bo‘yicha lokomotivlar (motorvagon poyezdlar) va maxsus o‘ziyurar harakat tarkibi hushtaklari orqali;
- stansiyalar, zavodlar va O‘zbekiston Respublikasining boshqa korxonalarida osilgan metall predmetlarga beriladigan tez-tez zarbalar orqali.
«Radiatsiya xavfi» yoki «Kimyoviy xavf» signali stansiyalar, zavodlar va O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘l transportining boshqa korxonalarida mos ravishda stansiya, zavod, korxona boshlig‘ining farmoyishiga ko‘ra, peregonlarda esa – bosh lokomotiv (motorvagon poyezd) va maxsus o‘ziyurar harakat tarkibi mashinisti tomonidan uzatiladi.
Temir yo‘l radiotranslyasiya tarmog‘i mavjud hollarda radioaktiv yoki kimyoviy xavf xaqida xabar shu tarmoq orqali ko‘rsatilgan signallar matni bilan uzatiladi.
103. Havo xavfi tugaganligi hamda radioaktiv va zaharlovchi moddalar bilan zararlanish xavfi chetlab o‘tganligi xaqida temir yo‘l xodimlari va yo‘lovchilarga quyidagicha xabar beriladi:
- stansiyalar, zavodlar va O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘l transportining boshqa korxonalarida mos ravishda stansiya, zavod, korxona boshlig‘ining yoki u tomondan vakolat berilgan shaxsning ko‘rsatmasi bo‘yicha radiotranslyasion tarmoq va boshqa aloqa vositalari hamda xabarchilar orqali;
- yo‘lovchi poyezdlarda – yo‘lovchi poyezdning boshlig‘i (mexanik-brigadir) ko‘rsatmasi bo‘yicha poyezdga xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar va poyezd radiotranslyasiya tarmog‘i orqali;
- odamli va harbiy poyezdlarda – stansiya navbatchisidan xabar olinganda eshelon boshlig‘i ko‘rsatmasi bo‘yicha eshelon aloqa vositalari orqali;
- yuk-yo‘lovchi, pochta-bagaj va yuk poyezdlarda stansiya navbatchisi orqali.
104. Lokomotiv brigadalari va poyezdga xizmat ko‘rsatuvchi boshqa xizmatchilarni poyezdning zaharlangan uchastka tomon harakatlanayotgani xaqida ogohlantirish hamda unga odamlarning shaxsiy himoya vositalarisiz kirishning oldini olish uchun bunday uchastka «Zaharlangan» maxsus ko‘rsatmasi (rasm 9.1) bilan chegaralanadi.
Rasm 9.1
«Zaharlangan» ko‘rsatmalari stansiyalar va peregonlarda zararlangan uchastka chegarasidan 50 m dan ko‘p bo‘lmagan masofada o‘rnatiladi. Bundan tashqari, peregonlarda zaharlangan uchastkaning har ikki tomonidan harakat yo‘nalishining o‘ng tomonidan birinchi «Zaharlangan» ko‘rsatkichidan 1200 m masofada ikkinchi shunday ko‘rsatkichlar o‘rnatiladi. «Zaharlangan» ko‘rsatkichlari yo‘l chetida yoki yo‘llar oralig‘ida o‘rnatiladi.
Poyezd harakati bo‘yicha birinchi «Zaharlangan» ko‘rsatkichi oldidan yoki stansiya navbatchisidan olingan zaharlangan uchastka mavjudligi xaqidagi xabarga ko‘ra ko‘rsatgan joy oldidan (uchastka ko‘rsatkichlar bilan chegaralangan yoki chegaralanmaganligidan qat’iy nazar) bosh lokomotiv mashinisti «Radiatsiya xavfi» yoki «Kimyoviy xavf» signalini uzatishi va zaharlangan uchaskani belgilangan tezlikda bosib o‘tishi shart.
«Zaharlangan» ko‘rsatkichlari tunda yoritilishi kerak.
105. Svetoforlar, fonarlar, strelka ko‘rsatkichlari, poyezd, qo‘l va boshqa signallarning signal chiroqlari svetomaskirovka qurilmalari bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak.