanmaydi. Aniq, teran va haqqoniy ilmiy nazariyani yaratish ilmiy ijodning cho’qqisi, mantiqiy yakuni hisoblanadi. Ilmiy nazariya tuzish— bu teran va sermazmun ilmiy abstrakstiyalarni aniqlash va ularni o’rganish bilan bog’liq murakkab, dialektik jihatdan ziddiyatli jarayon, ilmiy bilishning nazariy darajasvda abstrakstiyalashtirish jarayonidir. Matematikada «moddiy nuqta», mexanikada «mutlaqo tekis yuza», «ishqalanish va sirpanishsiz Harakat», fizikada «ideal gaz», «mutlaqo qora jism» va bosh qalar buvday teran va noyob ilmiy abstrakstiyalarga misol bo’lib xizmat qiladi. Ilmiy abstrakstiyalar teran evristik, ijodiy-ma’rifiy kuchga ega. Ilmiy qonun, ilmiy nazariya mana shunday mavxum ob’ektlarga tayanadi. Bu ularga real tizimlarning xulqatvori va hayotini yaxshirsxq va mufassalroq tushuntirish imkonini beradi. Iqtisod nazariyasida mahsuldor, sermazmun abstrakstiyalarga misollar: tovar, ayirboshlash va iste’mol qiymati, bozorvah.k.
Mazkur nazariya ob’ektlarini yoki ijodiy ob’ektlarni shakllantirish nazariy analiz va abstraktlashtirish mahsulidir. Nazariy ob’ektlar — bu bilish ob’ekti aks etuvchi fikriy konstrukstiyalar, abstrakstiyalardir. Masalan, real fizik jismning xususiyatlari va o’ziga xos jihatlarini mavxumlashtirib, bu jismga abstrakt «matematik mayatnik» deb qarab, uning tebranishlari haqidaga masalani echish mumkin.
Ideallashtirish - nazariy mavhumlashtirishning muhim shaklidir. Ideallashtirish deganda predmetning ajralmas mu-him jihatlari yoki mavjudlik shartlarini mavhumlashtirish tushuniladi. Masalan, optikada ideal aks ettiruvchi va yorug’likni ideal yutuvchi yuzalar, termodinamikada ideal gazlar va shu kabilar haqida so’z yuritiladi. Bunday ilmiy ideallashtirish ba’zan amalga opshrish mumkin bo’lmagan shartlarni kiritish (masalan, bozor iqtisodida inflyastiyaning mutlaqo yo’qligi) deb ataladi.
Har qanday ilmiy ideallashtirish ma’lum muammoni hal qilish uchun yaratiladi. Ideallashtirishning xususiyati mazkur muammoning mazmuni bilan beyagilanadi. Masalan, maxsus nisbiylik nazariyasini yaratayotib, A. Eynshteyn fizika nazariyasidan klassik fizikaning «absolyut makon» va «absolyut vaqt» singari fundamental idealizastiyalarini chiqarib tashladi. Bu unga dunyoning hozirgi zamon relyativistik manzarasini shakllantirish imkonini berdi. Daho olimning ijodi fanda buyuk kashfiyot qilibgina qolmay, butun insoniyat dunyoqarashiyushg, ob’ektiv borliqqa inson munosabatiningo’zgarishiga ham o’z ta’sirini ko’rsatdi. Harakat, makon, vaqt tushunchalari xossalari fizikjismlar va maydonlarningxulq-atvori bilan belgilana-digan 4 darajali zamon va makon kontinuumi haqidagi yagona ilmiy tushunchaga birlashtirildi.
Ilmiy ideallashtirishlar, abstrakstiyalarning evristik qimmati ularga asoslangan nazariyalarning sinov malumotlarini tushuntirish, shuningdek, ob’ektning ilgari ma’lum bo’lmagan yangi xususiyatlari va xossalarining mavjudligini bashorat qilish imkoniyatlari bilan belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |